Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Birinchi guruhga «barer» konstruksiyali


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

Birinchi guruhga «barer» konstruksiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo‘lmagan) 
va devorsimon («parapet» shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan) yo‘l 
to‘siqlari kiradi. Bu guruhdagi to‘siqlar transport vositalarini yo‘l poyida, 
ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi 
tomondan harakatlanayotgan transport vositalari to‘qnashuvining oldini olish 
hamda yo‘l mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko‘prik 
tayanchlari, daraxtlar va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o‘rnatiladi. 
Ikkinchi guruh to‘siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 
m) kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning 
yo‘l qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi
Yo‘l to‘siqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va og‘irlik 
darajalarini pasaytirish bilan birgalikda, to‘siqlarni o‘ziga kelib urilishi natijasida 
transport vositalarining ishdan chiqishiga, xatto odamlarning o‘limiga ham 
sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha yo‘l to‘siqlari o‘rniga 
xavfsizlikni ta’minlashning boshqa yo‘llarini o‘ylash kerak. Masalan, egrilik 
radiusini kattalashtirish, ko‘tarma balandligini pasaytirish, yo‘l poyining yon 
qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun yer osti yoki usti yo‘lakchalarini qurish, 
yo‘l mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish. 
Yo‘l to‘siqlari mustahkam, egiluvchan, sutkaning har qanday vaqtida 
ko‘rinuvchan, almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lishi kerak. 
Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari I-IV darajali avtomobil yo‘llarining yoqasida 
quyidagi hollarda o‘rnatiladi. 
1. Yo‘l poyi ko‘tarmadan o‘tib, uning yon qiyaliklari 1:3 va undan tik bo‘lsa 
(4.6-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga qaralsin). 
4.6-jadval
№ 
Avtomobil yo‘llarining uchastkalari 
Bo‘ylama 
nishablik, % 
Ko‘tarmaning 
balandligi, m 
1. 
To‘g‘ri uchastkalar va rejadagi egrilikning radiusi 
600 m katta 
40 gacha 
3,0 

Xuddi shunday joylar 
40 va ko‘p 
2,5 
3. 
Botiq egriliklarga kelib tutashayotgan 
nishablikning algebraik farqi 50 % va undan ko‘p 

2,5 
4. 
Tik tushish joylarida yoki undan keyin rejadagi 
egrilikning radiusi 600 m kam bo‘lgan 
uchastkalarda egrilikning tashqi tomoni 
40 va undan 
ko‘p 
2,0 


56 
2. Temir yo‘l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2 m va 
undan ko‘p bo‘lganda), jarlarga va tog‘ daralariga oraliq masofa yo‘lning qatnov 
qismi chetidan 25 m va undan kam bo‘lgan hollarda, yo‘l parallel o‘tgan joylarda. 
Bunda kelajakdagi keltirilgan harakat miqdori 4000 avt/sut.dan kam bo‘lmasligi 
kerak. Agarda bu ko‘rsatkich 4000 avt/sut.dan kam bo‘lsa, unda yo‘lning qatnov 
qismi chetidan ko‘rsatilgan xavfli joylargacha 15 m masofada parallel o‘tgan 
joylarda. 
3. Har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda. 
4. Rejada yo‘lning yo‘nalishi o‘zgarib, ko‘rinishi ta’minlanmagan 
uchastkalarda. 
5. Ajratish polosalarida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda. 
Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida yo‘l poyining chetidan 0,5 m 
masofadan kam bo‘lmagan va 0,85 m dan ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling