Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X
5.3.2. DETALL SIRTINI PLASTIK
DEFORMATSIYALASH Detal ishchi yuzalari plastik deformatsiyalanganda sirt qatlam qattiqligi va mustahkamligi hamda yeyilishga chidamliligi ortadi. Bu usul ayniqsa, plastik va nisbatan yumshoq po'latlarda yaxshi natija beradi. Olmosli ishlovda po'lat, rangli metall va qotishmalarni sirt g‘adir- budirligi Raq 0,63-0,04 pishiqtirilgan qatlam qalinligi 0,01—0,2 mm qoldiq kuchlanish 3—7 MPa, bo‘lib, qattiqligi esa 1,3—1,6 marta ortadi. Olmos m o‘rt bo‘lganligi uchun uzlukli sirtlarga qo‘llash tav- siya etilmaydi. Silindrik sirtlar, galtellar, tekis va shakldor sirtlarni jilvirlash va rolikda ezish yo‘li bilan yeyilishga chidamliligi oshiriladi. Titratib ezish yo‘li bilan tutash yuzada moy miqdorini oshirishga (moylanadigan qismlarda) yoki aksincha, tutash sirt yuzasini kamay- tirish (moylanmaydigan qismlarda)ga erishish mumkin. Bu usulda sirt g'adir-budirligi Ra 1,25-0,04 oraliqda, qattiq qatlam 1,0—20 m m qalinlikda, qoldiq kuchlanish 6—8 M Pa bo'lib, qattiqlik 1,2—1.5 marta ortadi. Sharchalar bilan urib ezish natijasida ham sirtda g‘adir-budirlik 1—2 sinf yuqorilashadi. qattiqlik 15—60 %ga ortadi. 4—8 mPa kuch lanish hosil bo'ladi va pishiqtirilgan qatlam qalinligi 0,3—1 m m bo‘- ladi. Detal sirtiga elektrodni eritib qoplash yo‘li bilan ham yuzining yeyilishga chidamliligini oshirish hamda yeyilgan detallarni tiklab ishlash muddatini uzaytirish mumkin. Gazda eritib qoplash 35, 40 va 45 markali ham da kam va o ‘rta uglerodli po‘lat detallar uchun qo‘llaniladi. Qoplangan eritma qa- linligi detaining ish sharoitiga qarab 0,25—5 mm gacha bo'ladi. Elek- trodni eritib qoplash asosan yeyilgan detallarni tiklash uchun qo‘lla- niladi. Gazli va elektron yoyli qoplash usullaridan tashqari elektr shlakli, tebranma yoyli usullardan foydalaniladi. Bulardan tashqari yeyilishga chidamli qatlam sirtiga gazli, elektr va so‘nggi davrda istiqbolli hisoblanayotgan plazmali metallash yo‘li bilan ham qoplanadi. Bu hamda sirtni xromlash, ta ’mirlash, nikellash va oksidlash to ‘g‘risidagi batafsil m a’lumotlar mashinalarni ta ’m ir lash asoslari fanidan yozilgan ma’ruza matnlarida keltirilgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling