Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- -LABORATORIYA ISHI
5.4.4. TRIBOTEXNIKANI RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI Tribotexnika ishqalanish, moylash va yeyilish to ‘g‘risidagi fan bo‘lib hozirgi kunda rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilmoqda. Eski tasawurlar unitilganicha yo‘q, yangi qarashlar va tushunchalar esa endigina tan olinmoqda. Shuning uchun yaqin 10—15 yilda tribo texnika fanining rivojlanishi nima belgilanishi, zaxiralari o'rganilma- gan sohalari, qaerdaligini niinaga asosiy e ’tiborni qaratmoq kerakli- gini aniqlab olish kerak. Yaqin kelajakda mashinasozlikning taraqqiyoti avtomatlashtiril- gan komplekslar sex va zavodlar, moslashuvchi avtomatlashgan kor- xonalar yaratish bilan belgilanadi. Shuningdek, yangi va og‘ir sharoit (o‘ta issiq, sovuq, vakuumli, abrazivli, agressiv muhitli)larda ishlay- digan texnikalar yaratiladi. Bunday ko‘p turli va ko‘p sonli mashina va jihozlaming samarali ishlashi ularni uzoq ishlash muddatli va ishlatish hamda ta ’mirlashda kam xarajatli bo‘lishini taqozo etadi. So‘nggi 20 yil davomida fizik, ximik va biologik tizimlarni o ‘rga- nishda sinergetika asosida ishqalanish jarayoniga yangicha yondoshish bunga imkon berishi mumkin. Sinergetika zamonaviy tabiatshunoslik yo‘nalishidagi fan bo‘lib, uning asosida ba’zi elementlari umumlashishi natijasida o ‘zi tashkil- lashadigan jarayonii tizimlar hamda ochiq tizimlar termodinamikasini rivojlanishi yotadi. Mutaxassislar tribotexnikaning ba’zi bo‘limlariga sinergetika usullarini qo'llsh mumkinligiga e’tibor berishmoqda. Ishqalanishdagi juftliklar orasidagi saylanmali ko'chish va vodo- rodli yeyilish shular jumlasidandir. Ikkala hodisa ham jarayonlarining ketma-ketligi va alohida elementlarining umumlashuvchi harakatlari bilan ifodalanadi. Saylanmali ko'chish va vodorodli yeyilishni o'rganishga siner getika fani nuqtayi nazaridan yondoshish bu jarayonlarni amalga oshish mexanizmini chuqurroq o'rganish oqibatida yeyilishga qarshi yangi samarali usullar ishlab chiqish imkonini beradi. Jumladan, vodorodli yeyilishni o ‘rganishdagi quyidagi yo‘nalishlarni misol kelti- rishimiz mumkin: — mashina detallarining vodorodli yeyilishini tadqiqot qilish asboblari va usullarini yaratish; — metallarni friksion plasmassalar bilan ishqalanganda vodorod- lanish jarayonini, vodorodlashgan metalni ishqalanishdagi xossalarini, ishqalanish rejimini vodorodlanishga ta’sirini yangi usullarini qo‘llab o ‘rganish; — vodorodlanishda ro‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlarni o'rganish va yuzani reaksiyalash qobiliyatini turli ish rejimlari uchun aniqlash; — suv bilan moylanadigan, katta bosim va sirpanish tezligi yuqori ishqalanish qismlarida vodorodli yeyilishni so‘ndirishning ilmiy asoslari va usullarini ishlab chiqish. Umuman bo‘lg‘usi oliy m a’lumotli mutaxassis tribotexnikaning eng so'nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lishi va egallagan bilimini ishlab chiqarishda tadbiq eta bilishi kerak. 8-LABORATORIYA ISHI Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling