Qabul qildi: Primov m mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi? Reja
Tushunchalarni taʼriflash. Taʼriflashga oʻxshash usullar
Download 205 Kb.
|
Suyunov Xushnudbek Falsafa mustaqil ish
Tushunchalarni taʼriflash. Taʼriflashga oʻxshash usullar.
a) Taʼrif aniq boʻlishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq soʻzlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Xayol – uchqur ot”, “Davlat dunyoviy ruxning siyosiy jixatdan namoyon boʻlishidir” (Gegel) degan taʼriflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur maʼno boʻlsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas. b) Taʼrif aylana shaklida boʻlib qolmasligi kerak. Taʼrif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning oʻziga murojaat etilsa, taʼrifda aylana xosil boʻladi. Masalan, “Mantiq toʻgʻri fikrlash xaqidagi fandir” deyilganda taʼrifda aylana vujudga keladi. Chunki, “Toʻgʻri fikrlash nima?”, degan savolga, “U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan xolda fikrlashdir”, deb javob berishga toʻgʻri keladi, yaʼni “mantiq” tushunchasiga murojaat qilinadi. Tavtologiya xam shu qoidaning buzilishi natijasida sodir boʻladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan boʻladi. Masalan, “Taʼmagir taʼmagirlik qiluvchi kishidir” desak, tavtologiyaga yoʻl qoʻygan boʻlamiz. c) Taʼrif iloji boricha inkor shaklda boʻlmasligi kerak. Aks xolda predmetga xos boʻlgan belgi oʻrniga unda yoʻq boʻlgan belgi koʻrsatiladi. Masalan, “Ong moddiy emas” degan taʼrif “ong” tushunchasining mazmunini toʻliq ochib bera olmaydi. Bilish jarayonida taʼriflashga oʻxshash usullar xam ishlatiladi. Ulardan tushunchani taʼriflashning yuqorida biz koʻrib chiqqan turlarini qoʻllash mumkin boʻlmay qolganda yoki unga zaruriyat boʻlmaganda foydalaniladi. d) Taʼriflashga oʻxshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi boʻlgan tushuncha orqali taʼriflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Ong materiyaning miyamizdagi inʼikosidir”. e) Tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning baʼzi tashqi belgilarini koʻrsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish, sodir boʻlgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol boʻladi. f) Tavsiflash yordamida predmetning baʼzi bir munosabatdagi muxim tur belgilari koʻrsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani koʻrsatish mumkin. Tafovutlash, ostensiv taʼriflash kabi usullar xam mavjuddir. Taʼriflash bilishda katta axamiyatga egadir. U qisqa xolda predmet xaqida yaxlit fikr, tasavvur xosil qilishga imkon beradi. Lekin, predmet xaqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U albatta bilish jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet xaqidagi tasavvur aniq, toʻlaroq boʻladi. Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushuncha bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski Tuchunchalarni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling