Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- XAVFSIZLIK KOEFFITSIYENTI USULI BILAN ANIQLASH Tayanch so‘zlar va iboralar
31 3-bob. YO‘L SHAROITI KO‘RSATKICHLARINI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI 3.1. YO‘LNING HARAKATLANISH UCHUN XAVFLI BO‘LAGINI XAVFSIZLIK KOEFFITSIYENTI USULI BILAN ANIQLASH Tayanch so‘zlar va iboralar: xavfsizlik koeffitsiyenti; yo‘l bo‘laklari; ta’sir mintaqasi, statistika usuli; ziddiyatli vaziyat. Avtomobil yo‘lining harakatlanish uchun xavflilik darajasini aniqlash yo‘ldan foydalanishda, harakatni to‘g‘ri tashkil qilishda, shuningdek, harakat xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo‘lni ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda avtomobilning xavfli bo‘laklarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: xavfsizlik koeffitsiyenti; halokatlilik koeffitsiyenti; yth statistikasi; ziddiyatli vaziyat. Yo‘lning transportdan foydalanish sifatini va harakat xavfsizligini baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezilarli ta’sir qiluvchi yo‘l qismlari yoki uning alohida bo‘laklarini aniqlashdan iborat. bunday joylarda asosan yo‘l-transport hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi. Harakat xavfsizligi jihatidan yo‘l bo‘laklarini baholash usullaridan biri prof. V.F.Babkov (3) tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik koeffitsiyentidir. Xavfsizlik koeffitsiyenti deb yo‘lning aniq bir qismidagi harakat tezligining ( ) КИС V shu qismga kirib kelishdagi eng yuqori tezlikka nisbatiga aytiladi, КИР V : КИР КИС Х V V К / = ; (3.1) Xavfsizlik koeffitsiyenti yordamida yo‘lning xavfli bo‘lagini aniqlash uchun xavfsizlik koeffitsiyenti grafigi quriladi. Buning uchun tekshirilayotgan yo‘ldagi harakat tezligining chiziqli o‘zgarishi chiziladi. Uni yakka holda harakatlanayotgan yengil avtomobilning nazariy tezligini hisoblash yoki maxsus jihozlangan laboratoriya avtomobilini yo‘ldan tajribaviy o‘tkazish orqali aniqlanadi. Tezlik to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida tekshirilayotgan yo‘lning xavfsizlik koeffitsiyenti qiymatining o‘zgarish grafigi quriladi (3.1-rasm). Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘laklarini xavfsizlik koeffitsiyenti bilan aniqlanganda 3.1-jadvaldagi qiymatlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich tezlik va tezlanishlar kuzatish yoki avtomobil-laboratoriya yordamida aniqlanadi. Yangi yo‘l loyiha qilinayotganda xavfsizlik koeffitsiyenti qiymati 0,8 dan kichik bo‘lishi mumkin emas. Ta’mirlash yoki qayta ta’mirlash loyihalarida yo‘l 32 bo‘laklaridagi kuzatiladigan tezlikka bog‘liq ravishda 3.1-jadvalda keltirilgan xavfsizlik koeffitsiyentlarining qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak. 3.1-rasm. Xavfsizlik koeffitsiyenti grafigi. 33 3.1-jadval XAVFSIZLIK KOEFFITSIYENTLARI 0,4 0,4-0,6 0,6-0,8 0,8 YO‘L BO‘LAGINING XAVFLILIK DARAJASI JUDA XAVFLI XAVFLI KAM XAVFLI AMALDA XAVFSIZ Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling