Q. N. Kayumov


Ijtimoiy ishning xalqaro ta’rifi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy ishning xalqaro ta’rifi. Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy
o‘zgarishlarga, insonlar munosabatlaridagi muammolarni hal etish, Shuningdek,
odamlarning farovonligini yaxshilash maqsadida ularga imkoniyatlar taqdim qilish
va ularni ozod qilishga imkoniyat yaratadi. Inson xulqi va ijtimoiy tizim
nazariyasidan foydalangan holda ijtimoiy ish odamlar o‘z atrof muhitlari bilan
o‘zaro munosabatlarga kirishgan erda vujudga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy
adolat prinsiplari ijtimoiy ish uchun asos hosil qiluvchi hisoblanadi.


238
2-ILOVA
Ijtimoiy ish professional faoliyat turi sifatida
Ijtimoiy ish, yoki sotsionomiya (lotin tilidagi so‘zlar “socio” – jamiyat va
“nomos” – qonun), bir vaqtning o‘zida

ijtimoiy faoliyat shakli;

ijtimoiy amaliyot;

ilm;

ta’lim fani.
Ijtimoiy ish professional faoliyat turi sifatida. Har qanday faoliyat inson
tomonidan chuqurlashtirilgan umumiy va maxsus tayyorgarlik, ish tajribasi
natijasida egallangan maxsus bilimlar va muayyan ko‘nikmalar majmuini taqozo
qiladi.
Ijtimoiy ish – faoliyatning alohida turi. U aholining turli qatlamlariga
yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi sababli alohida turi.
Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish uchta sohasni qamrab oladi:
1) ijtimoiy ish shaxsiy va oilaviy darajalarda;
2) turli tabaqaga tegishli guruhlar (yoshga, jinsga, manfaatlarga ko‘ra) bilan ijtimoiy
ish olib borish;
3) uyushmada, yashash manziliga ko‘ra ijtimoiy ish.
1) SHaxsiy va oilaviy darajalarda ijtimoiy ish
Individual ishning asosiy maqsadi individning ijtimoiy moslaShuvi va
reabilitatsiyasi, nizoli vaziyatlarni uning atrof-muhiti kontekstida hal etishdan
iborat. Masalan, bolaning oiladagi jismoniy va ruhiy rivojlanishi ota-onalarning
ijtimoiy-madaniy va moddiy maqomiga, ularning unga etarli darajada e’tibor qarata
olishi yoki qarata olmasligi, mazkur oila qaerda yashashi, ta’lim manbalaridan
foydalanish imkoniyatiga bog‘liq. Sanab o‘tilgan barcha holatlarda bolalar va
ularning ota-onalariga qonunchilikda belgilab qo‘yilgan huquqlardan foydalanish
uchun malakali yordamchilarning ko‘maklari zarur. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni
aniqlash, oila yoki individga yordam ko‘rsatishi zarur bo‘lgan ijtimoiy omillar
manbalariga murojaat qilishda yordam berishi mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling