Q. N. Kayumov


) Turli tabaqalarga (yoshga, jinsga, manfaatlarga oid) ega bo‘lgan guruh


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

2) Turli tabaqalarga (yoshga, jinsga, manfaatlarga oid) ega bo‘lgan guruh
bilan ijtimoiy ish olib borish
Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj guruhlar quyidagicha
tabaqalanishi mumkin:
 yoshga oid (bolalar, yoshlar, keksa fuqarolar);
 jinsga ko‘ra;
 o‘xshash muammolarga ko‘ra (konfessional, yolg‘iz ota-onalar, yolg‘iz onalar,
sobiq ichkilikbozlar va giyohvandlar uyushmalari va boshq.).
Ko‘pincha ijtimoiy xodimlar asotsial yoki hattoki kriminal tabiatga ega
bo‘lgan guruhlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi (bolalar yoki o‘smirlar jinoyatchiligi,
daydilik, uyushgan fohishabozlik, asotsial yo‘naltirilgan guruh va h.k.).


239
3) Uyushmada, yashash joyiga ko‘ra ijtimoiy ish olib borish
Ijtimoiy xodim faoliyatining muhim
sohasi
yashash
manzili
va
uyushmalardagi faoliyati hisoblanadi. U ijtimoiy xizmatlar tarmog‘ini kengaytirish,
uyushmaga oid aloqalarni mustahkamlash, odamlar zich yashaydigan joylarda
maqbul ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, Shuningdek, mahalliy tashabbuslar,
o‘zaro yordam guruhlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan.
Mazkur muhitda O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy tashkiloti –
mahallaning ulkan imkoniyati va kuch-qudratidan foydalanish imkonini beradi.
Shunday qilib, ijtimoiy ishning mohiyatini individlarga, oilalarga, guruhlarga
ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish va to‘laqonli ijtimoiy faoliyat olib
borishi uchun to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, intellektual, ijtimoiy va boshqa
kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflash mumkin.


240
3-ILOVA
IJTIMOIY ISH VA INSON HUQUQLARI
Ijtimoiy ish kasbi asoslari
Tarixdan ijtimoiy ish odamlar va guruhlar o‘rtasidagi mavjud adolatsizlik
bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy ish amal qilish tahqirlash va manbalarni
adolatsiz ravishda taqsimlashga olib keluvchi kamsitishga qarshi kurashga olib
keluvchi gumanitar va demokratik g‘oyalar asosida vujudga kelgan. Ushbu asosiy
holat – adolatsizlikka qarshi chiqish va demokratik g‘oyalarni ilgari surish –
bugungi kunda ijtimoiy xodim ma’naviy kodeksining bir qismini tashkil etadi
(NASW 1996).
Ijtimoiy ish inson (yoki insonlar guruhi) kabi, uning atrofidagilarga ham,
inson atrof muhiti inson ehtiyojlarini qondirishda aosiy o‘rin tutishini e’tiborga
olgan holda asosiy e’tibor qaratadi (Compton i Galaway 1994; Kirst-Ashman i Hull
1993; Germain i Gitterman 1996). Ijtimoiy xodimlar nafaqat alohida odamlarga
yordam berishga haarkat qiladilar, balki ular nisbatan keng ko‘lamli global darajada
o‘zgarishlarni amalga oshirishga intiladi (Goldstein 1992). Ushbu ikki turli qarash
ijtimoiy xodim kasbini inson ehtiyojlarini o‘rganuvchi, biroq mazkur ehtiyojlarni
hal etishda tashqi to‘siqlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
psixologiya va tibbiyot kabi yordamchi kasblardan ajratib turadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling