Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
42 3.3 YO‘LDAGI XAVFLI JOYLARNI STATISTIK USULDA ANIQLASH Tayanch so‘zlar va iboralar: statistika ma’lumoti;tezkor usul; xavflilik darajasi; xavfli bo‘lak; 3 yillik ma’lumot; aniq masofa. Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘lagini aniqlashda tezkor usullardan biri YTHning statistika ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Buning uchun quyida keltiriladigan mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. Biror-bir yo‘l bo‘lagida (300 metrgacha) hisobot davrida (5 yilgacha) 3 ta va undan ko‘p YTH qayd qilinsa, unda bunday yo‘l bo‘lagi statistika ma’lumotiga ko‘ra xavfli hisoblanadi. 2. YTHning minimal soniga va yo‘l bo‘lagining uzunligiga asoslanib, YTHning ko‘p yillik ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutida [2] xavfli yo‘l bo‘laklarini topish bo‘yicha quyidagi (3.6- jadval) ko‘rsatkichlar aniqlandi. 3. Biron-bir yo‘l bo‘lagida (100 m - 1000 m masofagacha) 4 yil ichida 10 va undan ko‘p YTH qayd qilingan bo‘lsa, unda bunday yo‘l bo‘lagi xavfli deb hisoblanadi. Statistika usulini amalda qo‘llash uchun YTH hisobga olganda sodir bo‘lgan yo‘l bo‘lagining aniq masofasi ko‘rsatilishi zarur. Afsuski, aksariyat YTH tahlil qilinganda ularning qanday kilometrda sodir etilgani ko‘rsatiladi. Masalan, Toshkent-Qo‘qon avtomobil yo‘lining 22 kmda deb ko‘rsatiladi yoki biron bir jamoa xo‘jaligi hududida bo‘lganligi qayd qilinadi. Lekin yo‘lning aniq qaysi piketida bo‘lganligi ko‘rsatilmaydi. 3.6-jadval 1 km yo‘lga to‘g‘ri keladigan 3 yil davrdagi YTHning o‘rtacha soni Yo‘l bo‘lagini xavfli deyish uchun minimal YTH soni, yo‘l bo‘lagining uzunligi, km 1 km yo‘lga to‘g‘ri keladigan 3 yil davrdagi YTHning o‘rtacha soni Yo‘l bo‘lagini xavfli deyish uchun minimal YTH soni, yo‘l bo‘lagining uzunligi, km 2 gacha 0,2-0,5 0,5-1 2 gacha 0,2-0,5 0,5-1 1 - 2 3 8-10 5 7 12 1-2 2 3 4 11-13 6 9 17 3-4 3 5 6 14-16 7 10 22 5-7 4 6 8 Shu sababli YTH sodir etilgan joy to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘linmaydi, natijada yo‘lning xavfli bo‘laklarini statistik usul bilan aniqlab 43 bo‘lmaydi. Bundan tashqari statistik usulni qo‘llashda quyidagi kamchiliklar mavjud: - Loyihalanayotgan yo‘lning xavfli bo‘lagini baholab bo‘lmaydi; - Harakat xavfsizligi tahlili YTHning o‘rtacha soni hisobidan o‘tkaziladi; - YTH vaqt bo‘yicha notekis bo‘linadi, ayrim hollarda xavfli yo‘l bo‘laklarida hodisalar qayd qilinmaydi va aksincha, kam xavfli joylarda hodisalar ko‘p sodir etiladi. Shuning uchun harakat xavfsizligini to‘g‘ri tahlil qilishda kamida 3 yillik YTH ma’lumotidan foydalanish zarur; - Yo‘lning xavfli bo‘lagini ma’lum daraja aniqlik bilan topilgandan so‘ng, bu usul yordamida belgilangan ishlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling