Q o‘ L y o zma huq uq I d a u d k 6 8 06


Dasturlashni o‘rganishda qanaqangi manbalardan foydalanish kerak?


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana11.12.2020
Hajmi1.35 Mb.
#165104
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dasturlash texnologiyalarini oqitish metodikasi


Dasturlashni o‘rganishda qanaqangi manbalardan foydalanish kerak? 

Dasturlashni o‘rganishda quyidagi manbalardan foydalanishimiz kerak: 

1.  Dasturlashni o‘rgatuvchi kitob yoki ma’ruzalar matni; 

2.  Dasturlashdan masalalar to‘plami; 

3.  Dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi video kurs; 

4.  Sizda paydo bo‘lgan savollarga javob beruvchi shaxs yoki manba; 

5.  Tuzilgan dasturning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshiruvchi amaliy dasturlar. 

 

I.1.3. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari 

Ob’ektga  yo‘naltirilgan  dasturlash  –  bu  dasturlashning  shunday  yangi 

yo‘nalishiki,  dasturiy  sistema  o‘zaro  aloqada  bo‘lgan  ob’ektlar  majmuasi  sifatida 

qaraladi  va  har  bir  ob’ektni  ma’lum  bir  klassga  mansub  hamda  har  bir  klass 

qandaydir  shajarani  hosil  qiladi  deb  hisoblanadi[36].  Alohida  olingan  klass 

ma’lumotlar  to‘plami  va  ular  ustida  bajariladigan  amallarning  to‘plami  sifatida 

qaraladi.  Bu  klassning  elementlariga  faqat  shu  klassda  aniqlangan  amallar  orqali 

murojaat  qilish  mumkin.  Dasturdagi  ma’lumotlar  va  ular  ustida  bajariladigan 

amallar  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlik  an’anaviy  dasturlash  tillariga  nisbatan 

dasturiy  sistemalarning  ishonchliligini  ta’minlaydi.  Ob’ektga  yo‘naltirilgan 

dasturlashning eng asosiy tushunchasi ob’ekt va klass hisoblanadi. 



Ob’ekt.  Oldimizda  turgan  o‘rik  mevasini  dasturlash  terminologiyasi  orqali 

ko‘raylik. An’anaviy dasturlashda biz uni qismlarga  bo‘lib o‘rganganmiz: S-o‘rik 

po‘stining  yuzi,  J  –  o‘rik  mevasidagi  sharbat  hajmi,  F  –  po‘st  orasidagi  meva 

og‘irligi,  D-danak  og‘irligi  va  h.k.  Endi  ana  shu  o‘rikga  rassom  ko‘zi  bilan 

qaraylik.  O‘rikning  rasmi  bu  meva  emas,  balki  o‘rik  mevasining  yassi 

tekisliklikdagi tasviridir. Uni har biri alohida va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan biror 

ma’lumotlar  segmentida  turgan  bir  nechta  ma’lumotlardan  iborat  bo‘lgan 


26 

 

ko‘rinishda  abstraksiyalash  mumkin  emas.  O‘rikning  komponentalari  doimo 



birgalikda  va  bu  komponentalar  orasidagi  o‘zaro  aloqalarni  saqlagan  holda 

qaraladi.  Ob’ekt  -  biz  yashayotgan  o‘rikdagi  biror  elementga  hos  bo‘lgan  barcha 

ma’lumot  va  hulqlarni,  ya’ni  shu  element  ustida  bajarish  mumkin  bo‘lgan 

xarakatlarni  ifodalaydi  hamda  ma’lumotlarning  tugal  abstraksiyasidan  iborat 

bo‘ladi. 

Bu 


ma’lumot  va  hulqlar  ob’ektga  yo‘naltirilgan  dasturlash 

atamashunosligida  mos  ravishda  hususiyat  va  metod  deb  ataladi.  Hususiyatni 

ob’ektning  maydoni  deb  ham  yuritiladi.  Masalan,  shashka  ob’ekti  rang,  vertikal 

maydondagi  o‘rni,  gorizontal  maydondagi  o‘rni  kabi  maydonlarga,  surish,  urish, 

«damka» ga chiqish, shashka taxtasidan chetga olish kabi metodlarga ega bo‘ladi. 

Maydon  va  metodlar  birgalikda  ob’ektning  a’zolari  deyiladi[38].  Ob’ektlarning 

strukturasi ularning o‘zaro aloqasini ifodalaydi.  

Klass.  Har  bir  ob’ekt  qandaydir  bitta  klassga  taaluqli  bo‘ladi.  Klass  –  bu 

murakkab  struktura  bo‘lib,  o‘z  ichiga  ma’lumotlarni,  protsedura  va  funksiyalarni 

ifodalashdan  tashqari,  klasslarning  vakili  bo‘lmish  ob’ektlar  ustida  bajarilishi 

mumkin  bo‘lgan  amallarni  ham  oladi.  Klassdagi  ma’lumotlar  maydonlar, 

protsedura  va  funksiyalar  esa  metodlar  deb  ataladi.  Klassning  strukturasi 

tushunchasi ham muhim hisoblanadi. U tizim ichidagi vositalar boyligini namoyon 

qiladi.  Ma’lumki,  biror  yaproqdagi  fotosintez  jarayonini  o‘rganish  uchun  shu 

yaproqdagi bitta hujayrani ko‘rish yetarli, chunki, qolgan hujayralar ham o‘zini ana 

shgu  o‘rganilgan  hujayra  kabi  tutadi.  Biz  xam  biror  klass,  tip  yoki  bo‘limga 

mansub  bo‘lgan  ob’ektni  ko‘rar  ekanmiz,  faraz  qilishimiz  mumkinki,  uning  hulqi 

ham shu tipdagi boshqa ob’ektlarniki kabi bo‘ladi[21]. 

Ob’ektga  yo‘naltirilgan  dasturlash  bizning  hulqimizga  o‘xshab  ketadigan 

dasturlash  usulini  ifodalaydi.  U  dasturlash  tillarini  ishlab  chiqishdagi 

yangiliklarning  tabiiy  evolyutsiyasi  hisoblanadi.  U  barcha  avvalgi  dasturlash 

tillariga  qaraganda  strukturaliroq,  ma’lumotlarni  abstraktlashga  urinishda 

abstraktliroq va modulliroqdir. 

Ob’ektga  yo‘naltirilgan dasturlash o‘zining uchta asosiy hususiyatlari bilan 

xarakterlanadi[21]:  



27 

 

1.  Inkapsulyatsiya  –  yozuvlarni  shu  yozuvlarning  maydonlari  ustida  amallar 



bajarish  uchun  mo‘ljallangan  funksiyalar  va  protseduralar  bilan  birgalikda  olib 

boradi.  Inkapsulyatsiya  yashirish  prinsipiga  ham  ega  bo‘ladi.  Buning  ma’nosi 

shuki,  ob’ekt  ustida  bajarish  mumkin  bo‘lgan  xarakatlarni  amalga  oshirish 

vositalari shu ob’ektdan foydalanayotgan dasturchilar ko‘zidan yashirib qo‘yiladi. 

Dasturchi faqat shu ob’ektning ayrim metod va maydonlari bilangina ishlay oladi. 

Boshqacha  aytganda,  barcha  maydon  va  metodlar  ichki  va  tashqi  guruhlarga 

bo‘linadi. Ob’ektning ichki a’zolari dasturchiga «ko‘rinmaydi» va ob’ektning hulqi 

va  imkoniyatlarini  aniqlaydi,  tashqi  a’zolari  esa  dasturchiga  «ko‘rinib  turadi» 

hamda  ob’ektni  boshqarish  imkonini  beradi.  Ob’ektning  dasturchiga  ko‘rinib, 

ob’ektni  boshqarishga  yordam  beradigan  metod  va  maydonlari  (hususiyatlari) 

ob’ektning  interfeysi  deb  ataladi.  Dasturchi  ob’ekt  bilan  ishlash  uchun  uning 

interfeysini  bilishi  kifoya.  Masalan,  yengil  avtomobilni  boshqarishni  o‘rganish 

uchun  uning  matorining  ishlash  prinsipi,  g‘ildiraklarning  burilishini,  tormoz 

mexanizmini  o‘rganishning  hojati  yo‘q,  rulni  burash,  pedal  yoki  uzatmalar  qutisi 

richagini bosishni bilish yetarli.  

2. 


Vorislik  –  yangi  ob’ektni  aniqlashga  ehtiyoj  paydo  bo‘lganda  oldindan 

ma’lum  bo‘lgan  ob’ektlardan  foydalanish.  Ob’ektlar  o‘zlarini  yaratishda  ishtirok 

etgan  ota  ob’ektlarning  xarakteristika  va  hulqlarini  meros  qilib  olishlari  mumkin. 

OYD  konsepsiyasi  yangi  klasslarni  mavjud  klasslarga  yangi  maydonlar, 

hususiyatlar  va  metodlarni  qo‘shish  orqali  yaratish  imkonini  ham  beradi.  YAngi 

klasslarni  tashkil  qilishning  bunday  usuli  yuzaga  keltirish  deb  ataladi.  Bu  holda 

yuzaga kelgan  yangi klass  o‘zining bazaviy ota klassiga hos bo‘lgan hususiyat  va 

metodlarini meros oladi. Hayotdan misol qilib, hasharotlar klassini olish mumkin. 

U  ikki  guruhga  bo‘linadi:  qanotlilar  va  qanotsizlar.  Qanotli  hasharotlarga 

kapalaklar, pashshalari, parvonalar va x.k. lar kiradi. SHuning uchun, pashshalarni 

qaytadan qanotli deb ta’riflashning hojati yo‘q, u bu hususiyatni ota klassi bo‘lgan 

qanotli hasharotlar klassidan meros qilib oladi.  



3.  Polimorfizm  –  xarakatga  biror  nom  berish  hamda  undan  birgalikda  ob’ektlar 

shajarasining  quyi  va  yuqori  qismlarida  foydalanish.  Bunda  shajaraning  har  bir 



28 

 

ob’ekti bu xarakatni o‘zi uchun hos bo‘lgan usul bilan bajaradi. Polimorfizm — bu 



turli klasslarga kirgan metodlar uchun bir hil nomlardan foydalanish imkoniyatidir. 

Polimorfizm  konsepsiyasida  ob’ektga  nisbatan  metod  qo‘llanganida  aynan 

ob’ektning klassiga mos keluvchi metoddan foydalanishni ta’minlaydi.  

Object Pascal dasturlash tili ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashga hos bo‘lgan 

barcha  vositalarni  bera  oladi:  strukturalilik,  modullik,  katta  abstraktlilik.  Bu 

xarakteristikalarning hammasi  xizmat  ko‘rsatish uchun juda ham sodda, osongina 

boshqa  vaziyatlarga  moslashtirila  oladigan,  kuchliroq  strukturaga  ega  bo‘lgan 

kodlarda o‘z aksini topadi.  

Ob’ektga  yo‘naltirilgan  dasturlash  uzoq  yillar  davomida  an’anaviy,  ya’ni 

standart  hisoblangan  dasturlashga  nisbatan  hos  bo‘lgan  tasavvurlarni  bir  chetga 

qo‘yishni talab qiladi. Natijada ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash juda ham sodda, 

ko‘rgazmaliligi yuqori bo‘lib, dasturiy ta’minot yaratishdagi ko‘plab muammolarni 

hal qilishning juda ajoyib vositasiga aylanadi.  

 

 



Yuqorida  aytilgan  fikrlarni  hisobga  olsak,  ob’ektga  yo‘naltirilgan 

dasturlash texnologiyalari quyidagicha masalalarni hal qilishi mumkin:  

 

an’anaviy dasturlash tillarida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilish; 



 

an’anaviy  dasturlash  tillari  yordamida  yechib  bo‘lmaydigan  yoki  juda  katta 



qiyinchiliklar bilan yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish; 

  qayta ishlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va ularning tiplari doirasi an’anaviy 



dasturlash tillariga nisbatan ancha keng; 

  foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan muloqot interfeysini yaratish;  



  kiritilayotgan va chiqarilayotgan turli tipdagi ma’lumotlarni nazorat qilish; 

  yangi  tipdagi  ma’lumotlar,  klasslar  va  modullarni  osongina  tashkil  etish  va 



ma’lumotlarni nazorat qilish; 

  multimedia va animatsion vositalaridan foydalanib, turli darajadagi tovushli va 



xarakatli effektlarni hosil qilish va qayta ishlash; 

  ma’lumotlar  bazasi  va  undagi  ma’lumotlar  ustida  amallarni  bajarish,  SQL 



so‘rovnomalari  yordamida  ma’lumotlarni  qidirib  topish  kabi  masalalar  juda 

osonlik bilan hal qilish; 



29 

 



  OLE  konteyneri  yordamida  WINDOWS  muhiti  uchun  mo‘ljallangan 

ilovalardagi ob’eklar bilan ishlash; 

  foydalanuvchilar  uchun  yaratilgan  dasturiy  ta’minotdan  foydalanish  uchun 



yordamchi ma’lumotnomalar tizimini yaratish;  

  dasturiy  ta’minotni  boshqa  kompyuterlarga  ko‘chirish  uchun  o‘rnatuvchi 



disklarni yaratish; 

  dastur matnini tashkil qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar bilan 



ishlash masalasini hal qilish va x.k. 

Ko‘rinib  turibdiki,  yechilayotgan  masalalarni  an’anaviy  dasturlash  tillari 

yordamida yechishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kattakon bo‘shliqni ob’ektga 

yo‘naltirilgan 

dasturlash 

texnologiyalari 

to‘ldiradi 

hamda 


zamonaviy 

dasturlashning  ko‘plab  talablariga  javob  beradi.  Shunday  ekan,  Oliy  o‘quv 

yurtlarida  an’anaviy  dasturlash  tillaridan  voz  kechib,  ob’ektga  yo‘naltirilgan 

dasturlash texnologiyalarini o‘qitishga o‘tish tavsiya qilinadi.  



 

I. 2. ALGORITMIK TIL ELEMENTLARI 

I.2.1. Algoritm tushunchasi 

Hisoblash  mashinasiga  algoritm  dastur  shaklida  beriladi.  Bitta  masalani 

yechishning  bir  necha  algoritmi  mavjud  bo‘lishi  mumkin.  Ular  orasida  eng 

samaralisini,  bajarilishi  uchun  eng  kam  amallar,  mashina  vaqti,  xotira  va  h.k.ni 

talab  qiluvchi  algoritmni  tanlash  lozim.  Samarali  algoritmlar  mavjud  bo‘lishi 

shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini 

tashkil etadi.  

Algoritm atamasi  o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk  o‘zbek matematigi 

Al-Xorazmiy  nomidan  kelib  chiqqan.  U  o‘zi  kashf  etgan  o‘nli  sanoq  tizimida  IX 

asrning  825  yilidayoq  to‘rt  arifmetika  amallarini  bajarish  qoidalarini  bergan. 

Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa  alxorazm deb  atalgan. Bu atama 1747 

yildan  boshlab  algorismus,  1950  yilga  kelib  algorifm  deb  ham  ataldi. 



30 

 

Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma’nosi bilan axborot 



texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi[30]. 

Algoritm  -  biror  maqsadga  erishishga  qaratilgan  ijrochi  bajarishi  uchun 

mo‘ljallangan  ko‘rsatma  (buyruq)larning  aniq,  tushunarli  va  chekli  ketma-ketligi 

tushuniladi[11,20]

.

 



 

Algoritm  -  bu  qo‘yilgan  masalaning  yechimiga  olib  keladigan,  ma’lum 

qoidaga  binoan  bajariladigan  amallarning  chekli  qadamlar  ketma-ketligidir. 

Boshqacha  qilib  aytganda  algoritm  boshlang‘ich  ma’lumotlardan  natijagacha  olib 

keluvchi jarayonning aniq yozilishidir[11].  



Algoritm: 

1. Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli 

to‘plami.  

2.  Dastlabki  ma’lumotlarni  oxirgi  natijaga  o‘tkazuvchi  hisoblash  jarayoni  orqali 

masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi[30].  

Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi:  

- berilgan dastlabki ma’lumotlar bilan natijaning bir turliligi;  

- jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan 

ayrim amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi;  

-  ko‘p  sinfga  oid  masalalarga  mos  ko‘p  dastlabki  ma’lumotlar  uchun  natija  olish 

mumkinligi[30].  

Har  qanday  algoritm  ma’lum  ko‘rsatmalarga  binoan  bajariladi  va  bu 

ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.  

Bu  algoritm  tushunchasining  matematik  ta’rifi  bo‘lmasa  ham  intuitiv 

ma’noda  algoritmning  mazmunini  ochib  beruvchi  tavsifidir.  Algoritmni  intuitiv 

ma’noda  bir  necha  misollarda  izohlaymiz.  Biror-bir  narsani  taqiqlovchi  qoidalar 

algoritm  bo‘lolmaydi,  masalan:  «Chekish  mumkin  emas»,  «Begonalarning  kirishi 

taqiqlanadi», «Kirish», «Chekish uchun joy» kabi biror-bir narsaga ruxsat etuvchi 

qoidalar ham algoritmga xos emas. Lekin «Svetoforni  yashil rangida o‘ting» juda 

sodda bo‘lsa ham algoritmdir. 



31 

 

Demak,  yuqorida  keltirilgan  misollardagi  ko‘rsatmalar  ketma-ketligi 



algoritm  va  bu  algoritmlarni  bajarayotgan  inson  –  ijrochi  bo‘lar  ekan.  Algoritm 

ijrochisi  faqat  insonmi,  degan  savol  berishingiz  tabiiy.  Bu  savolga  javob 

quyidagicha: 

 Algoritmik  til  -  matematik  masalalarni  yechish  uchun  mo‘ljallangan  dasturlash 

tili.  Birinchi  navbatda  ALGOL  «algoritmik  til»  sonli  masalalarni  yechishga 

mo‘ljallangan.  Tilning  sintaksisi  aniq  belgilanganligi  ALGOLni  muayyan  tur 

tuzilmaga  ega  bo‘lgan  kompyuterlarga  nisbatan  mustaqil  bo‘lishini  ta’minladi. 

Tilning alohida tomoni bo‘lib uning blokli tuzilmasi hisoblanadi. ALGOL ko‘proq 

Yevropada tarqaldi va yangi tillarning, masalan Pascal tilining yaratilishida muhim 

bosqich bo‘ldi[30].  

 Algoritmik  til  -  algoritmlarni  bir  xil  va  aniq  yozish  uchun  ishlatiladigan 

belgilashlar  va  qoidalar  tizimidir.  Algoritmik  tillarga  dasturlash  tillari  ham 

deyiladi[42]. 

Algoritm  ijrochisi  –  algoritmda  ko‘rsatilgan  buyruq  yoki  ko‘rsatmalarni 

bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema[15]. 

Ijrochi bajara olishi uchun algoritm unga tushunarli bo‘lishi lozim. Algoritm 

ijrochi  tushunadigan  tilgagina  emas,  balki  uning  bilim  va  malakasiga  ham  mos 

bo‘lishi kerak. Aks holda ijrochi birorta ham ko‘rsatmani bajara olmasligi mumkin. 

Ijrochi  bajara  olishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘rsatma  yoki  buyruqlar  to‘plami 

ijrochining  ko‘rsatmalar  tizimi  deyiladi.  Masalan,  «16  sonidan  kvadrat  ildiz 

chiqarilsin»  ko‘rsatmasi  2-sinf  o‘quvchisining  ko‘rsatmalar  tizimiga  tegishli 

bo‘lmaydi,  lekin  8-sinf  o‘quvchisining  ko‘rsatmalar  tizimiga  tegishli  bo‘ladi. 

Algoritm  ijrochiga  tushunarli  bo‘lishi  uchun  ijrochining  imkoniyatlarini  bilish 

lozim. Agar ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib 

chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson 

tushunadigan  til,  insonning  bilimi,  hayotiy  tajribasi,  kasbiy  malakasi,  yoshi, 

qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita 

(masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa, u holda algoritm shu texnik 

vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. 



32 

 

Agar  ijrochi  kompyuter  hisoblanib,  uning  dasturiy  ta‘minotida  berilgan 



(«Karra  jadvalini  hosil  qilish»)  algoritmni  bajara  oladigan  dastur  (masalan, 

elektron jadvallardan birortasi ham) bo‘lmasa, u holda hech qanday natijaga erishib 

bo‘lmaydi.  Demak,  berilayotgan  har  qanday  ko‘rsatma  ijrochining  ko‘rsatmalar 

tizimidan  olinishi,  ya’ni  ijrochi  uni  qanday  bajarishni  bilishi  kerak  ekan.  Bu 

algoritmning  tushunarlilik  xossasini  ifodalaydi.  Shuni  ta‘kidlash  joizki, 

informatikada algoritmning asosiy ijrochisi sifatida kompyuter xizmat qiladi. 



Ijrochi-bu qo‘llanmada algoritm tuzish usullarini  o‘rgatish uchun sizni bir nechta 

Ijrochi  bilan  tanishtiramiz  [15],  lekin  ular  kompyuter  yoki  inson  emas,  balki  biz 

uchun abstrakt sistema. 

Ijrochi  muhiti  –  ijrochi  «yashaydigan»  yoki  algoritmni  bajaradigan  muhiti[15]. 

Ijrochi  Robot  misolida  bu  katakli  maydon,  bo‘yalgan  kataklar  va  devorlar. 

Ularning joylashishi va Robotning turgan joyi muhitning aniq holatini beradi. 

Har  bir  ijrochi  qat‘iy  belgilangan  ro‘yxatdagi  –  ijrochinining  ko‘rsatmalar 

tizimidagi  –  ko‘rsatmalarni  bajara  oladi.  Har  bir  ko‘rsatma  uchun  qo‘llash  sharti 

(muhitning  qanday  holatida  ko‘rsatmani  bajarish  mumkinligi)  va  ko‘rsatmani 

bajarilish  natijasi  belgilangan  bo‘lishi  kerak.  Masalan,  yuqoriga  ko‘rsatmasi 

Robotning  yuqorisida  devor  yo‘q  bo‘lsagina  bajarish  mumkin.  Bu  ko‘rsatmani 

bajarilish natijasi – Robot yuqoriga bitta katak siljiydi. 

 

I.2.2. Ob’ektli algoritm 

Bugungi  kunga  kelib,  dasturlash  tillarini  o‘rganuvchilar  uchun  bir 

qaraganda, algoritm tushunchasini kerak emas, uning dasturlash bilan aloqasi yo‘q 

qabilidagi  tasavvurlar  paydo  bo‘lib  qoldi.  Ular  masalalarni  yechish  bosqichlari, 

algoritm  qurishning  yo‘l-yo‘riqlari  bilan  tanishmasdan  turib,  dasturlash  sohasiga 

kirishga xarakat qilishadi. Natijada, ular dasturlash tillarida ko‘zda tutilgan qonun-

qoidalar,  buyruqlar  tizimini  yetarli  darajada  o‘rganishlari  (shunchaki  yodlashlari) 

mumkin,  ammo,  aniq  qo‘yilgan  masala  uchun  dastur  yozishda  juda  katta 

qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ana shunday vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun, 

biz bu dasturchilarga dasturlashni algoritm qurishdan boshlashni tavsiya qilamiz. 


33 

 

Bir  qaraganda,  an’anaviy  dasturlash  tillariga  hos  bo‘lgan  algoritm 



tushunchasi  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotgandek  bo‘lmoqda.  Aslida  ham  shundaymi? 

Bizning nazarimizda bu savolga «yo‘q» deb javob berish mumkin. Chunki, hozirgi 

kunda bu tushuncha boshqacha ko‘rinishda, ya’ni zamonaviy dasturlash tillarining 

eng  muhim  tushunchasi  bo‘lgan  ob’ektlarga  nisbatan  qo‘llanmoqda.  Shuning 

uchun bu tushunchani yangicha talqin qilishga to‘g‘ri keladi.  

Ma’lumki,  ixtiyoriy  masalani  hal  qilish  uchun  maxsus  algoritm  ishlab 

chiqish talab qilinadi. Shunday algoritmning mavjud emasligi masala yechimining 

mavjud emasligini anglatadi.  

Zamonaaviy  ob’ektga  yo‘naltirilgan  dasturlash  tillari  uchun  N.  Virtning 

«algoritm+berilganlar=dastur»  ta’rifi  boshqacharoq  talqin  qilinadi.  Asosiy 

e’tiborni  algoritm  tuzishga  emas,  balki  ma’lumotlarning  berilganlar  strukturasiga 

qaratiladi[21].  

Algoritmlarni  ishlab  chiqishda  ob’ekt,  klass  va  metodlardan  keng 

foydalaniladi.  Klass  –  bu  murakkab  struktura  bo‘lib,  o‘z  ichiga  ma’lumotlarni, 

protsedura  va  funksiyalarni  ifodalashdan  tashqari,  klasslarning  vakili  bo‘lmish 

ob’ektlar  ustida  bajarilishi  mumkin  bo‘lgan  amallarni  ham  oladi.  Klassdagi 

ma’lumotlar maydonlar, protsedura va funksiyalar esa metodlar deb ataladi.  

Ta’rif. Ob’ektli algoritm deb qo‘yilgan masalani to‘la hal qilish uchun zarur 

bo‘lgan ob’ektlarning hususiyatlarini o‘zgartirish uchun ijrochining bajarishi talab 

qilingan amallar va metodlar ketma-ketligining qat’iy tartibiga aytiladi[21].  

Ob’ekli  algoritm  qurish  uchun  uning  qanday  hususiyatlarga  ega  ekanligi 

hamda ana shu hususiyatlar ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallarni bilish lozim.  

 

  



 

 

 



 

 

 



34 

 

Birinchi bob bo‘yicha xulosa 

Ushbu  bobda  dasturlash  texnologiyalarining  ta’riflari,  yaratilish  tarixi, 

dasturlash  muammolari,  ularning  yechimlari,  ob’ektga  yo‘naltirilgan  dasturlash 

texnologiyalari  ta’riflar,  algoritm  tushunchasining  ta’rifi,  ob’ektga  yo‘naltirilgan 

algoritm  va  ularning  ta’riflari  haqida  ma’lumotlar  berilib  o‘tildi.  Bu  berilgan 

ma’lumotlar  o‘z  oldiga  dasturchi  bo‘laman  deb  maqsad  qo‘ygan  shaxsning 

faoliyati uchun muhim hisoblanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



35 

 

II-BOB. DASTURLASH TILLARINING IMKONIYATLARI 



 

II.1. Paskal dasturlash tilining imkoniyatlari 

Paskal  dasturlash  tilining  keng  tarqalishi  va  qollanilishiga  asosiy  sabab 

dasturning  soddaligi  va  undan  foydalanishning  qulayligidir.  Dastavval  Paskal  tili 

universitetlarda  qo‘llanilgan  bo‘lib,  keyinchalik  uning  turli  rusumli  kompyuterlar 

uchun versiyalari ishlab chiqildi.  

1981-  yilda  Paskal  tilining  xalqaro  standarti  taklif  etildi[20,42].  Paskal 

tilining  Borland  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  7.0  hozirgi  davrda  keng 

foydalaniladi.  U  foydalanuvchilar  uchun  juda  qulay  tizim  —  dasturlashning 

integrallashgan muhitiga ega. 

Integrallashgan  muhit-dasturlashga  yordamlashuvchi  dastur  bo‘lib,  u 

quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim: 

• 

avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi; 



• 

vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi; 

• 

dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lishi; 



• 

sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak. 

  

Bugungi kunda Paskal dasturlash tilining bir nechta versiyalari mavjud bo‘lib, 



bulardan eng ko‘p ishlatilib kelayotgan versiyalari quyidagilar: 

1.Turbo Pascal. 

2. PascalABC. 

 

Turbo  Pascal  dasturlash  tili  MS  DOS  operatsion  dasturida  ishlaydi. 



PascalABC  dasturlash  tili  Windows  muhitlarida  ishlaydi.  Hozirgi  paytda 

umumta’lim  maktablarida  Turbo  Pascal  7.0  versiyasidan  foydalanib  dasturlar 

o‘rgatilib  kelinmoqda.  Savol  tug‘iladi  bu  dasturlash  tillarida  masalalarni  dastur 

kodini kiritganimizda, dastur kodini farqi bormi? 

 

Biror bir masalani dasturni tuzganimizda ikkala tilda ham dastur kodi bir xil. 



Ammo grafik imkoniyatiga kelganda farqlanadi. Masalan: 

 


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling