Qabul qildi: Primov m mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi? Reja


Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar


Download 205 Kb.
bet2/6
Sana08.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1342300
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suyunov Xushnudbek Falsafa mustaqil ish

Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:


1. Tushunchani unga qarama qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta’riflash.
2. Tasvirlash- tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlash.
3. Tavsiflash - predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilarini ko‘rsatish.
4. Ko‘rsatish (ostensiv ta’riflash) - predmetning o‘zini yoki suratini ko‘rsatish orqali ta’riflash.
5. Misol keltirib ta’riflash. Bunda ta’riflanayotgan predmetning mazmuni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi.



Tushunchani bo‘lish deb, tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga aytiladi.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning o‘ziga xos turi bo‘lib, unda bo‘lish izchillik bilan amalga oshiriladi va bo‘lish a’zolarining har biri yana boshqa bo‘linmalarga ajratiladi. Bunda bo‘lish a’zolarining har biri boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega bo‘ladi.
Tasniflash natijalari har xil jadvallar, kataloglar va shu kabilarda o‘z aksini topadi. Tasniflash predmetlarning muhim belgisiga ko‘ra amalga oshirilsa, tabiiy tasniflash deyiladi. Tabiiy tasniflash predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Mendeleyev tuzgan kimyoviy elementlarning davriy jadvali tabiiy tasniflashning klassik namunasidir.

Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigani amallar xisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va xajmi oʻrtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq xolda amalga oshiriladi.


Tushunchani chegaralash xajmi keng tushunchadan xajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran oʻtishdan iborat. Masalan, “Mexanik xarakat” tushunchasidan “Aylanma xarakat” tushunchasiga oʻtsak, uning xajmini chegaralagan boʻlamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – “Mexanik xarakat” jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha xosil qiluvchi belgilar qoʻshiladi. Natijada unga nisbatan tur xisoblangan yangi tushuncha-“Aylanma xarakat” tushunchasi xosil boʻladi.


Tushunchaning xajmida maʼlum bir umumiy beligiga ega boʻlgan predmetlar toʻplami-sinf aks etadi. Sinflar ustida bir qancha mantiqiy amallarni oʻtkazish, xususan ularni qoʻshish (birlashtirish), koʻpaytirish (kesishtirish) xamda berilgan sinfga toʻldiruvchi xosil qilish (sinfni inkor etish) mumkin.


Bu amallarni bajarish yangi sinflar va, demak, yangi tushunchalar xosil qilishga olib keladi.


Masalan “Inson” tushunchasini (boʻlinuvchi tushuncha) ijtimoiy kelib chiqishiga koʻra (boʻlish asosi) “ishchi”, “dexqon”, “ziyoli” (boʻlish aʼzolari) tushunchalariga ajratish yoʻli bilan uning xajmi aniqlanadi. Boʻlinuvchi tushuncha-jins tushuncha, boʻlish aʼzolari-tur tushunchalar boʻlib, ular oʻzaro birga boʻysunish munosabatidadirlar.


Chegaralashda berilgan tushuncha – “Mexanik xarakat” jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha xosil qiluvchi belgilar qoʻshiladi. Natijada unga nisbatan tur xisoblangan yangi tushuncha-“Aylanma xarakat” tushunchasi xosil boʻladi.



Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling