Q. N. Kayumov
Insonparvarlikka xizmat qilish
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3.2 Prinsiplar
- 3.4 Bir butunlik 3.4.1 Mezonlar
3.3 Insonparvarlikka xizmat qilish
3.3.1 Mezonlar Inson farovonligi va ijtimoiy adolat manfaatlarida xizmat qilish ijtimoiy ishning birlamchi maqsadi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish; • odamlar imkoniyatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratish; • nisbatan adolatli jamiyatni yaratishga hissa qo‘shish. 3.3.2 Prinsiplar Ijtimoiy xodimlarning burchlari: a. O‘z faoliyati etikasi uchun milliy yoki xalqaro axloqiy kodekslarga muvofiq ravishda mas’ul bo‘lish; b. O‘z faoliyati davomida burchlarini bajargan va tabiiy adolat prinsiplariga amal qilgan holda insonparvarlikka xizmat qilishni eng yuqori o‘ringa qo‘yish; c. O‘z irodasi va vakolatlarini xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarni partisipator va ochiq jarayonlardan foydalangan holda rag‘batlantirish, o‘z maqsadlarini mazkur jarayonga daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqalarning manfaatlarini e’tiborga olgan holda imkon qadar amalga oshirish jarayonida qo‘llash; d. Xizmatlarlardan foydalanuvchi shaxslarni ular tanlashlari lozim bo‘lganda, ularga shikoyat qilish jarayonida qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan shikoyat qilish, ular qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlashi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash; e. Taklif qilinayotgan va taqdim qilinayotgan xizmatlarni madaniyatga mos ravishda ta’minlashga intilish; f. xizmatlardan foydalanyotgan shaxslarning amaliyot va strategiyalarni ishlab chiqish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholash strategiyasini ishlab chiqishini ta’minlashga intilish. 3.4 Bir butunlik 3.4.1 Mezonlar Bir butunlik halollik, ishonchlilik, ochiqlik va xolislikni qamrab oladi va ijtimoiy ish amaliyotida zarur qadriyat hisoblanadi. 3.4.2 Prinsiplar Ijtimoiy xodimlarning majburiyatlari: a.Xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarning ehtiyojlari va manfaatlarini shaxsiy qarashlari, maqsadlari, fikrlari va foydalaridan ustun qo‘yish va shaxsiy, moddiy yoki moliviy foyda olish maqsadida professional munosabatlardan foydalanmaslik; 245 b. Ularning shaxsiy xulqi kasbiy majburiyatlarni bajarishni xavf ostida qoldirmasligini, professional prinsip va standartlarga zid bo‘lgan yoki kasbning bir butunligiga ziyon etkazuvchi bu kabi xulqdan qochishni kafolatlash; c. O‘z malakasi, bilim, tajriba, yutuqlariga nisbatan va qandaydir guruhlarga tegishliligiga nisbatan halol va aniqlik bilan yondashishi zarur; d. Ommaviy bayonotlar qilgan holda ular xususiy shaxslar yoki ijtimoiy ish kasbi vakillari, yoki tashkilot yoki guruh nomidan gapiryaptimi, Shuni aniq tuShuntirishi lozim; e.Aniq va tegishli professional chegaralarni nizolar xavfini, xizmatlardan foydalanuvchi yoki foydalangan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, kuzatuv ostidagi shaxslar yoki ularning hamkasblari tomonidan ekspluatatsiya qilish yoki zarar etkazish kamaytirishga yo‘naltirgan holda o‘rnatish va kuchaytirish; f. Xulqning kasbiy chegaralarni buzishi mumkin bo‘lgan, professional o‘zaro munosabatlarga zarar yoki ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan professional chegaralarni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday shakllaridan qochish; g. Ayni vaqtda xizmatlardan foydalanuvchi shaxslar, talabalar, kuzatuv ostidagi shaxslar, tadqiqotlar ishtirokchilari yoki mazkur ijtimoiy xodim vakolati yoki ixtiyorining tengsiz tarzda taqsimlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan professional holatida bo‘lganlar bilan hech qanday yashirin yoki jinsiy xarakterdagi munosabatlarga kirishmaslik; h. Xizmatlardan foydalanuvchi shaxslar bilan yashirin yoki jinsiy munosabatlarga kirishmaslik; agar zarur bo‘lsa maslahatlashish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling