Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

Solishtirma 
halokatlilik 
ko‘rsatkichi
YTH 
biron-bir 
absolyut 
ko‘rsatkichidan boshqa YTH qancha qismini tashkil qilishi tushuniladi va odatda 
foiz ko‘rsatkichida keltiriladi. Masalan, jami YTH sonidan to‘ntarilish 
(to‘qnashish, piyodalarni bosib ketish yoki YTH halok bo‘lganlar, jarohat 
ko‘rganlar va h.k.) necha foizni tashkil qiladi. 
O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida YTHning solishtirma avariyalik 
ko‘rsatkichiga yaqqol misol qilib 2007 yilda jami YTHni 11,3 % piyodalar aybi 
bilan bo‘lganligini aytish joiz. 


19 
YTHni tahlil qilishning sifat usuli hodisalarning nima sababdan vujudga 
kelganini aniqlashga qaratiladi. Bu usul bilan yo‘l harakatini tashkil etuvchilar 
«avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit» tizimidagi elementlarning qaysi 
birining aybi bilan yoki birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan YTHni tahlil 
qilish odat tusiga kirgan. Masalan, avtomobil yo‘lining ma’lum chorraha bo‘lagida 
yo‘l sharoitiga bog‘liq ravishda YTH vujudga kelishi, unda piyodalarning o‘rni 
yoki ma’lum yoshdagi haydovchilar sodir etadigan YTH turi, vaqti va h.k. 
Yo‘l-transport hodisalarining vujudga kelish joylarini aniq ko‘rsatish uchun 
topografik usuldan foydalaniladi. Hozirda asosan uch turdagi topografik tahlil 
o‘tkaziladi: xaritada, chiziqli grafikda (yo‘l-ko‘cha bo‘yicha) va masshtabli 
sxemada. 
Shahar, tuman yoki viloyatning masshtabli xaritasida bir yoki bir necha 
yillar ichida sodir etilgan YTHni ko‘cha-yo‘l, maydonlarda aniq joylarini shartli 
belgilar yordamida ko‘rsatiladi. Bunday YTH xaritasi yordamida YTHni ko‘p 
bo‘ladigan joyi, turi, vaqti va hokazolar aniqlanib, ularni tahlil qilish natijalariga 
tayangan holda harakat xavfsizligini oshirish borasida aniq tadbirlar belgilanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling