Qabul qildi: Primov m mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi? Reja


Download 205 Kb.
bet1/6
Sana08.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1342300
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suyunov Xushnudbek Falsafa mustaqil ish


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TAʼLIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



Falsafa fanidan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi?


KI-70 guruh talabasi: Suyunov Xushnudbek
Qabul qildi: Primov M


Mavzu: Tushunchani boʻlish nima va qanday usullarda amalga oshiriladi?
Reja:

1. Tushunchalarni boʻlish.


2. Dixotomik boʻlish va klassifikatsiya.
3. Tushunchalarni taʼriflash. Taʼriflashga oʻxshash usullar.

Tushunchalarni boʻlish.

Tushunchalarni boʻlish. Tushunchaning xajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruxlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yoʻli bilan aniqlashga tushunchani boʻlish deyiladi. Boʻlish amalini boʻlinuvchi tushuncha (xajmi aniqlanishi lozim boʻlgan tushuncha), boʻlish asosi (predmetning tushunchada fikr qilanadigan birorta umumiy belgisi) va boʻlish aʼzolari (boʻlish natijasida xosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan “Inson” tushunchasini (boʻlinuvchi tushuncha) ijtimoiy kelib chiqishiga koʻra (boʻlish asosi) “ishchi”, “dexqon”, “ziyoli” (boʻlish aʼzolari) tushunchalariga ajratish yoʻli bilan uning xajmi aniqlanadi. Boʻlinuvchi tushuncha-jins tushuncha, boʻlish aʼzolari-tur tushunchalar boʻlib, ular oʻzaro birga boʻysunish munosabatidadirlar.


Tushunchalarni boʻlish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga boʻlgan boʻlamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun xam “Kuzov avtomashinadir”, degan muloxaza xosil qilsak, u xato boʻladi. Agar “Avtomobil” tushunchasini “Yengil avtomobil”, “Yuk tashuvchi avtomobil” tushunchalariga ajratsak, uni boʻlgan boʻlamiz.




Boʻlishning ikkita turi mavjud: asos boʻlgan belgining oʻzgarishiga qarab boʻlish va dixotomik boʻlish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi boʻlish uchun asos qilib olinib, uning oʻzgarishiga muvofiq xolda predmetlarning ayrim guruxlari aniqlanadi. Masalan: burchakning oʻzgarishiga qarab “uchburchak” tushunchasi uchta tur tushunchaga: “toʻgʻri burchakli uchburchak”, “oʻtmas burchakli uchburchak”, “oʻtkir burchakli uchburchak”larga ajratiladi. Boʻlish asosi qilib boʻlinuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan xar qanday umumiy belgini olish mumkin.

Masalan “uchburchak” tushunchasini tomonlariga qarab “teng tomonli uchburchak”, “teng yonli uchburchak”, “turli tomonli uchburchak” tushunchalariga ajratish mumkin.


Tushunchaning qaysi belgisini boʻlish asosi qilib olish boʻlishda xal qilinishi lozim boʻlgan vazifaga bogʻliq. Lekin qanday vazifani xal qilishdan qatʼiy nazar, boʻlish oʻzining obyektiv asosiga ega boʻlishi lozim, yaʼni boʻlish asosi boʻlgan belgi predmetning umumiy belgisi boʻlishi shart.


Har bir inson atrofidagi odamlar, voqea-hodisalar, buyumlar va b. ga o‘z munosabatini belgilar ekan, ularni toifalarga, qismlarga, turlarga bo‘ladi. Bunday bo‘lish uning tushunchalar olamida amalga oshadi. Inson fikr yuritish jarayonida tushunchalarni turli asoslarga ko‘ra bo‘ladi.





Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling