Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

 
 
 
 
 
 


31 
3-bob. YO‘L SHAROITI KO‘RSATKICHLARINI HARAKAT 
XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI 
 
3.1. YO‘LNING HARAKATLANISH UCHUN XAVFLI BO‘LAGINI 
XAVFSIZLIK KOEFFITSIYENTI USULI BILAN ANIQLASH 
Tayanch so‘zlar va iboralar: xavfsizlik koeffitsiyenti; yo‘l bo‘laklari; ta’sir 
mintaqasi, statistika usuliziddiyatli vaziyat. 
 
Avtomobil yo‘lining harakatlanish uchun xavflilik darajasini aniqlash 
yo‘ldan foydalanishda, harakatni to‘g‘ri tashkil qilishda, shuningdek, harakat 
xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo‘lni 
ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. 
Hozirgi paytda avtomobilning xavfli bo‘laklarini aniqlashda quyidagi 
usullardan foydalaniladi: xavfsizlik koeffitsiyenti; halokatlilik koeffitsiyenti; yth 
statistikasiziddiyatli vaziyat
Yo‘lning transportdan foydalanish sifatini va harakat xavfsizligini 
baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezilarli ta’sir 
qiluvchi yo‘l qismlari yoki uning alohida bo‘laklarini aniqlashdan iborat. bunday 
joylarda asosan yo‘l-transport hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi. 
Harakat xavfsizligi jihatidan yo‘l bo‘laklarini baholash usullaridan biri prof. 
V.F.Babkov (3) tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik koeffitsiyentidir
Xavfsizlik koeffitsiyenti deb yo‘lning aniq bir qismidagi harakat tezligining 
( )
КИС
V
shu qismga kirib kelishdagi eng yuqori tezlikka nisbatiga aytiladi, 
КИР
V

КИР
КИС
Х
V
V
К
/
=
; (3.1) 
Xavfsizlik koeffitsiyenti yordamida yo‘lning xavfli bo‘lagini aniqlash 
uchun xavfsizlik koeffitsiyenti grafigi quriladi. Buning uchun tekshirilayotgan 
yo‘ldagi harakat tezligining chiziqli o‘zgarishi chiziladi. Uni yakka holda 
harakatlanayotgan yengil avtomobilning nazariy tezligini hisoblash yoki maxsus 
jihozlangan laboratoriya avtomobilini yo‘ldan tajribaviy o‘tkazish orqali 
aniqlanadi. Tezlik to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida tekshirilayotgan 
yo‘lning xavfsizlik koeffitsiyenti qiymatining o‘zgarish grafigi quriladi (3.1-rasm). 
Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘laklarini xavfsizlik koeffitsiyenti bilan 
aniqlanganda 3.1-jadvaldagi qiymatlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich tezlik va 
tezlanishlar kuzatish yoki avtomobil-laboratoriya yordamida aniqlanadi. 
Yangi yo‘l loyiha qilinayotganda xavfsizlik koeffitsiyenti qiymati 0,8 dan 
kichik bo‘lishi mumkin emas. Ta’mirlash yoki qayta ta’mirlash loyihalarida yo‘l 


32 
bo‘laklaridagi kuzatiladigan tezlikka bog‘liq ravishda 3.1-jadvalda keltirilgan 
xavfsizlik koeffitsiyentlarining qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak. 
3.1-rasm. Xavfsizlik koeffitsiyenti grafigi. 


33 
3.1-jadval 
XAVFSIZLIK 
KOEFFITSIYENTLARI 

0,4 
0,4-0,6 
0,6-0,8 

0,8 
YO‘L BO‘LAGINING 
XAVFLILIK 
DARAJASI 
JUDA 
XAVFLI 
XAVFLI 
KAM XAVFLI 
AMALDA 
XAVFSIZ 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling