Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
1.3 HARAKATNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA
ME’YORIY HUJJATLAR Tayanch so‘zlar va iboralar: qonun; me’yoriy hujjatlar; yo‘l; yo‘l harakati; harakat qatnashchisi; yo‘l-transport hodisasi; davlat namunasi; ShNQ; MQN; O‘zDst; konvensiya. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yo‘llarda harakatni amalga oshirish, xavfsizlikni ta’minlash jarayonida vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Harakat 9 xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishdagi me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (2013 yil 10 aprel O‘zbekiston Respublikasi 348-sonli qonuni), harakat xavfsizligining huquqiy mezonini ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bu qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, atrof-muhitni himoya etishga qaratilgan. Qonun quyidagi 31 moddadan tashkil topgan: Qonuning maqsadi; asosiy tushunchalar; qonun hujjatlari; davlat boshqaruvi; (Vazirlar Mahkamasi, Hokimiyatlar, transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, ichki ishlar vazirligi) soha vakolatlari; transport vositalari egalarining majburiyatlari; yo‘llarga doir talablar; transport vositalariga doir talablar; transport vositalaridan foydalanuvchilarga talablar; yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash; tashkil etish; yo‘l harakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari; transport vositalarini boshqarish huquqi; haydovchilarni tayyorlashga doir talablar; boshqarish huquqining bekor qilinishi; qonun buzganlik uchun javobgarlik. Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qabul qilingan: Yo‘l – transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalanishga yer mintaqasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi; Yo‘l harakati – odamlar va yuklarni transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui; Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling