Q. N. Kayumov
Zulm qilishga qarshi da’vat
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish kasbining oliy vazifasi
- Ijtimoiy ish mijozlari
Zulm qilishga qarshi da’vat
Ijtimoiy xodimlar an’anaviy tarzda jabrlangan va ajratib qo‘yilgan insonlarni o‘z mijozlarining muqarrar tarkibiy qismi sifatida ifodalaganlar. Kamsitish alohida insonlar yoki guruhlarga nisbatan vakolat yoki hukmronlikni adolatsiz ravishda qo‘llash bilan bog‘liq. Tahqirlashning irqiy, etnik, sinfiy va jinsiy tegishlilik, yoshga oid va jinsiy yo‘naltirilganlik kabi turli shakllari mavjud. Ijtimoiy ish kasbining oliy vazifasi Ijtimoiy xodim kasbining asosiy vazifasi hayot standartlarini yaxshilash va barcha odamlarning bazaviy ehtiyojlarini qondirishda zaif, tahqirlanishi mumkin bo‘lgan va qashshoqlikda yashovchilarga alohida e’tibor qaratgan holda yordam ko‘rsatishdan iborat. NASW (1996:1) Ijtimoiy ish mijozlari Tarixdan ijtimoiy ish fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinganlar yoki kambag‘al, muhtojlarga yordam ko‘rsatishni anglatgan. Bugungi kunda ijtimoiy xodimlar hayot sharoitlarini, ularning atrof muhiti sifatini hissiy, ma’naviy, psixologik yoki jismoniy jihatdan yaxshilash zarur bo‘lgan insonlar bilan faoliyat olib boradilar. Ijtimoiy xodimning mijozi kim bo‘lishi mumkin? Ijtimoiy ishning muhim tushunchalaridan biri mijozlik (clienthood) tuShunchasi hisoblanadi. Odatda ijtimoiy xodim xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar guruhi quyidagilarni qamrab oladi: - uydan qochish, qonunbuzarliklar, zo‘ravonlik kabi jiddiy nizolar va boshqa qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan oilalar, jumladan to‘liq bo‘lmagan oilalar; - er-xotinlar yoki ota-onalarning farzandlari bilan shafqatsiz 241 munosabatda bo‘lish holatlari bilan duch keluvchi oilalar va juftliklar; - nikohdagi jiddiy nizolari mavjud bo‘lgan juftliklar; - ishsizlik, boquvchisining yo‘qligi, jismoniy qobiliyatsizlik, ta’lim olmaganlik sababli va qonunni buzganligi tufayli jazo muddatini o‘tagan boshqa odamlar va ularning oilalari kabi daromadlari etarli bo‘lmagan oilalar va juftliklar; - turmushga chiqmagan homilador o‘smir qizlar; - hayoti jismoniy yoki ruhiy hastaliklar yoki nogironlik tufayli murakkablashib ketgan individlar yoki oilalar; - muntazam ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi shaxslar va ularning oilalari; - vasiylar va ota-onalari ulardan voz kechgan yoki bolalari bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan bolalar; - immigrantlar, qochoqlar va manbalari va imkoniyatlari past darajada bo‘lgan ozchiliklar vakillari yoki tahqirlash va irqchilik qurbonlari; - ishsizlar va ularning oilalari; - jismoniy va ruhiy rivojlanishida muammolar mavjud bo‘lgan bolalar va kattalar; - doimiy yordamga muhtoj bo‘lgan keksalar; - o‘z muammolarini mustaqil hal etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan migrantlar va ko‘chib kelgan kishilar; - maktabda muammolari bo‘lgan bolalar (va ularning oilalari); - jarohatlar yoki hayotlaridagi muhim hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli ruhiy zo‘riqishlarni boshdan kechirayotgan odamlar (pensionerlar, yaqinlarning o‘limi), uyidan qochib ketgan bolalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling