17
4.
Kanada
2,0
-
16.
Ukraina
15,8
-
5.
Isroil
2,1
5,4
17.
Moldaviya
16,7
22,0
6.
Germaniya
2,2
4,7
18.
Rossiya
17,6
28,0
7.
Shve
t
sariya
2,6
4,0
19.
Estoniya
18,7
27,0
8.
Belgiya
2,7
3,3
20.
Qozog‘iston
20,0
39,9
9.
Avstriya
2,8
4,6
21.
O‘zbekiston
20,0
-
10.
Italiya
3,3
7,6
22.
Armaniston
23,0
33,2
11.
Niderlandiya
10,3
13,9
2.2. YO‘L-TRANSPORT HODISALARINI TAHLIL QILISHNING
ASOSIY VAZIFALARI VA USULLARI
Tayanch so‘zlar va iboralar: yo‘l-transport hodisalari tahlili; miqdoriy
tahlil; sifat tahlili; topografik tahlil; halokatlarning absolyut ko‘rsatkichlari;
nisbiy halokatlik ko‘rsatkichlar; solishtirma halokatlik ko‘rsatkichlari; masshtabli
xarita; chiziqli grafik; masshtabli sxema.
Harakat xavfsizligini tashkil etish uchun aniq tadbirlar
belgilashda asosiy
tayanch ko‘rsatma sifatida YTHni har taraflama chuqur obektiv tahlil qilish
natijalaridan olingan xulosalardan foydalaniladi.
YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi:
- harakat xavfsizligiga taalluqli «avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit»
tizimiga kiruvchi har bir omilning faoliyatiga tegishli
tadbir va choralar ishlab
chiqish uchun;
-
biron-bir
boshqaruv
hududidagi,
vazirliklardagi
va
ularning
korxonalaridagi falokatlar ahvolini, o‘zgarish mohiyatini
hamda istiqboldagi
o‘zgarishini bashorat qilish maqsadida;
- YTHning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida
tuziladigan ko‘rsatmalarni ishlab chiqish uchun;
- YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini aniqlash maqsadida;
- bitta yoki bir nechta bir xil YTHning vujudga
kelish sabablarini aniqlash
uchun;
- YTHni tahlil qilish uchun universal dastur tuzish maqsadida.
Maqsad va vazifalariga qarab YTHni tahlil qilishning
miqdoriy,
sifat va
topografik usullari mavjud. YTHni miqdoriy
usul bilan tahlil qilishda
halokatlarning absolyut, nisbiy va solishtirma ko‘rsatkichlari o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: