Q. N. Kayumov


-ILOVA Ijtimoiy ish qadriyatlari


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

4-ILOVA
Ijtimoiy ish qadriyatlari
(Britaniya ijtimoiy xodimlar uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy
ish axloqiy kodekslaridan)
Qadriyatlar va prinsiplar
Ijtimoiy ish beshta asosiy mezonlarga tayanadi:

Inson qadr-qimmati va qadriyati

Ijtimoiy adolatlilik

Insonparvarlikka xizmat qilish

Bir butunlik

Layoqatlilik
Ijtimoiy ish amaliyoti insonparvarlik, vijdonlilik va layoqatlilik yo‘li bilan
inson qadr-qimmatini hurmat qilish kabi ijtimoiy adolatni ta’minlashga imkoniyat
yaratishi lozim.
3.1 Inson qadr-qimmati va qadriyat
3.1.1 Mezonlar
Har bir inson o‘z-o‘zidan noyob shaxs hisoblanadi. Barcha odamlar ijtimoiy
farovonlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish va boshqalarning huquqlariga daxl qilmagan
holda o‘z hayotini nazorat qilish huquqiga ega.
3.1.2 Prinsiplar
Ijtimoiy xodimlar majburiyatlari:
a) BMTning Inson huquqlari butunjahon deklaratsiyasida va deklaratsiyadan
kelib chiqqan boshqa SHartnomalarda aks ettirilgan insonning asosiy huquqlarini
hurmat qilish;
b) Barcha odamlarni hurmat qilish, xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning
e’tiqodlari, madaniyati, maqsadi, ehtiyojlari, qarashlari, o‘zaro munosabatlari va
tegishliligi (guruhlarga)ga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
c) Xizmatlardan
foydalanuvchi
shaxslar
obro‘sini
himoya
qilish
va
rahbatlantirish, ularning individualligi, huquq va majburiyatlari;
d) Boshqa odamlarning huquqlarini hurmat qilgan holda individual farovonlik
va avtonomlikni rag‘batlantirish;
e) Xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning huquqlarini hurmat qilish,
asoslangan qarorlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni va
xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish, qaror qabul qilish
jarayonlarida ishtirok etish;
f)Tegishli cheklovlarni qamrab olishi, ularni va boshqa shaxslarni himoya qilish
maqsadida o‘z huquqlaridan foydalanish va tegishli cheklovlarni o‘rnatishi mumkin
bo‘lgan xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning himoyasini ta’minlash.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling