‘q trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)ning hosil bo‘lishi. O‘qning teshib o‘tish va shikastlash ta’siri. To‘g‘ri o‘q otish va uning ahamiyati. Yashirin joy, o‘q tegadigan (shikastlantiradigan) maydon va o‘q tegmaydigan maydon
Download 46.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashirin joy, o ‘q tegadigan (shikastlantiradigan) maydon va o ‘q tegmaydigan maydon
O‘qning teshib o‘tish va shikastlash ta’siri
O‘qning teshib o‘tishi, to‘siq va yashirin joylarning yo‘g‘onligi, qalin-ligi bilan mustahkamligiga bog‘liqdir. O‘qning o‘ldirish holati — tirik organizmda o‘q harakatlanib, safdan chiqarishga olib kelishi bilan birga tirik organizmda kinetik quvvatning singishi oqibatida uning kiyimlari hamda hayotiy organlarining shikastlanishiga olib keladi. Kinetik quvvat insonning hech qanday maxsus kiyimi bo‘lmagan taqdirda ham uning asosiy hayotiy organlarini hech bo‘lmaganda 8 kgs/sm2 (78,5 j) miqdorda shikastlaydi. To‘g‘ri o‘q otish va uning ahamiyati O‘qning nishonga borib tegishi davomida uning o‘ldirish holati va teshib o‘tishi, uning og‘irligiga va tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Amaliyotda o‘qning o‘ldirish holati uning havodagi eng so‘nggi masofagacha harakatlanishi to‘g‘ri otish deyiladi Amaliyotda buning qo‘llanish jarayoni eng tig‘iz damlarda mo‘ljalga qo‘ymay otish holatidir. Bunday holatda mo‘ljalga otish nuqtasi baland-ligiga nishon namunasidan pastroqqa mo‘ljallanadi. To‘g‘ri otish uslubi masofadagi nishon balandligiga hamda o‘qning yer bag‘irlab ketgan trayektoriyasiga ham bog‘liqdir. Nishon qancha yuqori bo‘lsa, o‘qning to‘g‘ri otish masofasiga harakatlanishi ham shuncha katta bo‘ladi. Mo‘ljalga olishda birinchi navbatda uzoqdagi nishon tezroq shikastlantirilsa, bu vaziyatda dushmanga javob o‘qi otishga imkon berilmaydi. Yashirin joy, o‘q tegadigan (shikastlantiradigan) maydon va o‘q tegmaydigan maydon Yashirin joylashgan, o‘q teshib o‘tolmaydigan berkitilgan joylarni, cho‘qqisidan tortib otish nuqtasigacha bo‘lgan maydon berkitilgan maydon deyiladi. Yuqori joylashtirilgan yashirin joy o‘qning yer bag‘irlab ketgan trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)dagi mo‘ljal nishonlarini shikastlantira olmasa, o‘lik (shikastlantirilmagan) maydon deyiladi. Yashirin pana joylar yuqori balandlikda joylashgan bo‘lsa, mo‘ljalga olish balandligi pastroq bo‘lib, o‘qning trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li) ravon bo‘ladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, berkitilgan o‘lik maydonlarda dushman o‘qlaridan epchillik bilan himoyalanish lozim bo‘ladi. Berkitilgan maydonlarning yana bir qismida nishon shikastlantirilsa, shikastlantirilgan maydon masofasini tashkil etadi. Bu holatda trayektoriya (harakatlanish yo‘li) tarmog‘ining pasayishi mo‘ljal balandligini o‘zgartirmaydi. Shikastlangan maydonlarda mo‘ljal balandligi yer bag‘irlab ketgan trayektoriya (harakatlanish yo‘li)ga burchak og‘ishi ham bog‘liqdir. Uning amaliyotdagi ahamiyati shundaki, mo‘ljalga olish nuqtasining nishongacha bo‘lgan katta tomonlardagi masofalari o‘lchashdagi aha-miyatsizlik o‘rinsiz xatolarni keltirib chiqaradi. Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling