Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

Yo‘naltiruvchi qurilmalar avtomobil yo‘llarida keng foydalaniladi. 
Yo‘naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi: 

yo‘naltiruvchi ustunchalar; 

sun’iy yoritgichli tumbalar; 

xavfsizlik orolchalari. 
Agarda ularga yo‘l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plyonkalar 
yopishtirilgan bo‘lsa, yo‘naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo‘l 
to‘siqlari ham bajarishi mumkin. 
Yo‘naltiruvchi qurilmalar yo‘l yoqasining chetini, xavfli to‘siqlarni kechasi 
va yomon sharoitlarda ko‘rinishini ta’minlashi uchun qo‘llaniladi. 


58 
Yo‘naltiruvchi 
ustunchalar 
avtomobil 
yo‘llarining 
yoritilmaydigan 
uchastkalarida yo‘l to‘siqlari o‘rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda 
o‘rnatiladi
1. Bo‘ylama kesimdagi egri uchastkalarga yaqinlashish joylarida ko‘tarmaning 
balandligi 2 m dan oshmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut.dan ko‘p bo‘lganda 
yo‘lning har ikki tomoniga 3 tadan yo‘naltiruvchi ustuncha qo‘yilib, ularning orasi 
10-50 m qabul qilinadi.
 
2. Yo‘lning to‘g‘ri uchastkasida ko‘tarmaning balandligi 2 m dan kam 
bo‘lmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut dan ko‘p bo‘lgan joylarda 
yo‘naltiruvchi ustunchalarning orasi 50 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi 
plyonka yopishtirilmagan bo‘lsa) yoki 100 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi 
plyonka yopishtirilgan bo‘lsa) belgilanadi. 
3. Rejadagi egri uchastka oldidan har ikki tomonida uchtadan va egrilikning 
o‘zida radiusning o‘zgarishiga qarab yo‘naltiruvchi ustunchalar
 
4. Chorrahadagi egri uchastkalarda. 
5. Avtomobil yo‘li botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 1-2 m 
bo‘lganda) parallel joylashgan joylarda yo‘naltiruvchi ustunchalarni har 10 m 
masofada o‘rnatiladi. 
6. Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning har ikkala tomonidan 10 m masofada 
yo‘lning ikki tarafiga 3 tadan. 
7. Suv o‘tkazgich quvurlarning o‘qi bo‘yicha yo‘lning ikki tarafiga bittadan 
(agarda quvurning diametri 1,5 m dan kam bo‘lsa) va 3 tadan har ikki tomonga 
(agarda quvurning diametri 1,5 m dan katta bo‘lsa) har 10 m masofada 
yo‘naltiruvchi ustunchalar joylashtiriladi. 
Yo‘naltiruvchi ustunchalar yo‘l yoqasining chetidan 0,35 m dan kam 
bo‘lmagan masofada va yo‘l qatnov qismining chetidan 0,75 m dan kam 
bo‘lmagan masofada yo‘l yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,750,8 m 
belgilanadi (4.5-rasm). 
4.5-rasm. Yo‘naltiruvchi ustunchalarni yo‘lning ko‘ndalang kesimida o‘rnatish
min 0.75
min 0.35
100
0.
75
-0
.8
m


59 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling