Tushunchaning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni
Tuchunchada umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan Tuchunchalar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. Tushuncha hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi.
U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. Tushunchaning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. Tushunchalar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi.
Har qanday tushuncha — abstraksiyadan iboratdir, bu hol Tushunchada voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa Tushuncha yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. Tushunchalarning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning tushuncha haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.
Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Islom Karimov. oʻzbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «oʻzbekiston», 1998.
2. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq. «Muloqot», 1998, №5.
3. Islom Karimov. Barkamol avlod-oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʻlida: T.6-T.: «oʻzbekiston», 1998.
4. Islom Karimov. oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «oʻzbekiston», 1999.
5. I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq eʼtiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., oʻzbekiston, 2000.
6. M. Xayrullayev, M. xaqberdiyev. Mantiq, 5-bob.
7. Yu.V. Ivlev. Logika, 6-7-boblar.
8. I. Raximov. Logikadan amaliy mashgʻulotlar va metodik tavsiyalar, 2-bob.
9. N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar-spravochnik. Mavzuga oid maqolalar.
10. Ye.K. Voyshvillo. Ponyatiye kak forma mыshleniya. 2-qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |