Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Ijtimoiy xodim faoliyati mohiyati
- III. Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga qamrab olingan tashkilotlar
5-ILOVA
IJTIMOIY XODIM PROFESSIOGRAMMASI 1 I. Ijtimoiy ish ta’rifi Ijtimoiy ish – bu odamlarning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida odamlar orasidagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga imkoniyat yaratish maqsadida ularga yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan professional faoliyat. Ijtimoiy ish quyidagilardan iborat: odamlar, ijtimoiy guruhlarga ijtimoiy va shaxsiy qiyinchiliklarni engib o‘tishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat; o‘quv fani; ilmiy yo‘nalishlar. II. Ijtimoiy xodim faoliyati mohiyati individuumlar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam ko‘rsatish (ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslaShuv, ijtimoiy oldini olish); turli davlat va ijtimoiy tashkilotlar va muassasalarning zarur ijtimoiy himoya va aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati integratsiyasiga imkoniyat yaratish; ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o‘rganish; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamalari bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish va mazkur dasturlarning samaradorligini baholash. III. Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga qamrab olingan tashkilotlar: Ijtimoiy xodim faoliyati odamlar bilan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ijtimoiy ish olib borish kabi tashkiliy-boshqaruvchi va ma’muriy faoliyat darajasida ham amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy xodim xodim bo‘lishi bilan bir qatorda boshqa muassasalar bilan hamkorlikda ham faoliyat olib borishi mumkin: aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi (Muruvvat uylari, Saxovat uylari, ijtimoiy ta’minot muassasalari va boshq.), xalq ta’limi (Mehribonlik uylari, vasiylik va g‘amxo‘rlik organlari, umumta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktabgacha va maktab muassasalari, yordamchi ta’lim muassasalari va boshq.), sog‘liqni saqlash (Go‘daklar uylari, oilaviy poliklinikalar, ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalar, reabilitatsion markazlar, tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyalar va h.k.) muassasalari va tashkilotlari, hokimiyatlar huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, ixtisoslashtirilgan professional-texnik kollejlar hamda litseylar va boshq. tuman, shahar va viloyat hokimiyatlari; tuman, shahar va viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, 248 mehnat va ijtimoiy himoya organlari, ichki ishlar organlari; mahalla; ijtimoiy tashkilotlar hamda uyushmalar va boshq. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling