Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA “AVTOMOBIL-YO‘L-


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

1.2 YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA “AVTOMOBIL-YO‘L-
HAYDOVCHI-PIYODA - MUHIT” TIZIMINING 
O‘ZARO BOG‘LIQLIGI 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Avtomobil; haydovchi; yo‘l; piyoda; 
avtomobil- haydovchi; haydovchi - yo‘l; avtomobil - piyoda; yo‘l – piyoda; yo‘l – 
piyoda; harakat – muhit. 
 
Avtomobil yo‘llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi 
mexanik va mexanik bo‘lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki 
harakatda bo‘lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim 
mavjuddir. Bu tizim yo‘l harakati deb ataladi.
Yo‘l harakatining muammolari va maxsus tomonlari, eng avvalo
“avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda” tizimi orqali belgilanadi. Ular o‘z navbatida 
atrof-muhitda faoliyat ko‘rsatadilar (1.1- rasm). 
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
1.1-rasm “Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda - muhit” tizimi 
Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A (avtomobil), H (haydovchi), Y 
(yo‘l), P (piyoda), M (muhit). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko‘rsatibgina 
qolmasdan, atrof-muhit bilan ularning har biri chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Muhit 
deb atrof-muhitning yo‘l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri tushuniladi 
va u quyidagi omillardan tashkil topadi: 1) ob-havo (metrologik ko‘rinish, 
yog‘ingarchilik, shamol, harorat); tabiiy landshaft (tekislik, qir-adirlar, tog‘lik, yer 
АHYP 
YP 
АP 
AH 
HY 


А 

Harakat muhiti 
муҳити
муҳити 



osti-usti suvlari va h.k.); mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan 
ifloslanganlik va h.k.) “A-H-Y-P-M” tizimida mexanik “Avtomobil-yo‘l” (A-Y) va 
biomexanik “Haydovchi avtomobil” (H-A), “Haydovchi-yo‘l” (H-Y), “Piyoda-
avtomobil” (P-A) va “Piyoda-yo‘l” (P-Y) hamda biologik “Haydovchi-piyoda” 
(H-P) tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
“A-Y-H-P-M” tizimi optimal ravishda faoliyat ko‘rsatishda tizimdagi 
avtomobil, haydovchi, yo‘l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarining alohida hamda 
ularning birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P, A-P va boshqa tasniflari katta ahamiyatga 
ega. 
Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) yo‘l 
harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik 
o‘lchamlari tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va 
yengil boshqarilishi muhim o‘rin egallaydi. 
Avtomobil yo‘li “A-Y-H-P-M” tizimi faoliyatiga o‘zining geometrik 
elementlari o‘lchamlari va transport-ekspluatatsion sifatining o‘zgarishi orqali 
ta’sir etadi.
Yo‘l harakati xavfsizligi eng avvalo haydovchining ishonchliligiga, uning 
tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog‘liq. 
Piyodalar yo‘l harakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘l harakati 
qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida 
harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi.
Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda “A-H-Y-P-M” tizimdagi har bir 
tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini 
optimallashtirish orqali erishish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling