Qadam yangi lotinchasi indd


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#184967
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
qadam

IJOBIY FIKRLASH
Yon sahifaga diqqat qiling. Nima ko‘ryapsiz?
Yoningizdagilardan ham iloji bo‘lsa, bu sahifa-
da nima ko‘rishayotganini so‘rang. Ko‘pchilikning 
aytadigan gapi «qora nuqta» bo‘lishi tabiiy. Asli-
da  esa  ka  a  oq  sahifaning  ichida  kichkinagina 
bir nuqta xolos! Ko‘zimiz oq qog‘ozning mingdan 
bir  qismini  egallagan  faqat  qora  nuqtani  ko‘rdi. 
Hayotda  ham  doim  shunaqamiz,  to‘g‘rimi?  Ak-
sarimizning bu hayotda qiladigan ishi, ka  a oqlik 
ichida  kichkinagina  qora  nuqtalarni  ko‘rish.  Eng 
qizig‘i, chiroyli davom etayotgan turmushimizda 
ro‘y bergan kichik ko‘ngilsizlikni butun hayo  miz 
us  ga qora bulut qilib, qoplab olamiz.
Ota  jajji  qizchasi  bilan  o‘ynar  ekan,  undan 
so‘rabdi:
– Oyingning ko‘zlarini rangi qanaqa?
– Oq-qora, – debdi qizaloq.
–  Qizim,  ko‘z  oq-qora  bo‘lmaydi.  Yoki  qora, 
yoki ko‘k, yoki jigarrang bo‘ladi.
Shunda qizcha oshxonaga borib, onasini qo‘li-
dan yetaklab kelib, debdi:


78
S
 X ‘
–  Siz  ka  alar  ko‘zlardagi  bu  oqni  ko‘rmaysiz-
larmi? 
Hayot  haqidagi  savollarga  ko‘pincha  to‘g‘ri 
javoblarni  bolalar  berishadi.  Hali  hech  narsa 
ko‘rmaganidan  emas,  ularning  hayotga  qarash-
lari beg‘ubor, sof bo‘lganidan. Biz esa ulg‘aygani-
miz  sari  hayo  mizda  asosan  qora  nuqtalarni 
ko‘ramiz.  Hayot  sizning  qarashlaringiz  va  fi krla-
ringizni  turmushingizda  aks  e   radi.  Hayotga 
ijobiy qarasangiz, hayo  ngiz ham yaxshilanayot-
ganini ko‘rasiz.
Bir donishmand yonida shogirdi bilan ko‘cha-
da birga ke  shar edi.
–  Hamma  joyda  jimjitlik,   nchlikmi?  –  deb 
so‘rabdi shogird.
–  Jimjitlik  demagin,  hech  narsani  eshitolma-
yapman degin, – debdi donishmand.
Hayotga  qanday  qarashingizni  shu  savollar 
orqali sinab ko‘ring. Gullarning   kani bormi yoki 
 kanli novdaning guli bormi?
Piyolaning  yarmi  bo‘shmi  yoki  yarmi  to‘la? 
Yarmi  to‘la  desangiz  bu  ham  kam.  Chunki 
yarmi  to‘la  piyola  aslidan  ikki  baravar  ka  adir! 
Fikrlashingiz  haraka  ngizga,  haraka  ngiz  esa 
hayo  ngizga  aylanadi.  Ijobiy  tomonlama  fi krla-
sangiz, hayo  ngiz ham yaxshilanaveradi.


79
Q
Uzoq qishloqda yashovchi bolakay bobosining 
yonida  o‘  rib  nariroqda  talashayotgan  ikki  itni 
kuzatardi.  Itlardan  biri  oq,  biri  qora  edi.  Bu  ba-
haybat ikki it bobosining yonidan aslo uzoqlash-
masdi. Qiziquvchan bolakay bobosidan so‘radi:
– Bobo, nega doim bu ikki itni birga boqasiz? 
Nega birini rangi qora, biriniki oq? 
Bobo  kulib,  nevarasining  boshini  silagancha 
debdi:
Ular men uchun ikkita   msol, o‘g‘lim.
– Qanday   msol? – qiziqibdi bolakay.
– Yaxshilik va yomonlikning   msoli. Aynan ho-
zir ko‘rib turganingdek ichimizda hamisha yaxshi 
va yomon fi krlar bir-biri bilan kurash olib boradi. 
Ularni kuzatar ekanman, doim shu haqida o‘ylay-
man. Shu sababli doim ularni yonimda olib yura-
man, – debdi bobo.
Bola  shunda,  agar  kurash  bo‘lsa,  biri  g‘olib 
bo‘lishi  kerak,  deb  o‘ylabdi  va  bolalarcha  savol 
beribdi:
– Unday bo‘lsa bu kurashda kim g‘olib bo‘ladi?
Bobo  ma’noli  tabassum  bilan  nabirasiga  qa-
rab:
– Qaysi birimi, bolajon? Men qay birini ko‘proq 
parvarish qilsam o‘sha g‘alaba qozonadi, – debdi.


80
S
 X ‘
Siz ijobiy fi krlarni parvarish qiling. Shunda mi-
yangizda  yomon  tushunchalarga  joy  bo‘lmaydi. 
Salbiy  fi krlar  miyada  bor  bo‘lsa,  yaxshi  tushun-
chalar  us  dan  g‘olib  bo‘ladi.  Ikkisining  orasida 
nozik  chiziq  bor.  Qaysi  biri  hayotga  qarashingiz-
da ko‘proq joy egallasa, ikkinchisi uchun kam joy 
qoladi. Bag‘ri kenglik oz bo‘lsa, toqatsizlik oshadi, 
do‘stlik kam bo‘lsa, dushmanlik ko‘payadi. Siz ijo-
biy bo‘lganlarini ko‘pay  rishga harakat qiling.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling