Q o‘llanilishi Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit,


Download 1.36 Mb.
bet2/7
Sana14.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1677733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DORI

A ZITROMISIN


Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda:

  • Yuqori nafas yo‘llarining va LOR a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit);

  • Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, bronxit);

  • Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infisirlangan dermatozlar);

  • Chlamydia trachomatis chaqirgan urogenital yo‘llarining infeksiyalari, (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit);

  • Layma kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans);

  • Me‘da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta.
Kattalarga va 12 yoshdan oshgan va tana vazni 45 kg dan katta bolalarga:

  • nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining, LOR-a‘zolarining infeksiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida (surunkali migrasiyalanuvchi eritemadan tashqari) – sutkada 500 mg dan 1 qabulda, 3 kun davomida (kurslik doza – 1,5 g);

  • siydik–jinsiy a‘zolarining o‘tkir infeksiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki servisit) – bir marta 1 g buyuriladi;

  • Laym (borrelioz) kasalligida I bosqichni davolash uchun (erythema migrans) – birinchi kuni 1 g va 500 mg dan har kuni 2 kundan 5 kungacha (kurs dozasi – 3 g);

  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalligida – sutkada 1 g dan majmuaviy antixelikobakter davolashning tarkibida 3 kun davomida, davolash davomiyligi shifokor qarori bo‘yicha belgilanadi.

R IFAMPITSIN


  • Farmakologik ta‘siri

  • Keng ta‘sir doirasiga ega yarim sintetik antibiotik bo‘lib, tuberkulyozga qarshi I qator dori vositasi hisoblanadi. Kichik konsentrasiyalarda Mycobacterium tuberculosis, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Rickettsia typhi, Mycobacterium leprae ga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi; yuqori konsentrasiyalarda ba‘zi grammanfiy mikroorganizmlarga: Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae grammusbat organizmlar: Staphylococcus spp.(shu jumladan penisillinazani hosil kiluvchilar va metisillinga chidamli ko‘pchilik shtammlari), Streptococcus spp., Clostridium spp., Bacillus antracis ga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Hujayra ichida va hujayradan tashqarida joylashgan mikroorganizmlarga nisbatan faol.

  • Mikroorganizmlarning DNK ga bog‘liq RNK-polimerazasi bostiradi. Preparat bilan monoterapiya o‘tkazilganda rifampisinga rezistent bakteriyalarning seleksiyasi tez kuzatiladi. Boshqa antibiotiklar bilan (qolgan rifampisinlardan tashqari) kesishgan chidamlilik rivojlanmaydi.

  • Qo‘llanilishi

  • Tuberkulyoz (barcha shakllari) – majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi. Moxov (dapson bilan majmuada — kasallikning multibasillyar turlari). Sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infeksion kasalliklar (boshqa antibiotiklarga chidamlilik bo‘lgan xollarda va mikroblarga qarshi majmuaviy davolash tarkibida; tuberkulyoz va moxov tashxisi istisno qilinganidan so‘ng). Brusellez – tetrasiklinlar guruxi (doksisiklin) antibiotiki bilan majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

  • Meningokokkli menigit (meningokokkli meningit bilan kasallanganlar bilan yaqin kontaktda bo‘lgan shaxslarda oldini olish uchun; Neisseria meningitides basillalarini tashuvchilarda qo‘llanadi.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling