Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

to‘sig‘ining bikrligiga qarab joylashtiriladi. 
Yo‘l to‘siqlarining bikrligi (jyostkost) bo‘yicha ishlashiga qarab qattiq, 
yarim qattiq va elastik turlari bo‘linadi
Qattiq yo‘l to‘siqlariga temir-beton bruslari, beton va tabiiy toshlardan 
ishlangan devorsimon to‘siqlar kiradi (4.4a -rasm). 
Yarim qattiq yo‘l to‘siqlariga har xil profildagi metallardan yasalgan 
to‘siqlar kiradi (4.4b-rasm). Bu turdagi to‘siqlar boshqa to‘siqlarga nisbatan 
birmuncha 
afzalliklarga 
ega. 
Bularga 
egiluvchanligi, 
yengilligi, 
tez 
ta’mirlanishi, transport vositalarini kam shikastlantirishi kiradi. Chet el 
amaliyotida yarim qattiq yo‘l to‘siqlari eng katta o‘rinni egallaydi. 
4.4-rasm. Birinchi guruh to‘siq turlari. 
a) devorsimon; b) barersimon; v) barersimon tros bilan. 


57 
Elastik yo‘l to‘siqlariga trosli barersimon to‘siqlar kiradi. Ular qorong‘i 
vaqtda yomon ko‘rinadi, transport vositasi katta burchak ostida kelib urilsa, uni 
yo‘lning qatnov qismiga otib yuborishi mumkin, agarda kichik burchak ostida 
urilsa, sidirilib borib to‘siq tayanchiga urilishi mumkin. Shu kamchiliklarini ko‘zda 
tutib ShNQ 2.05.02-07 me’yoriy ko‘rsatmasida trosli barersimon to‘siqlarning I-II 
darajali yo‘llarda qo‘llanishi ta’qiqlangan
Devorsimon yo‘l to‘siqlarining alohida blok shaklida oralarini ochib 
qo‘llanishi ta’qiqlanadi
Yo‘l to‘siqlari sifatida eski pokrishkalarni va yog‘ochlardan ishlangan 
to‘siqlarni III va IV daraja yo‘llarida ishlatilishi mumkin. 
Ikkinchi guruh yo‘l to‘siqlari metall va sintetik quvurlardan, setkalardan 
yasalab, quyidagi joylarga o‘rnatiladi
1. I darajali yo‘llar avtobus to‘xtash joylarining butun uzunasi bo‘yicha va 
ikki tomoniga 20 m masofa uzunligida ajratuvchi polosada. 
2. Transport tonnellarida trotuarning bitta polosasida piyodalarning harakat 
miqdori 100 odam/soatdan ko‘p bo‘lsa, panjarasimon to‘siq trotuar yonida 
o‘rnatiladi. 
3. Svetofor bilan boshqariladigan piyodalar o‘tish joylarida yo‘lning ikki 
tomonida 50 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘tish joyining ikki tarafiga 
panjarasimon to‘siq joylashtiriladi. 
4. Yer osti va yer usti piyodalar o‘tish joylarida piyodalarning betartib 
harakatini to‘xtatish uchun shunday harakatlar bo‘ladigan joyda 50-100 m 
masofada balandligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan panjarasimon to‘siqlarni yo‘lning 
ikki yoqasiga yoki ajratuvchi polosaga o‘rnatish ko‘zda tutiladi. 
5. Aholi yashaydigan joylarda va «qo‘riqxona» mintaqalarida uy yoki 
yovvoyi hayvonlarning yo‘l qatnov qismiga chiqishini yo‘qotish uchun yo‘l 
yoqasiga setkadan yasalgan to‘siqlar joylashtiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling