Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar
ni ishlatish mumkin. 5.3. ISHQALANISH SHAROITINI YAXSHILASHNING
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X
2
ni ishlatish mumkin. 5.3. ISHQALANISH SHAROITINI YAXSHILASHNING DETALLARINI TAYYORLASH DAVRIDAGI TEXNOLOGIK USULLAR 5.3.1. DETALLARNI KESIB ISHLASHDA CHIDAMLI QILISH Detallar sirtining g‘adir-budirligi va fizik mexanik xususiyatlari uni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liqligi mashinasolik texnologiyasi kursidan ma’lum. 0 ‘z navbatida detal sirtini ishqalanishga chidam- liligi uning yuzasini g‘adir-budirligini va . yuza qatlamining fizik mexanik xususiyatlariga bog‘liqligini tribotexnika kursining dastlabki mavzularida ko‘rib chiqdik. Ushbu mavzuda detallarning yeyihshiga chidamliligini oshirishning eng ko‘p tarqalgan texnologik usullari bilan tanishamiz. Detallarni tayyorlash jarayonida sirtda harakat yo'nalishiga nisbatan optimal yoV.alishdagi g‘adir-budirlikni hamda sirtda qisilgan qoldiq kuchlanishli mustahkam (pishiqtirilgan) qat- lamni hosil qilishga intilish kerak. Bu maqsadga detallarni tayyorlash texnologiyasi: kesish, plastik deformatsiyalash, kimyoviy va termik ishlov berish yeyilishga chi damli qatlam qoplash kabi jarayonlarda ma’lum rejimlarni ta ’minlash yo'li bilan erishiladi. Aksariyat detallar kesish yo'li bilan tayyorlanadi va keyin qo‘- shimcha ishlov berilmaydi. Detal kesilganda uning 0,05—0,5 mm qalinlikdagi sirt qatlamini qattiqligi 20—30 %ga ortadi, 3000—7000 kPa siqilish kuchlanishi hosil bo‘lib u detal yeyilishga chidamli bo'lishida ijobiy rol o'ynaydi. Ammo yuqori kesish tezliklarida (200—600 m /m in) aksinchi sirt bo'shashadi pishiqtirilgan qatlam yupqalashadi va toliqish tezlashadi. Tadqiqotlar kesish tezligi 25 m /m in ga yetguncha sirt g‘adir-bu- durligi ortishini, keyin esa kamayishini ko‘rsatdi. Umuman kesish tezligi 30 m /m in dan 200 m /m in ga qadar oraliqda bo'lsa, sirt qatlami yeyilishga va korroziyaga chidamli bo‘- lishi aniqlangan. Tezlikni oshirish pishiqtirilgan qatlam qalinligi ortti- radi. Kesish qadami oshgan sirt g‘adir-budirligi kattalashib yeyilishga chidamlilikka salbiy ta ’sir etadi, lekin puxtalashish chuqurligi va qoldiq siquvchi kuchlanish ortib toUqishga chidamlilikni oshiradi. Demak, detal uchun qaysi ishchanlik mezoni muhimligini nazarda tutib, kesish qadamini belgilash lozim. Kesish chuqurligi kamaysa g‘adir-budirlik sezilarsiz kamayadi va bu yeyilishga chidamlilikka unchalik ta ’sir etmaydi. Moylash sovutish suyuqligi kesish zonasidan issiqlikni chiqa- rilishni yaxshilaydi va kesuvchi asbobning ishqalanishdan yeyilishni kamaytiradi. Natijada, sirt g‘adir-budirligi ozayadi yeyilishga chidam- lilik ortadi. Kesish asbobining urishi sirt to'lqinligi kuchaytiradi va detal ish qobiliyatini susaytiradi. Dastgoh-moslama-asbob-detal tizimining titrashi ham sirtda g‘a- dir-budirlik va to iq in hosil qilib detaining ish qobiliyatini kamayishga sabab bo‘ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling