Qabul qildi: Primov m mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi? Reja
Download 205 Kb.
|
Suyunov Xushnudbek Falsafa mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalan: Olma daraxti → mevali daraxt → daraxt → o‘simlik.
Klassifikatsiya (turkumlash) tushunchalarni boʻlishning aloxida turidir. Klassifikatsiya predmetlarni maʼlum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat boʻlib, bunda xar bir tur boshqalariga nisbatan oʻzining aniq va qatʼiy oʻrniga ega. Klassifikatsiya natijalari xar xil jadvallar, sxemalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda oʻz aksini topadi.
Mantiqda sunʼiy va tabiiy klassifikatsiyalar farq qilinadi. Sunʼiy klassifikatsiya predmetlarning birorta umumiy belgisiga koʻra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini koʻrsatish mumkin. Tabiiy klassifikatsiyani amalga oshirish uchun boʻlish asosi qilib predmetlarning birorta muxim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun xam u predmetlarning ayrim muxim xossalari xaqida fikr yuritish, qonuniy bogʻlanishlarni aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi, Darvinning jonli tabiat predmetlari klassifikatsiyasi misol boʻla oladi. Klassifikatsiyada tushunchani boʻlish qoidalariga amal qilish zarur. Klassifikatsiyalar nisbiy turgʻun xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi. Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi koʻp xollarda klassifikatsiyalarga tuzatishlar kiritishni, baʼzan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqoza etadi. Shunga qaramasdan, klassifikatsiya mavjud bilimlarimizni sistemaga solish vositasi sifatida bilishda oʻzining muxim axamiyatiga ega boʻlib qoladi. Bo‘lishning strukturasi 1. Bo‘linuvchi tushuncha- xajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha. 2. Bo‘lish asosi – predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi 3. Bo‘lish a’zolari – bo‘lish natijasida xosil qilinadigan tur tushunchalar. Bo‘lishning turlari: 1. Asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish Masalan: Burchaklar- to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklarga bo‘linadi. 2. Dixotomik bo‘lish Masalan: Burchaklar o‘tkir yoki o‘tkir bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Tushunchalarni bo‘lish qoidalari. 1. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi shart. 2. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi shart, ya’ni asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida o‘zgartirilmasligi zarur. 3. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi shart. Ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatida bo‘lishi zarur. 4. Bo‘lish uzluksiz amalga oshirilishi, ya’ni jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinishi shart. Sun’iy tasniflash predmetlarning birorta nomuhim, umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar katalogi, lug‘atlarda so‘zlarning muayyan tartibda berilishi sun’iy tasniflashga misol bo‘ladi. Sun’iy tasniflash bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi. Tasniflashda ham tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Tushunchani chegaralash – jins (hajmi keng) tushunchadan tur (hajmi tor) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Tushuncha chegaralanganda jins tushunchaning mazmuniga tur tushunchani hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Masalan: Inson → ayol → o‘zbek ayoli → o‘zbek shoirasi → shoira Uvaysiy. Chegaralash amali yakka tushunchada to‘xtaydi. Tushunchani umumlashtirishtur (hajmi tor) tushunchadan jins (hajmi keng) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan: Olma daraxti → mevali daraxt → daraxt → o‘simlik. Umumlashtirish amali eng umumiy tushuncha – kategoriyalarda to‘xtaydi. Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari ilmiy bilishda va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi. Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya). Har bir inson hayoti davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi, tushunchaning ta’rifiga asoslanib bilimga ega bo‘ladi, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid Xavofiyning: “Sahiylik - bu (biror narsani) boshqa kishiga hech qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir,”- degan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz. Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir. Ta’riflash – definitsiya tushunchaning mazmunini ochib beruvchi mantiqiy amaldir. Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaydigan tushunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan. Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling