Q o‘ L y o zma huq uq I d a u d k 6 8 06
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
dasturlash texnologiyalarini oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasi Mutaxassislik
- Magistratura talabasi
- Dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasi mavzusidagi MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqot maqsad va vazifasi.
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti
- Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi
- Ish tuzilishi va tarkibi
- Bajarilgan ishning asosiy natijalari
- Xulosa va takliflar
- Ilmiy rahbar: _____________________ f.-m.f.n. G‘.R. Yodgorov
- The Ministry of Public Education of the Republic of Uzbekistan Navoi state pedagogical institute The student of Master’s degree
- Specialty
- Scientific advisor: c. ph-m.s. Yadgarov G.R. The student of Master’s degree: Navruzov B.I.
- Tadqiqot mavzusining dolzarbligi
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Q o‘ l y o zma huq uq i d a U D K 6 8 1 . 3 . 06 NAVRUZOV BAXTIYOR IXTIYOROVICH Dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasi Mutaxassislik: 5A111077- «Ta’limda axborot texnologiyalari» Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA Ilmiy rahbar: f.-m.f.n. Yodgorov G‘. R. Navoiy - 2016 2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Magistratura talabasi: Navruzov Baxtiyor Ixtiyorovich Kafedra: “Informatika o‘qitish metodikasi” Ilmiy rahbar: f.-m.f.n. Yodgorov G‘.R. O‘quv yili: 2015-2016 Mutaxassisligi: 5А110701- «Ta’limda axborot texnologiyalari»
Taraqiyot va rivojlanish bor joyda dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtamaydi. Bugungi kunda ma’lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda. Buning evaziga, dasturlash tillarini o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Birinchidan, “Informatika”, “Dasturlash asoslari”, “Informatika o‘qitish uslubiyoti” fanlari axborot texnologiyalari sohasida ro‘y berayotgan kompyuter imkoniyatlarining kengayishi, yangi operatsion tizimlar va dasturlash tillari, axborotlarni qayta ishlash jarayonlari, tarmoqlar bilan ishlash kabi o‘zgarishlarni tezkorlik bilan qayd qilib ulgurmayapti. To bir tilni tanlash, uni o‘qitish uchun tayanch tushunchalari va mazmunini belgilash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tadigan davrda bu tillarning yangi versiyalari yoki imkoniyatlari undan boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari ishlab chiqilmoqda. Ikkinchidan, informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘qitish uchun dasturlash tillarini tanlash va ularni o‘qitishda yuqori samara beruvchi yo‘l- yo‘riqlarni aniqlash muammolariga hammani qanoatlantiruvchi javob topilganicha yo‘q. Bu yo‘lda yangi dasturlash tillari yaratilgandan so‘ng, albatta, “eskilarini” o‘qitish ahamiyatining bo‘lmasligi asosiy to‘siq hisoblanadi. Uchinchidan, 3
informatika fanini o‘qitish paradigmalari o‘zgarib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval kompyuter savodxonligi tushunchasi asosini faqat dasturlash tillari tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda informatikaning umummadaniy va kasbiy-amaliy tomonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasalarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish masalasini qayta ko‘rib chiqishni va uni doimo boyitib borishni talab etadi. To‘rtinchidan, an’anaviy dasturlash tillarini o‘qitishda asosiy e’tibor strukturali algoritm asosida dastur ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsa, ta’lim muassasalarida “eski” dasturlash tillarida mavjud bo‘lmagan ob’ekt, klass kabi tushunchalar hamda ob’ektli dasturlashning asosiy konsepsiyalari bo‘lgan polimorfizm, vorislik va inkapsulyatsiyalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi. Beshinchidan, oldindan tanlab olingan dasturlash tillarini (masalan, Paskal, Delphi, C++) nihoyatda katta imkoniyatlarga ega va deyarli barcha zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlay olgani uchun, uning qaysi tushuncha, mavzu va imkoniyatlarini o‘qitish masalasi ham ochiq turibdi.
tilida ekanligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Afsuski, ko‘plab talabalarimizning chet tillari (ayniqsa, ingliz tili) bo‘yicha bilimlari ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarni o‘qib, tahlil qila oladigan darajada emas. Yettinchidan, ta’lim muassasalarining bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi bilan dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi zamonaviy talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik yuzaga kelmoqda. Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish orqali bu savollarga javob topish mumkin bo‘ladi. Tahlillar ta’lim muassasalarida dasturlash tillarining bir necha yildan beri o‘qitib kelinishiga qaramay, bu sohada yetarli darajada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmaganini ko‘rsatdi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchi va talabalarda yangi dasturlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish, rivojlantirish, dasturlash tillarini o‘qitishda sohasida yuzaga kelishi mumkin 4
bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish uslubiyotini tahlil qilish va takomillashtirish ta’lim muassasalarida eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi.
- Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitishda talabalar qiyin o‘zlashtiradigan tushuncha va mavzulari aniqlandi, ularni o‘qitishning samarali uslubiyoti ishlab chiqildi; - Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari uchun yagona tizimga asoslangan elektron darslik yaratildi; - Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar dissertatsiya farazlari yordamida asoslab berildi.
va akademik litseylarda o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish uchun zarur o‘quv-uslubiy va didaktik materiallarni tayyorlash, talabalar qiyin o‘zlashtiradigan mavzularni aniqlash va ularni o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish. Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Paskal, Delphi, C++dasturlash tillarini o‘qitish usullarini o‘rganish.
tadqiq qilish metodlari. Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish bo‘yicha dasturiy ta’minot yaratish metodlari.
Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitishda talabalar qiyin o‘zlashtiradigan tushuncha va mavzulari aniqlandi, ularni o‘qitishning samarali uslubiyoti ishlab chiqildi; Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari uchun yagona tizimga asoslangan 5
elektron darslik yaratildi; Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar dissertatsiya farazlari yordamida asoslab berildi.
Dissertatsiyada umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda dasturlash texnologiyalarini o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari o‘qitish uchun elektron darslik; Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyoti. Tadqiqotning amaliy ahamiyati quyidagi hollarda namoyon bo‘ladi: dissertatsiya mavzusi doirasidagi barcha masalalarda; Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilishda; bo‘lajak dasturchi, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarni tayyorlash va ularning bilim-darajalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda; namunali va ishchi rejalarni mukammallashtirishda; mustaqil mashg‘ulotlarda, bitiruv
malakaviy va
kurs ishlarini rejalashtirishda; talabalar ilmiy-uslubiy ishlarini tashkil qilishda;
o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarida. Dissertatsiya natijalaridan mavzu doirasidagi keyingi ilmiy-uslubiy tekshirish ishlarida ham foydalanish mumkin. Ish tuzilishi va tarkibi: Dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosa , 41 ta nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan tashkil topgan. Umumiy hajmi 98
bet. Bajarilgan ishning asosiy natijalari: a) Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun dasturlash tillariniu o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tilgan;
6
b) Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish bo‘yicha dars ishlanmalari ko‘rsatib o‘tilgan; c) Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish bo‘yicha multimediyali elektron darslik yaratildi.
dasturlash tillarini o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar hamda ularni yaratishning didaktik asoslari bo‘yicha taklif va xulosalar berilgan. Ushbu dissertatsiyadagi ma’lumotlardan ishda tavsiya etilgan dars ishlanmalari hamda multimediyali elektron darslikdan umuta’lim maktablari, akademik litsyelarda va kasb-hunar kollejlarnida dasturlash tillarini o‘qitishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
(Imzo)
Magistratura talabasi: __________________ B. I. Navruzov (Imzo) 7
Navoi state pedagogical institute The student of Master’s degree: Navruzov Bakhtiyor Ikhtiyorovich The chair: Informatics teaching methodology Scientific advisor: c. ph-m.s. Yadgarov G.R Academic year: 2015-16 Specialty: 5A110701 – “Information technologies in education” ANNOTATION TO THE DISSERTATION OF MASTER’S DEGREE On the theme: “The methodology of teaching programming technologies” The languages of programming never stops developing where there is civilization and progress. Today the form of rendering information, its structure and working factors are entirely different from the previous and new languages of programing with more opportunities are appearing. As a result, problems with teaching programing languages are arising. First of all, the subjects “Informatics”, Theory of programming”, “Informatics teaching methodology” are not managing to enroll the changes rapidly as expansion of computer opportunities in the field of information technology, new operational systems and programming languages, information recycling process and network operations. As a result the undergraduates of the higher institutions do not meet the requirements of modern society as they do not know modern demands on teaching programing languages. Above mentioned information proves that it is one of the actual problems to work out teaching methods of Paskal, Delphi and C++ , developing skills and habits of the pupils and students of secondary schools, academic lyceums and vocational colleges on new programing technologies. Moreover, dealing with the problems appeared in teaching programing languages, analyzing teaching methodology of these languages at educational establishments are crucial problems of the time. Novelty of the work: 8
- the concepts and themes which are difficult for the pupils of secondary schools, students of academic lyceum and vocational colleges are inquired and effective ways of teaching them are worked out. - Electron textbook based on unique system for programing language for Paskal, Delphi, C++ is prepared; Conclusion: hereby dissertation gives recommendations and instruction about teaching programming languages as Pascal, Delphi, C++ , and suggestions and summaries of creating didactic bases are given in the work. The lesson plans suggested in the work and electron textbook with multimedia can be implied at the secondary schools, academic lyceums, and vocational colleges in teaching programming languages.
9
MUNDARIJA: KIRISH ................................................................................................................ 10 I-BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI................................................. 17 I.1. Dasturlash texnologiyalari: tarixi, muammolari va yechimlari ....................... 17 I.1.1. Dasturlash tillari tarixi ................................................................................. 18 I.1.2. Dasturlash texnologiyasi ............................................................................. 22 I.1.3. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari ...................................... 25 I. 2. ALGORITMIK TIL ELEMENTLARI .......................................................... 29 I.2.1. Algoritm tushunchasi .................................................................................. 29 I.2.2. Ob’ektli algoritm ......................................................................................... 32 Birinchi bob bo‘yicha xulosa ................................................................................ 34 II-BOB. DASTURLASH TILLARINING IMKONIYATLARI ........................... 35 II.1. Paskal dasturlash tilining imkoniyatlari ........................................................ 35 II.2. Delphi dasturlash tilining imkoniyatlari ........................................................ 36 II.3. C++ dasturlash tilining imkoniyatlari ............................................................ 39 II.4. Dasturlash tillarining qiyosiy tahlili .............................................................. 40 Ikkinchi bob obo‘yicha xulosa.............................................................................. 44 III-BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASINI O‘QITISH USLUBIYOTI ..... 45 III.1. Umumta’lim maktablarida paskal dasturlash tilini o‘rgatish metodikasi ...... 45 III.2. Akademik litsey va kasb –hunar kollejlarida Delphi va C++ dasturlash tilini o‘rgatish metodikasi ............................................................................................. 52 III.2.1. Delphi dasturlash tilini o‘qitish bo‘yicha ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ........................................................................................................... 52 Standard komponentalar palitrasi ......................................................................... 54 III.2.2. C++ dasturlash tilini o‘qitish bo‘yicha ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ........................................................................................................... 75 III.3. Dasturlash tillarini o‘qitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish . 79 III.4. Dasturlash tillari fanidan multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratish 88 Uchunchi bob bo‘yicha xulosa ............................................................................. 89 Umumiy xulosa .................................................................................................... 90 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........................................... 91 ILOVALAR ......................................................................................................... 95
10
KIRISH O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu jarayonlarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu masalada “… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi lozim”ligini ta’kidlaydi[1]. Bunday vazifalarni amalga oshirish kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan bo‘lib, uning kelajakdagi istiqboli Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zaruriyati e’tirof etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi[2].
borgan sari chuqurroq kirib borayotgan kompyuterlar bugungi kunda axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashda insonlarning beminnat yordamchisi va eng qulay vositasiga aylanib bormoqda. Hal qilish mumkin bo‘lgan ko‘plab masalalar uchun kompyuter texnologiyalarining ishlab chiqilishi ulardan foydalanuvchilar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalari o‘z foydalanuvchilaridan muloqot uchun ma’lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo‘lishi muloqotning sifat darajasini belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy 11
ta’lim tizimidagi informatika fani va uni o‘qitish uslubiyoti oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi. 20-30 yil avval asosiy vazifasi faqat dasturlash asoslaridan iborat bo‘lgan informatika fani bugungi kunda dasturlash tillari, axborot texnologiyalari, tarmoq texnologiyalari, o‘qitish texnologiyalari va boshqa bir qator mustaqil fanlarga ajralib ketdi. Bu fanlarning hammasi mantiqiy jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, muayyan sohani o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Kompyuter yordamida yechimini kutayotgan masalalar uchun “eski” dasturlash vositalari yordamida dasturlar ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan o‘zini qoplamasligi hamda dastur ishlab chiqish jarayonining murakkabligi yangi dasturlash tillariga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bu masala tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shunday dasturchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ehtiyojiga qarab foydalanishi uchun zarur ma’lumotlarni (dasturlash asoslari, tillari, axborot texnologiyalari va h.k.) o‘rgatishdek jarayonni samarali tashkil etish o‘quv yurtlaridagi dasturlash asoslari fani o‘qituvchilarining eng asosiy vazifasi hisoblandi. Ilm-fan rivojlanar ekan, biz bugun XXI- asrda yashayotgan ekanmiz, dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtamaydi. Demak, bugungi kunda ma’lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib boraveradi, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi versiyalar hisobiga rivojlanib boraveradi. Anashunday ekan buning evaziga, dasturlash tillarini o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga keladi va uni biz o‘z talqinimiz bo‘yicha ta’kidlab o‘tishni lozim bildik. Birinchidan, “Informatika”, “Dasturlash asoslari”, “Informatika o‘qitish uslubiyoti” fanlari axborot texnologiyalari sohasida ro‘y berayotgan kompyuter imkoniyatlarining kengayishi, yangi operatsion tizimlar va dasturlash tillari, axborotlarni qayta ishlash jarayonlari, tarmoqlar bilan ishlash kabi dasturiy ta’minotdagi o‘zgarishlar tezkorlik bilan qayd qilib
12
ulgurmayapti. Bugun o‘quvchi uchun to bir tilni tanlash, uni o‘qitish uchun tayanch tushunchalari va mazmunini belgilash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tadigan davrda bu tilning yangi versiyalari yoki imkoniyatlari undan boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari ishlab chiqilmoqda. Ikkinchidan, informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘qitish uchun dasturlash tillarini tanlash va ularni o‘qitishda yuqori samara beruvchi yo‘l-yo‘riqlarni aniqlash muammolariga hammani qanoatlantiruvchi javob topilganicha yo‘q. Bu yo‘lda yangi dasturlash tillari yaratilgandan so‘ng, albatta, “eskilarini” o‘qitish ahamiyatining bo‘lmasligi asosiy to‘siq hisoblanadi. Uchinchidan, informatika fanini o‘qitish paradigmalari o‘zgarib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval kompyuter savodxonligi tushunchasi asosini faqat dasturlash tillari tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda informatikaning umummadaniy va kasbiy-amaliy tomonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim muassaslarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish masalasini qayta ko‘rib chiqishni va uni doimo boyitib borishni talab etadi. To‘rtinchidan, an’anaviy dasturlash tillarini o‘qitishda asosiy e’tibor strukturali algoritm asosida dastur ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsa, ta’lim muassasalarida “eski” dasturlash tillarida mavjud bo‘lmagan ob’ekt, klass kabi tushunchalar hamda ob’ektli dasturlashning asosiy konsepsiyalari bo‘lgan polimorfizm, vorislik va
inkapsulyatsiyalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi. Beshinchidan, tanlab olingan olingan dasturlash tillarini (masalan, Paskal, Delphi, C++) nihoyatda katta imkoniyatlarga ega va deyarli barcha zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlay olgani uchun, uning qaysi tushuncha, mavzu va imkoniyatlarini o‘qitish masalasi ham ochiq turibdi. Oltinchidan, Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarining barcha tuzilmalarini ingliz tilida ekanligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Afsuski, ko‘plab talabalarimizning chet tillari (ayniqsa, ingliz tili) bo‘yicha bilimlari ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarni o‘qib, tahlil qila oladigan darajada emas, lekin bu muammo bir necha yillardan keyin o‘z yechimini topadi.
dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi zamonaviy talablar o‘rtasidagi 13
nomutanosiblik yuzaga kelmoqda. Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish orqali bu savollarga javob topish mumkin bo‘ladi. Tahlillar ta’lim muassasalarida dasturlash tillarining bir necha yildan beri o‘qitib kelinishiga qaramay, bu sohada yetarli darajada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmaganini ko‘rsatdi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarnig o‘quvchi va talabalarda yangi dasturlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish, rivojlantirish, dasturlash tillarini o‘qitishda sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish uslubiyotini tahlil qilish va takomillashtirish ta’lim muassasalarida eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga dasturlash tillari va asoslari uzoq yillardan beri o‘qitilishiga qaramay, u yoki bu dasturlash tillarinii o‘qitish uslubiyoti deyarli o‘rganilmagan. Bizning dissertatsiyamiz mavzusiga ma’lum bir darajada aloqador bo‘lgan va tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud emas. Respublikamizda informatika, axborot texnologiyalari va dasturlash asoslarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, U.E.Adamboyev, R.Boqiyev, F.M.Zakirova, M.H.Lutfullayev, SH.A.Nazirov, SH.F.Madraximov, A.Toyloqov, U.Yu.Yuldashev va boshqalarning o‘quv-uslubiy ishlarini ta’kidlab o‘tish mumkin. Ammo ularda ham umumta’lim maktablari, akademik litsye va kasb-hunar kollejlari dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotiga e’tibor kam qaratilgan.
Dissertatsiyamiz mavzusiga qisman aloqador bo‘lgan bir qator ishlar Rossiyada ham qayd qilingan. B.V.Sobol, M.P.Lapchik, A.V.Mogilyov, S.V.Simonovich kabi olimlar tomonidan talabalarni informatika va dasturlash fanini o‘qitish uchun zarur bo‘lgan bir qator o‘quv va uslubiy adabiyotlar yaratilgan. Ularning barchasida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun keltirilgan ma’lumotlar bitta yaxlit tizimga solinmagan
14
hamda qisqa ma’nosida bayon qilingan va malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun yetarli emas. Informatika va dasturlashni o‘qitish sohasida N.Virtning ma’ruzasi alohida diqqatga sazovor. Unda zamonaviy informatika fanini o‘qitishda yuzaga kelayotgan muammolar, ayniqsa, qaysi tilni va qanday o‘qitish lozimligi birinchi o‘ringa olib chiqilgan. Muallif dasturlash asoslarini o‘qitish uchun darslik loyihasini taklif qiladi. Uning ta’kidlashicha, dasturlash asoslarini to‘la yorituvchi bunday darslik hozircha yaratilgani yo‘q va bunday darslik yaratishning iloji ham yo‘q. Chunki, to darslik yaratilib, ta’lim tizimiga joriy qilinguncha, raqobatchilar bilan kurashda orqada qolmaslik uchun dasturiy vositalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar yangi dasturlash texnologiyalarini yaratib ulguryaptilar. Hozircha O‘zbekistonda ta’lim muassasalariga bag‘ishlangan va tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘q. Tahlillar bunday ishlarning chet ellarda ham unchalik ko‘p emasligini ko‘rsatdi. O‘rta maktabda dasturlash tilini o‘qitish masalasida A.YU.Petrova differensial yondashuvni, ya’ni axborot va dasturlash texnologiyalarini umumlashtirib o‘qitish taklif qiladi. Bizning fikrimizcha, bu holda maktab informatikasi uchun ajratilgan o‘quv soatlarining kamligi tufayli o‘quvchilarga Paskal dasturlash tilini chuqur o‘rgatishning iloji yo‘q. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida Oliy o‘quv yurtlarida “Informatika” va “Dasturlash asoslari” fanlarini o‘qitishda uchraydigan va yuqorida tilga olingan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ishlab chiqildi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling