237
ILOVALAR
1-ILOVA
1
Ijtimoiy ish ta’rifi
Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida professional faoliyatning o‘ziga xos turi,
insonga uning hayotining madaniy, ijtimoiy va moddiy darajasini ta’minlash
maqsadida davlat va nodavlat yordam ko‘rsatish, inson, oila yoki shaxslar guruhiga
individual yordam ko‘rsatishni aks ettiradi.
Ijtimoiy ishning eng umumiy ta’rifi – bu individ, guruh yoki hamjamiyatning
ijobiy o‘zgarishlarini amalga oshirish bo‘yicha professional faoliyat.
Buyuk Britaniya Ijtimoiy xodimlar uyushmasi ijtimoiy ishning quyidagi
ta’rifini keltirgan: ijtimoiy ish – bu odamlarga, hamjamiyatlarga ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi shaxsiy, ijtimoiy va vaziyatga oid qiyinchiliklarni aniqlash, ta’riflash
imkonini beruvchi, ularga yordam beruvchi mas’uliyatli professional faoliyat.
Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasining har yillik uchraShuvida, 2002 yil
iyul oyida, Jenevada quyidagi ta’riq qabul qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: