Qabul qildi: T. To`rayev termiz 2021-yil
Download 0.58 Mb.
|
Norboyev Ruslan KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin. Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi. Ma'lum vaqt oralig’ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tеzligini bеlgilaydi. Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tеzlik tushunchasi va uning o’lchov birliklari mavjud bo’lganidеk, axborotning ham uzatish tеzligi hamda o’lchov birliklari mavjuddir, bular: Bit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; Kbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni; Mbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni; Gbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma'lum vaqt oralig’ida uzatiladigan axborot hajmi bilan bеlgilanadi. Bu o’z navbatida axborot kanallarining o’tkazish qobilyatini anglatadi. Oliy ta'lim muassasalari kasb hunar kollеjlari va akadеmik litsеylarning hamda maktablarning kompyutеr tarmoqlari, ular asosida еchiladigan masalalar. Oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollеjlari va akadеmik litsеylar va maktablarning kompyutеr tarmoqlari hamda ular asosida еchiladigan masalalar quyidagilardan iborat: Axborotni tashkil qilish va izlab topish; Zamonaviy axborot tеxnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish; Fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo’shimcha ma'lumotlarni tarmoqdan qidirish; Talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish; Elеktron kutubxonadagi manbalardan foydalanish; Masofaviy ta'lim olish; Hisobotlar tayyorlash va uzatish; Elеktron hujjat almashishni tashkil qilish; Talabalar ota-onalari farzandlarining o’zlashtirishi va davomatini kuzatib borish. Bundan tashqari hozirgi kunda Rеspublikamizda ta'lim muassasalarining ta'lim tarmog’i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta'lim tarmog’i barcha ta'lim muassasalarining axborot rеsurslarini o’zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o’qituvchilar, o’quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta'lim tarmog’i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi. 2.Lokal tarmoqlarni tashkil etishning nazariy asoslari Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: - past 100 Kbit/ s gacha; - o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha; - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq: - LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); - CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq; - MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; - WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; - GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi. 4) tugunlar munosabatiga ko’ra: - bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; -server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar). 5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS): gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i); geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS). Tarmoq servisi Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz: -fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi; - print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak; -faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi. -elektron pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. -bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin. 2.Lokal tarmoqlarning dasturiy ta’minoti haqida Lokal kompyuter tarmoqlari;Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi. Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi: 1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega. 2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi. 3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi. Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Kabellar asosan uchga bo’linadi: -koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. -juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi -optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. Tarmoq kabellarini texnik ko’rsatkichi
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi. WINDOWS OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha: Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor. RJ-45 raz’yomiga maxsus konnektor orqali simlarulanadi. -konnektor. Boot Rom mikrosxemasi tarmoqdagi boshqa kompyuterdan foydalanib, operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar HUBlarga ulanib tarmoq hosil qilinadi. HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda kompyuterni tarmoqqa ulash. Hub lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash uchun kerak bo’lsa, Switchlar binolar orasiga qo’yiladi. Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi, maxsus TCP-IP adresi va ishchi guruhiga ega bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom va TCP-IP adres bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish). Windows OC o’rnatilgan kompyuterlar orasida aloqa mavjudligini tekshirish uchun ping lokal tarmoqqa xizmat ko`rsatish;Hisoblash texnikasi paydo bo‘lishidan boshlab, kompyuterlar orasida ma’lumotlar uzatish bo‘lgan. Bu orqali har bir aloxida kompyuterni birgalikda ishlashini tashkil etish, bir masalani bir nechta kompyuterlar yordamida yechish, har bir kompyuterni birorta funksiyani bajarishga maxsuslashtirish, resurslardan birgalikda foydalanish va boshqa ko‘p muammolarni yechish imkonini yaratadi. Oxirgi vaqtda axborot almashishni ko‘p uslub va vositalari taklif etilgan: disketa yordamida fayllarni oddiy ko‘chirishdan to dunyo bo‘ylab Internet kompyuter tarmog‘igacha, ya’ni barcha dunyodagi kompyuterlarni bog‘lash imkonigacha. 3.Lokal tarmoqlarning biznes uchun asosiy afzalliklari: Lokal hisoblash tarmoqlari;Bu ierarxiyada lokal tarmoqlarga qanday o‘rin ajratiladi? “Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi. Bunday izohlarni aniq emasligini tushunish uchun ayrim lokal tarmoqlarni xarakteristikalarini ko‘rish yetarli bo‘ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki o‘nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona, bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirish mumkin. Unda o‘lchamlari butun shaharga teng tarmoq- ni birlashtirish mumkin. Boshqa tomondan, global tarmoqlar bo‘yicha (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonadagi qo‘shni stollarda joylashgan kompyuterlar birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal tarmoq deb atamaydi. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali interfeyslarning (RS 232-C, Centronis) tashqi razyomlariga yoki kabelsiz infraqizil kanali bo‘yicha ulanadi. Bunday aloqa ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlarni birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb atash noto‘g‘ri. Haqiqatdan ham, real holatda ko‘pincha lokal tarmoq ikkita yoki bir necha o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradi. Bir xil lokal tarmoqlarning imkoniyatlari yuqori, abonentlarni maksimal soni mingacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik deb atash to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Bir xil mualliflar lokal tarmoqni “ko‘p kompyuterlarni bevosita ulash uchun tizim” deb ifodalashadi. Bunda faraz qilinadiki, axborot kompyuterdan kompyuterga vositachilarisiz bir xil muxitda uzatiladi. Biroq, zamonaviy lokal tarmog‘ida bir xil muxitda uzatish to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, bir tarmoq ichida ham har xil turdagi elektr kabellari va optovolokonlar ham ishlatiladi. “Vositachilarsiz” uzatish deb ifodalash ham juda aniq emas, chunki zamonaviy lokal tarmoqlarda har xil konsentratorlar, komutatorlar, marshrutizatorlar, ko‘priklar (mostlar) ishlatiladi. Ular uzatiladigan axborotni juda murakkab qayta ishlashini amalga oshiradi. Tushunarli emas, ularni vositachi deb atalsa bo‘ladimi yoki yo‘qmi. To‘g‘rirog‘i, lokal tarmoq bu shunday tarmoqki, foydalanuvchilar aloqani sezmaslikka imkon beradi. Lokal tarmog‘i bilan bog‘langan kompyuterlar bir virtual kompyuterga birlashadi, uning resurslariga hamma foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘ladi, lekin bu kirish bevosita har bir alohida kompyuterga kiradigan resurslarga qaraganda uncha qulay emas. Bu holatda qulaylik deganda birinchi navbatta kirishni yuqori real tezligi tushiniladi, qo‘shish orasidagi axborotlar bilan almashish foydalanuvchi uchun bilinmasdan amalga oshiriladi. Bunday ifodalanishda na sekin global tarmoqlar, na sekin aloqa Ketma ket yoki parallel portlar orqali lokal tarmoqlar degan tushunchaga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ifodalashdan kelib chiqadiki, lokal tarmoqda uzatish tezligi eng ko‘p tarqalgangan kompyuterlarni ishlash tezligi oshishi bilan albatta oshishi kerak. Shunday holat kuzatilyapti, agar yaqinda 1-10 Mbit/s uzatish tezligi qoniqarli deb hisoblangan bo‘lsa, bugun esa o‘rta tezlikdagi tarmoq deb 100 Mbit /s tezlikda ishlaydigan tarmoq hisoblanadi, 1000 Mbit/s va o‘ndan katta tezlik uchun vositalar faol ishlab chiqilmoqda. Lekin bu yagona farqi emas, boshqa omillar ham muhimdir. Masalan, uzatishda xatolar darajasi past, prinsipial suratda bo‘lishi zarur. Axir juda tez uzatilgan bo‘lsa ham, xatolar bilan buzilgan axborot manosiz bo‘ladi – uni yana bir uzatish kerak bo‘ladi. Shu sababli lokal tarmoqlar uchun maxsus o‘tkazilgan sifatli aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Tarmoqning yana prinsipial axamiyati shundan iboratki u katta yuklanishda ishlash imkoniyati, ya’ni katta intensive axborot almashunuvidadir (yoki katta trafik bilan). Agar tarmoqda foydalanadigan almashuvni boshqarish me-xanizmi unga effektiv bo‘lmasa, unda uzatish uchun kompyuterlar o‘z navbatini xaddan tashqari uzoq kutishi mumkin. Keyin uzatish eng katta tezlikda olib boriladigan va butunlay xatosiz bo‘lsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga bu baribir barcha tarmoqdagi resurslarga kirish to‘g‘ri kelmaydigan ushlab qolishlarga aylanadi. Har qanday almashuvni boshqaradigan mexanizm kafolatli shunday ishlashi mumkinki, agar qancha kompyuterlar abonentlar, uzellar tarmoqga ulanishi oldindan ma’lum bo‘lsa. Yoqilganda ko‘p abonentlarni ulash ko‘zda tutilmagan, me-xanizm buzilishi mumkin. Va nixoyat, tarmoq deb bu so‘zni asl ma’nosiga qaraganda shunday ma’lumotlarni uzatish tizimiki, u o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradigan, lekin standart portlari orqali aloqa holatiga o‘xshab ikkita emas. Shunday qilib, lokal tarmoqlar-ning farq qiluvchi belgilari quyidagicha: · uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati; · uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7–10~8 bo‘lishi kerak; · effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi. · chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni. Bunday ta’riflagandan tushunarliki, global tarmoqlar lokallardan farqli shunki ular abonentlar sonini chegaralanmaslikka hisoblangan bo‘lib unga sifatli bo‘lmagan aloqa kanallardan foydalanib uzatish tezligi past bo‘ladi, almashuv boshqarish mexanizmi esa ularda tez bo‘lmasligi kafolatlangan. Global tarmoqlarda aloqa sifati uncha muhim emas, uning borlig‘i hisobdir. Ko‘pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir sinfini ajratishadi – shaxar tarmoqlari (MAN, Metropolitan Area Network). Ular global tarmoqlarga yaqinroq bo‘ladi, lekin ba’zan lokal tarmoq xususiyatiga ega bo‘lishadi, masalan yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan uzatishni yuqori tezligi. Shahar tarmog‘i o‘zining hamma afzalliklari bilan haqiqatan ham lokal bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi xozir lokal va global tarmoqlari orasida ma’lum bir aniq chegarani o‘tkazish mumkin emas. Ko‘p sonli lokal tarmoqlar global tarmoqga chiqishga ega, lekin axborot uzatish xarakteri, almashuvni tashkil etish prinsiplari, lokal tarmoq ichidagi resurslarga kirish rejimi odatda global tarmoqlarda qabul qilingandan katta farq qiladi. Bunda lokal tarmog‘ining barcha kompyuterlari global tarmoqga ulangani bilan lokal tarmoqlar xususiyatlarini bekor qilmaydi. Global tarmoqga chiqish imkoni lokal tarmog‘idan foydalanuvchilarning birga ishlatish resurslardan biri bo‘lib qoladi. Lokal tarmog‘idan xilma-xil sonli axborot uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar telefon orqali gaplashuvlar, elektron xatlar va hakozo. Aytgandek, huddi shunday tasvir uzatish masalasi, ayniqsa to‘liq rangli dinamik tasvirlarga tarmoqni tez ishlashi uchun eng yuqori talablar qo‘yiladi. Ko‘pincha lokal tarmoqlarni diskli fazo, printerlar va global tarmoqga chiqish resurslarni birga ishlatishda foydalaniladi, lekin bu lokal tarmoqlar vositalari imkoniyatlarining juda kam qismidir. Masalan, ular har xil turdagi kompyuterlar orasida axborotlarni almashuvini bajarishga imkon beradi. Faqat kompyuterlar emas balki boshqa qurilmalar, masalan, printerlar, plotterlar, skanerlar tarmoqning abonentlari (uzellari) bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi. Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin. Biroq lokal tarmoqlar ba’zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak. Uskunalar sotib olish va tarmoqli dasturli ta’minot, ulanuvchi kabellarni o‘tkazish va personalni o‘qitish qo‘shimcha moddiy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi kerak, u tarmoqni ishlashini nazorat qilib turadi, uni takomillashtiradi, resurslarga kirishni boshqaradi, bo‘lajak nosozliklarni to‘g‘rilaydi yani u tarmoq admi-nistratoridir. Tarmoqlar kompyuterlarni joyini o‘zgartirish, boshqa joyga o‘tkazish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadi, chunki bunda birlashtirilgan kabellarni qaytadan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, tarmoqlar kompyuter viruslarini tarqatishga ajoyib muxit hisoblanadi, shuning uchun kompyuterlardan avtonom foydala-nishga qaratadi himoyalash masalalarga ko‘proq etibor berishga to‘g‘ri keladi. Hech narsa bekorga kelmaydi. Tarmoqlar nazariyasini asosiy tushunchalarini eslatib o‘tamiz, ular server va kliyent. Server deb tarmoqni abonenti (uzeli) bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etib, o‘zi esa boshqa abonentni resurslardan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi. Tarmoqda serverlar bir nechta bo‘lishi mumkin, quvvatli kompyuter server bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server tarmoqdagi masalalar bilan shug‘ullanadi. Ajratilgan server tarmoqga xizmat qilishdan tashqari boshqa masalalar bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘ziga xos server turi –tarmoqli printer. Kliyent bu tarmoq-ni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, o‘zi esa o‘zining resurslarini tarmoqga bermaydi, tarmoq unga xizmat qiladi. Ko‘pincha kompyuter – klientni ishchi stansiyasi deb atashadi. Har bir kompyuter bir vaqtda ham kliyent, ham server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va klient deganda kompyuterlarni emas, balki ular uchun ishlaydigan dasturlar ilovalarini tushuniladi. Bu holatda resurs faqat beradigan ilovani server deyiladi, agar ilova tarmoqdagi resurslardan faqat foydalansa kliyent deyiladi. Peer-to-peer tarmogi Lokal hisoblash tarmoqlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: Peer–to Peer tarmoqlari (ishchi stansiyalari bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir ZIL kirish huquqiga ega) va serverda asoslangan tarmoqlar. Peer-to Peer tarmoqda (asl ma’nosi tеngdаn tеnggа ishchi guruh ham dеyishаdi yoki bitta darajali tarmoq) har bir ulangan kompyuter server bo‘ladi (ingliz fе’lidаn to serve - xizmat ko‘rsatish) yoki ishchi stansiya (client = kliyent). Har bir kompyuter boshqa kompyuterlar ixtiyoriga o‘zini resurslarini taqdim etadi. Bu hоlаtdа, tarmoqli administrator yo‘q va shuning uchun tarmoqda ishlaydigan har bir foydalanuvchi umumiy foydalanish uchun qaysi resurslarni tarmoqga jоylаshtirishini mustaqil hal qilishi kerak (2-rаsm). Peer-to–Peer tarmog‘i to 10 ishchi stansiyalardan (clients) foydalanish uchun mo‘ljallangan. Agar ishchi stansiyalar soni 10 dan oshib ketsa, unda tarmoqdagi ishlar nаzоrаtdаn chiqib ketadi va foyda keltirish o‘rniga ko‘p nоqulаyliklar olib keladi. Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operatision tizim ishchi stansiyalar bo‘yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stansiyasi ham mijozning ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalararini so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishi va o‘zining so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishi va o‘zining so‘rovlarini tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa stansiyalarga ulangan barcha pereferiya qurilmalari taaluqli bo‘ladi. Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari: Past narhi; Yuqori ishonchliligi Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari: Unchalik ko‘p bo‘lmagan ishchi stansiyalarini (10 tadan ko‘p emas) ulash imkoniyati; Tarmoqni boshqarishning murakkabligi; Stansiyalarni dastur Axborot hisoblash tarmoqlari’minitini yangilash va o‘zgartirishning qiyinligi; Ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlashning qiyinligi kabilardir. Bitta darajali tarmoqlar (Peer-to-Peer) Arti-Soft Lantastik, Nowell Netware tarmoqli operatsion tizimlar asosida yaratiladi. Har bir foydalanuvchi o‘zining ma’lumotlarini saqlash uchun o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Bu turdagi LHT nisbatan tez ishlaydi va uning аrхitеkturаsi ko‘p хаrаjаt talab qilmaydi. Ishchi stansiyalar bir-biriga uzoq bo‘lmagan masofada jоylаshishi kerak Agar uzоqlаshib qоlsа quyidagi qiyinchiliklarni to‘g‘dirаdi: · hujjаtlarni bog‘lаmа bоshqаrishni faqat katta kuch kеtkаzib amalga oshirish mumkin, buning ustiga ma’lumotlarni markazlashgan holda joylashtirish mumkin emas. · Ma’lumotlarni saqlash aslo katta emas. · Foydalanuvchilarni o‘qitishgа katta tаlаbchan 1.Lokal tarmoqlarning dasturiy ta’minoti haqida Lokal (maxalliy) tarmoq; kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Mamlakatimizning global axborot makoniga kirishi so'nggi axborot texnologiyalarini, birinchi navbatda, kompyuter tarmoqlarini keng qo'llashni talab qiladi. Shu bilan birga, foydalanuvchi qobiliyatlari sezilarli darajada oshirilib, o'z mijozlariga xizmat ko'rsatish va o'z tashkiliy va iqtisodiy vazifalarini hal etishda sifat jihatidan o'zgartirildi. Zamonaviy kompyuter tarmoqlari - ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar bo'lmasa, shaxsiy kompyuterlar tarmog'ining tarkibiy qismlarining oddiy miqdoridan mos ko'rsatkichlarni sezilarli darajada oshiradigan tizim bo'lganligini ta'kidlash o'rinli. Kompyuter tarmoqlarining afzalliklari kredit va moliya sohasidagi axborot tizimlarida, davlat organlari va Lokal hokimiyat organlari, korxonalar va tashkilotlarda keng tarqalishiga olib keldi. Shuning uchun, ushbu ishning maqsadi kompyuter tarmoqlarini qurish va ishlash asoslari bilan tanishish, bu maqsadga erishish uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur: Kompyuter tarmoqlari bilan tanishish, ularning xususiyatlarini va farqlarini ta'kidlash; Qurilish tarmoqlarini asosiy usullari (tarmoq topologiyasi) ning xususiyatlari; Tarmoq resurslariga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish usullari bilan tanishish Tarmoqda foydalanuvchilarning kelishilgan o'zaro ta'sirini ta'minlaydigan asosiy tarmoq protokollarining qisqacha tavsifi; Lokal tarmoq - axborot, hisoblash, ta'lim va boshqa vazifalarni birgalikda hal qilish uchun bir-biridan (odatda shu binoda) bir-biridan qisqa masofada joylashgan bir nechta kompyuterlar birlashmasi. Kichik bir lokal tarmoqda 10-20 ta kompyuter bo'lishi mumkin, juda katta darajadagi lokal tarmoqlarda esa - 1000 ga yaqin. Lokal tarmoqlarni tashkil qilish.Kompyuterlarni bir-biriga ulashning turli xil usullari mavjud bo'lsa-da, asosan ikkita kompyuter tarmoqlari mavjud: peer-to-peer tarmoq va mijoz-server tarmog'i. Peer-to-peer network - teng huquqli kompyuterlar assotsiatsiyasi. Odatda, peer-to-peer tarmog'i 10 dan ortiq kompyuterni birlashtiradi va uylarda yoki kichik idoralarda tashkil etiladi. Tarmoqli mijoz-server maktablarda, biznesda yoki kutubxonalarda, uyda emas, ko'proq joylarda. Ushbu turdagi tarmoqlarda, server deb ataladigan kompyuter, tarmoqning yuragi hisoblanadi. Ma'lumot va resurslarni saqlaydi va ularni ushbu tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga taqdim qiladi. Ushbu axborotni olish uchun tarmoqdan foydalanadigan kompyuterlarning qolgan qismiga mijozlar deyiladi. Mijoz-server tarmoqlari o'ndan ortiq kompyuterlarni tarmoqqa ulashning eng yaxshi variantidir. Ular qimmatroq, lekin katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash zarur bo'lgan hollarda bu eng yaxshi tanlovdir. Bugungi kunda mutaxassislar va biznes vakillari kompaniyadagi yagona axborot muhitini yaratishning eng samarali usulida Lokal tarmoqlarni qurishni e'tirof etdilar. Lokal tarmoq (LAN) - umumiy resurslarni taqsimlashga qodir bo'lgan bir-biriga ulangan kompyuterlar guruhi. Ma'lumotlar paketlar shaklida uzatiladi va bu jarayonni nazorat qilish uchun turli xil texnologiyalar qo'llaniladi. Hozirgi kunda eng ommalashgan texnologiya Ethernet - kabel orqali ma'lumotlarni uzatish texnologiyasi. Simli tarmoqdagi ma'lumotlarni uzatish kanalining jismoniy muhiti kabellar, odatda burmalangan juftlik yoki optik tolali kabel. Kompaniyadagi yagona axborot maydoni - uning xodimlari - tarmoq foydalanuvchilari - ma'lumotlarni tez almashishi, turli resurslar va qurilmalarni birgalikda ishlatish va korxona uchun asosiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqa ko'plab tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. 1.Lokal tarmoqlarning biznes uchun asosiy afzalliklari: • Kompaniya xodimlarining umumiy resurslarga - hujjatlar, ma'lumotlar bazalari va boshqalarga uzluksiz kirishini ta'minlash, vaqtni tejash va xodimlar o'rtasida aloqa darajasini yuqori darajada ta'minlash; • Ofis jihozlarini almashish imkoniyati - printerlar, fakslar, skanerlar, nusxa ko'chirish qurilmalari, qo'shimcha qurilmalarni xarid qilishda sizga yordam beradi; • Ish joylari va asbob-uskunalarni qulaylik va osonlik bilan ta'minlash, kompaniya xodimlarining xarajatlarini kamaytirish; • Ma'lumotlarni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish orqali muhim biznes ma'lumotlarining xavfsizligini yaxshilash. ALP Group kompaniyasining mutaxassislari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda lokal telefon tarmog'ini tashkil etish va qurish bo'yicha ishlarni amalga oshirmoqda va lokal biznes uchun muhandislik tizimlarini ko'p yillar davomida yaratishda, texnik xizmat ko'rsatishda va texnik qo'llab-quvvatlashda katta tajribaga ega. Lokal tarmoq yaratish - kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasini yuqori darajada talab qiluvchi mas'uliyatli jarayon. Zero, butun kompaniyaning barqaror ishlashi LANning barqarorligiga bog'liq. Lokal tarmoqlar uchun asosiy talablar: • boshqarish qulayligi; • tashqi va ichki xavflardan ishonchli himoya; • kabellar va qurilmalarning eng mashhur turlari uchun moslashtirish; • zaxira kanallarning mavjudligi va ularni yanada kengaytirish va optimallashtirish uchun salohiyati; Kompyuter tarmoqlarini qurish bosqichlari: Umumiy muhokama. Unda lokal tarmoqni qurish rejalashtirilayotgan hududni o'rganish, mijoz bilan bajaradigan vazifalarni muhokama qilish, texnik xususiyatlarni shakllantirish va jihozlarni tanlash rejalashtirilgan. Kabel liniyalarini o'rnatish va sozlash. Ushbu bosqichda kabel yotqiziladi, undan keyin uskunani o'rnatish va keyin sozlash, dasturiy ta'minot va ma'lumotlar muhofazasi tizimlari amalga oshiriladi. Tekshirish.Bunda LAN ishlashi, barqarorligi, xavfsizligi va qabul qilingan me'yorlar va sifat standartlariga muvofiqligini nazorat qiladi. Kafolat va kafolatdan keyingi xizmat. Tarmoq va uskunalarni ta'mirlash va ta'mirlashni qo'llab-quvvatlash va amalga oshirish. Lokal tarmoqlarni tashkil etish tamoyillari.LANda axborot almashinuvi protokol deb ataladigan ma'lum qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Turli xil protokollar bir xil turdagi aloqa turlarini tasvirlaydi. Bunday holatda, ular birgalikda qabul qilinib, ular protokol to'plamini tashkil qiladi. Lokal tarmoqqa ulangan ish stantsiyalari bir-biriga bog'liq bo'lishi mumkin. Tarmoq konfiguratsiyasi yoki uning elementlarini ulash usuli topologiya deb ataladi. Mutaxassislar lokal kompyuter tarmog'i - "yulduz", "shina" va "xalqasimon" qurilishida kompyuterlarni birlashtirish bo'yicha uchta asosiy sxemani aniqlaydi. "Yulduz". Eng keng tarqalgan. Topologiyadan foydalanganda, har bir tugun (alohida ish stantsiyasi) o'z kabelidan foydalangan holda LANga ulanadi, ulardan biri ulagichi tarmoq adapteriga va ikkinchisini markazga ulangan. Ushbu tamoyilga muvofiq yaratilgan tarmoqning ishlashi kompaniyaga bir qancha muhim afzalliklarni beradi: • yangi ish joylarini kiritish uchun juda kam xarajat (taxminan 1000 ga yaqin); • kompyuterlarning mustaqil ishlashi: agar ulardan biri muvaffaqiyatsiz bo'lsa, qolganlari ishlarini davom ettiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, yulduz topologiyasi o'zining kamchiliklariga ega. Agar uyadagi nuqson bo'lsa, unga ulangan stantsiyalar ham ishlashi mumkin emas. Bundan tashqari, "yulduz" tipidagi lokal tarmoqni yaratishda ancha uzunlikdagi kabel yo'nalishi talab qilinishi mumkin. "Shina". Topografiya ma'lumotlariga ishlaydigan stansiyalar orqali parallel ravishda ulangan (asosiy kabel). Biroq, ma'lumot talab qilingan IP-manzilga ega bo'lgan faqatgina so'rovchi ma'lumotni oladi. Lokal kompyuter tarmog'ini tashkil qilish prinsipining buzilishi, agar bitta kompyuterning orqa miya bilan bog'langanligi muvaffaqiyatsiz bo'lsa, boshqalari muvaffaqiyatsiz bo'ladi. "Shina" tipidagi konfiguratsiya har doim korxona talablarining LAN ishlash darajasiga javob bera olmasligini hisobga olishi kerak. "Xalqasimon". Bu kompyuterni ketma-ket bir-biriga ulash va bir tomonlama signalni aylantirish usuli. Aslida, har bir kompyuter signalni takrorlaydi va kuchaytiradi, uni tarmoq orqali uzatadi. Ushbu sxemaning kamchiliklari ham bor: agar bitta ishchi stantsiyasi bajarilmasa, butun tarmoq jarayoni to'xtatiladi. Shuningdek, umumiy uzunlikning cheklanishi ham diqqatga sazovordir. Shu bilan birga, ushbu topologiyaning muhim afzalligi kabelni yotqizish paytida jihozga yukni maqbul muvozanatlash va qulaylik deb hisoblanishi mumkin. LAN tashkil qilish uchun eng mos topologiya har doim alohida tanlanadi. Asosiy tanlov mezonlari - kompaniyaning o'ziga xos ehtiyojlari. Ko'p ishlatiladigan sxema turli xil topologiyalarning birikmasidir. Misol uchun, qor qoplami konfiguratsiyasi yuqori qavatli binolarda qo'llaniladi. Mahalliy tarmoqni yaratish printsipi bilan kompaniyaning turli xil ishchi guruhlari va umumiy markaz serverlari uchun fayl-serverlardan foydalanish kerak. LAN xususiyatlari.Korxonalarda mahalliy tarmoqlar bir nechta shaxsiy kompyuterlarni bir guruhga birlashtiradigan ishchi guruhlarni tashkil qilish bilan tavsiflanadi. LANning butun yoki uning bir qismini uzluksiz ishlashi uchun tarmoq administratorlari javobgardirlar. Murakkab tarmoqlarda ma'murlarning huquqlari qat'iy tartibga solinadi va tarmoq administratorlari guruhining har bir a'zosining harakatlari ham qayd etiladi. Mahalliy tarmoqni yaratish ko'pincha Ethernet texnologiyasi (kabel) asosida amalga oshiriladi. Oddiy tarmoqlarni tashkil qilish uchun router, modem, kommutator va tarmoq adapteridan foydalaniladi. An'anaviy lokal tarmoqlarda statik yoki dinamik marshrutizatsiyadan foydalanish odatiy holdir. LANni qurish odatda OSI tarmoq modelining ikkita boshlang'ich qatlami - kanal yoki jismoniy texnologiyalarni qo'llashni o'z ichiga oladi. Ularning faoliyati, eng keng tarqalgan topologiyalardan biri - "xalqasimon", "yulduzsimon" yoki "shina" ishlarida ishlash uchun yetarli. Korporativ tarmoqni qurishda foydalaniladigan kompyuterlar yuqori darajadagi protokollarni qo'llab-quvvatlaydi. Boshqa protokollar o'rnatilishi va tarmoq tugunlariga qo'shilishi mumkin, ammo ularning yordami bilan amalga oshiriladigan funktsiyalar endi LAN bilan bevosita bog'liq bo'lmaydi. Lokal tarmoqlarning dasturiy ta’minoti haqidaAutentifikatsiya va avtorizatsiya. Kerberos tizimi.Kerberos yirik tarmoqlarda autentifikatsiya va avtorizatsiya vazifalarini markazlashtirilgan tarzda hal qilish uchun mo'ljallangan tarmoq xizmati. U ko'plab mashhur operatsion tizimlar muhitida ishlashi mumkin. Bu juda murakkab tizimning asosi bir necha oddiy tamoyillardan tashkil topgan: Kerberos xavfsizlik tizimidan foydalanadigan tarmoqlarda mijozlar va tarmoq serverlari o'rtasidagi barcha autentifikatsiyalash jarayonlari, autentifikatsiya jarayonining har ikki tomonidan ishonchli vositachi orqali amalga oshiriladi va nazoratchi Kerberos tizimining o'zi hisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling