Q. N. Kayumov


VII. Ijtimoiy xodim uchun zarur bo‘lgan professional-shaxsga oid


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

VII.
Ijtimoiy xodim uchun zarur bo‘lgan professional-shaxsga oid
xususiyatlar
Ijtimoiy xodim quyidagi kasbiy-shaxsga oid xususiyatlarga ega bo‘lishi va
ularni namoyon qilishi lozim:
 har bir inson qadrini so‘zsiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmat qilish;
 odamlarning individual farqlariga ortiqcha baholarsiz munosabat,
tolerantlik;
 rivojlangan o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘ziga baho berish, tanqidiy tafakkur;
 empatiya (qayg‘udosh bo‘lish va hamdard bo‘lish);
 refleksiya (fikr yuritish, mulohaza qilish qobiliyati);
 odamlar bilan muloqot o‘rnatish va ishonchli munosabatlar o‘rnatish;
 odamlarning hissiy holatiga nisbatan ziyraklik va ta’sirchanlik, hissiy
vazminlik va chidab turishlik;
 murakkab vaziyatlarni hal etishda qat’iyat va izchillik;
 xavotirlikning maqbul darajasi, ruhiy zo‘riqish holatlariga moyillikning
mavjud emasligi;
 yordam ko‘rsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini ko‘rish
va rivojlantirish;
 ruhiy zo‘riqish va murakkab hissiy vaziyatlarda ishlash ko‘nikmalari:
o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z hissiyotlariva xulqini boshqarish ko‘nikmasi.
VIII. Ijtimoiy xodimlarning axloqiy maburiyatlari
Ijtimoiy xodim majburiyatlari quyidagilardan iborat:
 ijtimoiy ish mijozlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;


251
 mijozlarda ma’lumotlarning sir saqlanishiga ishontirish va ishonchini
saqlab qolishga intilish;
 xizmatlardan foydalanayotgan shaxslarning erkinlikka erishishlariga
imkoniyat yaratish va imkon qadar ularni turli xavflardan va zarar etishidan
saqlash;
 amaliyot davomida odamlar orasidagi madaniy, etnik, yoshga oid, genderli
farqlarni e’tiborga olish;
 mijozlarning huquqlarini bilish va hurmat qilish, ijtimoiy xodimning xulqi
va ishda qo‘llanilayotgan yondaShuvlar mijozlarga zarar etkazmaydi;
 ijtimoiy xizmatlarga jamoat ishonchini yo‘qotmaslik;
 o‘z faoliyati sifati va o‘z bilim va ko‘nikmalarini saqlash va
takomillashtirish uchun mas’ul bo‘lish;
 millat, yosh, diniy e’tiqod, oilaviy maqom, aqliy yoki jismoniy
xususiyatlarga, imtiyozlar, shaxsiy xislatlar va boshqalarga ko‘ra tahqirlashning
har qanday shakllarining namoyon bo‘lishini inkor qilish va bunga to‘sqinlik
qilish.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling