Q. N. Kayumov


IX. Ijtimoiy xodimning professional majburiyatlari


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

IX. Ijtimoiy xodimning professional majburiyatlari
Ijtimoiy xodim majburiyatlari:
 ijtimoiy-tibbiy, huquqiy, psixologik-pedagogik, moddiy va boshqa
yordamga, ma’naviy, jismoniy va ruhiy salomatlikni himoya qilishga muhtoj
bo‘lgan oilalar, bolalar va alohida shaxslarni aniqlash;
 ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, bolalar va kattalarning turmush tarzini
o‘rganish va ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini tashkillashtirish;
 mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va zarurat tug‘ilganda ularni
qo‘shimcha
xizmatlardan
foydalanishlari
uchun
boshqa
tashkilotlarga
yo‘naltirish: tibbiy va ta’lim muassasalariga joylashtirishda, moddiy,
ijtimoiy-maishiy va boshqa yordam olishda ko‘maklashish;
 mijozlarda vujudga keladigan qiyinchiliklarni, nizoli vaziyatlarni aniqlash,
ularga mazkur qiyinchiliklarni, nizolarni engib o‘tishda ko‘maklashish va
ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
 mijoz/mijozlar bilan ularning muammolarini hal etish bo‘yicha ijtimoiy
ishning zamonaviy nazariyalari va modellarini qo‘llagan, mijozning kuchli
tomonlariga e’tibor qaratgan va uning atrofidagi manbalarni izlagan holda
bevosita ish olib borish;
 ota-onasiz qolgan bolalarni joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish
va muvofiqlashtirish (masalan, farzandlikka olish yoki bolalarni asrab oluvchi
oilaga joylashtirish va boshq.);
 mijozlarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha
xizmatlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish (masalan, institutsional
muassasalar bitiruvchilarini, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan
shaxslarni va boshq.);
 mijozlarni ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasi va vujudga
kelgan hayotiy qiyinchiliklarini mustaqil ravishda hal etish uchun zarur bo‘lgan


252
ko‘nikmalarga o‘rgatish;
 mijozlarni ota-onalik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bolalar ehtiyojlari va
ularning yoshga oid rivojlanishini, bolalarga nisbatan shafqatsiz va e’tiborsiz
munosabatda bo‘lish va bola va oilaning xotirjamligini yaxshilash bo‘yicha
maslahat berish;
 mijozlarni nomaqbul xulq o‘zgarishlari va ijtimoiy maqbul xulqqa erishish
masalalari bo‘yicha maslahat berish;
 oilalarni bolalar, kasallar va keksalarni parvarishlash qoidalari va
ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha yordamni tashkillashtirish va ko‘rsatish;
 ijtimoiy muhofazaga muhtoj odamlar guruhiga nisbatan va professional
ijtimoiy ishni ommalashtirish maqsadida jamiyatning xabardorligini OAVlari
hamda ta’lim dasturlari orqali oshirish.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling