Qabul qildi: Primov m mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi? Reja
Dixotomik boʻlish va klassifikatsiya
Download 205 Kb.
|
Suyunov Xushnudbek Falsafa mustaqil ish
Dixotomik boʻlish va klassifikatsiya.
Dixotomik boʻlish boʻlinuvchi tushunchani oʻzaro zid boʻlgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni “dindorlar” va “dindor emaslarga” ajratsak, dixotomik tarzda boʻlgan boʻlamiz. Dixotomik boʻlish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz boʻlinuvchi tushunchaning barcha turlarini koʻrsatib oʻtirmasdan, oʻzimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid boʻlgan tushunchaga birlashtiramiz. Shu bilan birga dixotomik boʻlish maʼlum bir kamchiliklarga xam ega. Masalan, inkor tushunchaning xajmi noaniq boʻladi. Undan tashqari dixotomik boʻlishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, boʻlish aʼzolaridan biri, ayniqsa inkor tushunchani oʻz navbatida boʻlinuvchi tushuncha deb qabul qilib, boʻlish amalini davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin. Boʻlish amali toʻgʻri borishi uchun maʼlum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular boʻlish qoidalari deb ataladi. a) Boʻlish teng xajmli boʻlishi, yaʼni boʻlish aʼzolari xajmlarining yigʻindisi boʻlinuvchi tushuncha xajmiga teng boʻlishi kerak. Bu qoida buzilsa, boʻlish toʻliqsiz yoki ortiqcha boʻlib qoladi. Birinchi xil xatoda baʼzi boʻlish aʼzolari koʻrsatilmay qoladi. Masalan, “Feʼl zamonlari” tushunchasini “oʻtgan zamon feʼli” va “xozirgi zamon feʼli” tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato roʻy beradi. Chunki “Kelasi zamon feʼli” tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha boʻlish aʼzosi koʻrsatilgan boʻladi. Masalan “Bilish” tushunchasini “xissiy bilish”, “Tafakkur”, “Nazariy bilish”ga ajratib boʻlmaydi. Chunki “Nazariy bilish” bu yerda ortiqchadir. b) Boʻlish bir asos boʻyicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi boʻlish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan “qonun” tushunchasini “Tabiat qonuni”, “Jamiyat qonuni”, “Bilish qonuni”, “Statistik qonun”, “Dinamik qonun” tushunchalariga boʻlsak, xato qilgan boʻlamiz. Chunki bu yerda boʻlish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta boʻlish aʼzosi qonunning amal qilish soxasi boʻyicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi xodisalar xarakteri boʻyicha ajratilgan. Bu bilan boʻlishdagi izchillik yoʻqolgan. v) Boʻlish aʼzolari xajmi boʻyicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga boʻysunish munosabatidagi tushunchalar boʻlishi kerak. Agar “Bino” tushunchasini “Bir qavatli bino”, “Koʻp qavatli bino”, “Osmonoʻpar bino” tushunchalariga boʻlsak, xatoga yoʻl qoʻygan boʻlamiz. Chunki “Koʻp qavatli bino” tushunchasi bilan “Osmonoʻpar bino” tushunchasi bir-birini xajmi boʻyicha istisno qilmaydi. g) Boʻlish uzluksiz xolda amalga oshirilishi, unda “sakrash” boʻlmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng eqin boʻlgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmogʻi lozim. Masalan, “Gap” tushunchasini “Oddiy gap”, “Ergashgan qoʻshma gap”, “Bogʻlangan qoʻshma gap” tushunchalariga ajratsak, boʻlishdagi izchillik yoʻqoladi. Bunda oxirgi ikkita boʻlish aʼzosi “qoʻshma gap” tushunchasining turlaridir. Demak, “sakrash” xodisasi roʻy bergan. Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling