Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

3.2 Ijtimoiy adolat
3.2.1 Mezon
Ijtimoiy adolatlilik quyidagilarni qamrab oladi:


243
• Asosiy insoniy ehtiyojlarni qondirish uchun manbalarni adolatli va teng
tarzda taqsimlash;
• Ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlardan foydalanishda inson imkoniyatlarini teng
tarzda taqismlanishini ta’minlash;
• Individuumlar, oilalar, guruhlar va uyushmalarning huquq va majburiyatlarini
tan olish;
• Bir xil munosabatda bo‘lish va qonun tomonidan himoyalanganlik;
• Insonning bugungi kundagi va kelajakdagi farovonligi manfaatlarida ijtimoiy
rivojlanish va atrof-muhitni boshqarish.
Ijtimoiy adolatni topishga urinishlar anglash, nomaqbul sharoitlarni
kamaytirish va ularni engib o‘tish masalalari bilan uzviy bog‘liq.
3.2.2 Prinsiplar
Yo‘qotishlarni engillashtirishda mas’uliyat va farovonlikka imkoniyat
yaratishni har doim ham individuumlar, oilalar va guruhlarga bevosita xizmat
ko‘rsatish yo‘li bilan
amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy xodimlar
quyidagilarga mas’uldirlar:
a. Hukmronlikka ega bo‘lgan shaxslar, jamoatchilikning e’tiborini qaratish va
joiz bo‘lganda, hukumat, tashkilot yoki jamiyat strategiyalari yoki faoliyati
nomaqbul sharoitlarni vujudga keltiruvchi yoki yo‘qotishlar va azoblarga
imkoniyat yaratuvchi yoki ularning engillashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi
usullarga qarshi turish;
b. Professional bilim va tajribalarni ijtimoiy siyosatni rivojlantirishga
ko‘maklashish uchun qo‘llash;
c. O‘z
faoliyatida
to‘siqlarni
minimumga
tushirish
va
xizmatlardan
foydalanuvchi barcha shaxslar va ayniqsa, nomaqbul sharoitlarga tushib qolgan,
zaif yoki azoblanayotgan va alohida ehtiyojlari mavjud bo‘lganlar uchun tanlov
va imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida ijtimoiy adolat va manbalarning teng
taqsimlanishiga imkoniyat yaratish;
d. Tengsizlik va
adolatsizlikni
abadiylashtiruvchi
ijtimoiy qarashlarni
o‘zgartirishga intilish va imkoniyat tug‘ilganda inson huquqlari buzilishiga
barham berish uchun ishlash;
e. Inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi va barcha uchun ochiqlik, tenglish va
hamdardlikni ta’minlashga intiluvchi prinsiplar, jarayonlar va ijtimoiy
sharoitlarga imkoniyat yaratish;
f. Nafaqat fuqarolik va siyosiy, balki Shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy huquqlarni qo‘llab-quvvatlash;
g. Har bir inson yoki guruhlarga turli asosda, jumladan, kelib chiqishi, millati,
sinfi, ijtimoiy maqomi, jins, jinsiy qarashlari, yoshi, ishga layoqatsizligi, fikrlari
yoki jamiyatga qo‘shgan hissasini qamrab olgan holda atayin qarshi harakatlarni
amalga oshirmaslik;
h. Odamlarni ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlardan odamlarni
tahqirlash yoki kamsitish maqsadida hukmronlikni suiste’mol qilishga qarshi
turish;
i. Tahqirlashga qarshi va imkoniyatlarga ega bo‘lish maqsadida strategiyalar va
usullarni qo‘llab-quvvatlash va individuumlarga, oilalarga, guruhlar va


244
uyushmalarga ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy manbalardan teng tarzda
foydalanishga erishish va o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini boshqarish va
ijtimoiy farovonlikka erishishga intilish;
j. Etnik va madaniy tegishlilik va etnik va madaniy guruhlardagi xilma-xillikni
tan olish va hurmat qilish, mazkur vazifaga oid strategiya, jarayonlar va
prinsiplarni rivojlantirish;
k. Jamiyatning ijtimoiy jarayonlarda va qarorlarda, Shuningdek, ijtimoiy
strategiyalar va xizmatlarni rivojlantirishda ishtirokini rag‘batlantirish.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling