XI. Ijtimoiy xodim kasbining o‘ziga xos xususiyatlari
253
Ijtimoiy xodim o‘z kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli u
xabardor qilinishi va supervayzer yoki rahbari yordamida hal qilishi lozim bo‘lgan
qator qiyinchiliklar va muammolarga duch keladi:
ruhiy-hissiy va jismoniy toliqish, hissiy qabul qilish darajasining pasayishi,
kasbiy sabablarning kamayishida namoyon bo‘luvchi kasbiy “kuyish” sindromi;
axloqiy ikkilanishlar va har bir muayyan vaziyatda qaror qabul qilish
zarurati;
ularning salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi vaziyatlarga duch kelish;
mijozlarning real vaziyatlari va ularning muammolarini hal etish uchun
vaqt va vositalarning tanqisligi;
axborotning ortib ketishi yoki muayyan muammo bo‘yicha tezkor qarorlar
qabul qilish sharoitida axborot tanqisligi.
Ijtimoiy xodim faoliyati natijalari
Ijtimoiy xodim faoliyati va professional ijtimoiy ish institutining mavjudligi
natijasida quyidagi natijalarga erishish mumkin:
jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish yoki kamaytirish
(oilalar, yoshlar, keksalar, nogiron shaxslar, OITSga chalinganlar, spirtli
ichimliklar va giyohvand moddalarga ruju qo‘yganlar bilan bog‘liq
muammolar);
turli ko‘rinishdagi ijtimoiy muammolar vujudga kelishining oldini olish;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va ijtimoiy xodimlarning ijtimoiy
muammolarning vujudga kelishi va ularning chuqurlashib ketishining oldini
olishga qaratilgan faoliyatiga mablag‘ kiritishning foydasi;
jamiyat, oila, sholining turli guruhlari, inson darajasidagi ijtimoiy
muammolarning paydo bo‘lishini prognoz qilish.
254
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |