Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X
5.3.3. YEYILISHGA CHIDAMLILIKNI TERMIK
VA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV YO‘LI BILAN OSHIRISH O 'rta va yuqori uglerodU po'latlar, bolg‘anuvchi kulrang va yuqori mustahkam cho‘yan detallarning ishchi sirtlarida yeyilishga chidamli qattiq qatlam hosil qilish uchun bu joylar 1 ,5-2,0 mm chuqurlikda toblanadi. Detal sirti qatlamini toblash gaz alangasi (yirik detallar) yoki yuqori chastotalik tok (YuCHT) vositasida amalga oshirilishi mumkin. Detallarga kimyoviy-termik ishlov berish vazifalariga ko‘ra 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi. 1 ) yeyilishga chidamlilikni oshirish maqsadida sirt qatlam qattiq- ligini sementatsiyalab, azotlab, ionlash, borlab oshirish. 2 ) metallni tirnalishiga qarshilik xususiyatini sirt qatlamni ki- m y o v iy birikmalar (sulfidlash, sulfatsianlash, selenlash, tellurlash, yod-kadmiyli suvda ishlov berish) bilan to ‘yintirish hisobiga oshirish. Detallarga kimyoviy va termik ishlov berish usullari texnologyasi to‘g‘risidagi m a’lumotlar konstruksion materiallar texnologiyasi va materialshunoslik fanlarida batafsil o ‘iganilgan. Qisqacha qШb aytil- ganda sementitlash kam uglerodli (0,08—0,30 %) po‘latlarni, yeyilish ga chidamliligini, azotlash yeyilishga, eroziya va kavitatsiyaga chi- damlilikni, nitrotsementitlash va ionlash asosan yeyilishga chidam- lilikni oshirish uchun qo'llaniladi. Sementitlashda 0,15—2 mm li qatlam qattiqligi N RS—58—64, azotlashda 0,25—0,7 mm li qatlam va nitrotsementitlashda 0,15—1 mm li qatlam qattiqligi NRS 52—60, borlashda 0,12—0,85 mm li qatlam qattiqligi NV 1400-1500 ga yetadi. Sulfidlash va sulfatsinirlash tuzli vannalarda bajariladi va ishqalanish koeffitsiyentini 2-5 marta kamaytiradi. Antifriksion xossalari yomon va ilashishga moyil titan qotish- malarini sulfidlash, azotlash, termik oksidlash va yodkadmiyli ish- qorda ishlov berish bilan ularning ishqalanish va yeyilishga chidam liligi ortadi. Yeyilishga chidamli qilish uchun detal sirtlari galvanik usulda xromlanadi, po'latlanadi va nikellanadi. Xromli qatlam 0,1—0,2 mm qalinlikda, 1000—1100 NV qattiq- likda va kichik ishqalanish koeffitsiyentiga ega bo‘Ub ishqalanganda issiqlik kam ajraladi. Silliq xromli qatlamning ishqalanishdagi kamchiligi uning yaxshi moylanmasligidir. G ‘ovak (o'yiq ariqcha yoki nuqta)li qatlam yaxshi moylanadi. N uqta g'ovakli sirt moyni yaxshi ilashtirganligi uchun o ‘ta og'ir sharoitlarda ishlovchi (masalan, motorlarning yuqori kompression halqalari) detallarda qo'llaniladi. Ular tez xo‘rdalanadi, lekin ariqcha g‘ovak qatlamiga nisbatan ishqalanishga chidamliligi kamroq. Ariqcha g'ovakli qatlam bilan silindr gilzalari qoplanadi. Natijada, gilza va halqalarning yeyilishi xromlanishga qaraganda 4—7 marta kam, xromlangan yuzalar bilan ishqalanayotgan detaining yeyilishi ham 3—5 marta kamayadi. Xromli qatlam detalni mexanik ishlov (jilvirlash, artish)ga qo'yimli qilib ham qoplanishi mumkin. Xromli yuzalar babit, may- daydonali cho‘yan, yumshoq va o ‘rtacha toblangan, po‘lat juftlikda moyli hamda o'rtacha bosimli sharoitda yaxshi ishlaydi, ulam i titanli qotishmalar bilan bir juftlikda ishlatish tavsiya qilinmaydi. Xromlash po'latni toblash va sementitlashning o ‘m ini bosmaydi, shuningdek, toblangan va sementitlangan yuzalar yeyilishga yanada chidamli bo'lishi uchun xromlanadi. Xromlash yeyilgan detallarni tiklash maqsadida ham qo'llaniladi. Po'latlash jarayoni xromlashga nisbatan 10—15 marta unumli, arzon, qatlam qalinligi 3 mm ga yetadi, qattiqligi 600—650 Nva bo'lib asosan ishqalanuvchan detallarni tiklash, shuningdek, xromlashdan oldin ost qatlamni tyorlash uchun qo‘llaniladi. Nikellash qalinligi 2 mm gacha bo‘lib, xromlashdan ko‘ra unumli, arzon, yaxshi ishlanadi, qovushqoqligi yuqori, ammo qattiq ligi kamroq. Qattiq fosfor—nikel qotishmali elektrolitik qoplama yaxshi anti- friksion xususiyatlarga ega. Bunday qoplamali yuzalarning cho'yan bilan ishqalanish koeffitsiyenti po‘latli va xromli yuzaga nisbatan 30 % kam, yeyilishga chidamliligi 2,5—3 marta ko‘p. Fosfor—nikel qotishmali yuzalar bilan tutash detallarning ishqalanib yeyilishi po'lat bilan ishlanganga nisbatan 4—5 marta, xrom bilan qoplanganga nisbatan 20—40 % kam bo‘ladi. Qattiq nikelli qoplama bilan metall qirqish datsgohlarining shpindeli, porshen barmoqlari, gilzalar, tirsakli vallar kabi detallar tiklanadi va mustahkamlanadi. Alumin va uning qotishmalarini qalinligi 60 mkm dan katta, qattiqligi 4000—4500 M Pa oksidli parda bilan qoplansa yeyilishga chidamliiik moyli sharoitlarda 5—6 marta ortishi mumkin. Detallarni tayyorlash va tiklash jarayonlarida ularni sirtiga gaz yoki elektr yoyida elektrodni eritib 0,25—5,0 mm va undan katta qalinlikda qatlam qoplash keng qo‘llaniladi. Bu usulda qoplangan qatlam asosiy tana metali bilan yaxshi qo'shiladi, unumdorlik yuqori bo‘ladi. Elektrodni eritib qoplash usullari va texnologiyasiga oid batafsil m a’lumotlar «Mashinalarni ta ’mirlash asoslari» fanida to ‘liq o'rganiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling