Qadimgi davr O’zbekiston tarixi haqida hikoya qiluvchi yozma manbalar


Qadimgi davr O’zbekiston tarixida ilk kashfiyotlar


Download 35.47 Kb.
bet3/3
Sana23.06.2023
Hajmi35.47 Kb.
#1652504
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi davr qo\'lanma

Qadimgi davr O’zbekiston tarixida ilk kashfiyotlar
1) Ilk dafn tartiblari – O’rta paleolitda (mil.avv. 100-40-mingyillik)
2) Ilk shahar alomatlari (Jarqo’ton manzilgohi) – Bronza (mil.avv. 3-2-mingyillik)
3) Ilk temir buyumlar – mil.avv. IX-VIII asrlar
4) Ilk davlatlar (Qadimgi Baqtriya va Xorazm) – mil.avv. VII asr
5) Ilk shaharlar (Afrosiyob, Ko’zaliqir, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir) - mil.avv. VII-VI asrlar
6) Ilk tangalar – mil.avv. V-IV asrlar
7) Ilk yozuv (Xorazm) - mil.avv. V-IV asrlar


Qadimgi davr O’zbekiston tarixidagi atamalar
1) Chopper – uchi bir tomonga qarab o’tkirlangan tosh qurollar
2) Nmana – “Avesto”dagi katta patriarxal oila nomi
3) Vis – “Avesto”dagi urug’ jamoasi nomi
4) Varzana – “Avesto”dagi hududiy qo’shnichilik jamoasi nomi
5) Zantu – “Avesto”dagi qabila nomi
6) Dahyu – “Avesto”dagi qabila ittifoqi yoki davlat nomi
7) “Avesto” – “qat’iy belgilangan qonun-qoidalar”
8) Zand – “Avesto” matnlariga sharh
9) Ahuramazda – Zardushtiylikdagi ulug’ va donishmand oliy xudo
10) Mitra – Zardushtiylikdagi quyosh xudosi
11) Anaxita – Zardushtiylikdagi suv va hosildorlik xudosi
12) Ahriman – Zardushtiylikdagi o’lim va yovuzlik xudosi
13) Ossuariy – Zardushtiylikdagi sopol toshtobutcha
14) “Akinak” – O’rta Osiyo xalqlarida xanjar nomi
15) “Sagaris” – O’rta Osiyo xalqlarida oybolta nomi


Qadimgi davr O’zbekiston tarixidagi xronologiya
Mil. avv. 1 mln.-100 mingyillik - ilk paleolit davri.
Mil. avv. 100-40 mingyillik - o'rta paleolit davri.
Mil.avv. 40-12 mingyillik - so'nggi paleolit davri.
Mil. avv. 12-7 mingyillik - mezolit davri (o'rta tosh davri).
Mil. avv. 6-4 mingyillik - neolit davri.
Mil. avv. 4-3-mingyillikning o'rtalari - eneolit (mis-tosh) davri.
Mil. avv. 3-mingyillik o'rtalari 2-mingyillik - bronza davri.
Mil. avv. 1- mingyillikda O'rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi.
Mil. avv. l-mingyillik (Temir davri) boshlarida O'rta Osiyoda aholi to'rtta guruhga bo'lindi: kohiniar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar.
Mil. avv. 530-yiIda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qilgan.
Mil. avv. 522-yilda Marg’iyonada Frada bilan forslar qo'shinlari o'rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi
Mil. avv. 519-yil Doro I saklar ustiga yurish qildi.
Mil. avv. 334- yilda Aleksandr Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi.
Mil. avv. 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Fors davlatini bosib oldi.
Mil. avv. 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo'shinIari Oks - Amudaryodan o’ta boshladi.
Mil. avv. 329-yilda yunon-makedonlar Maroqandani egalladi.
Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo'lib o'tadi.
Mil. avv. 312-yilda Makedoniyalik Aleksandming lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo'ldi.
Mil. avv. 250- yil Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan.
Mil. avv. 140-130-yillar yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar.
1877- yilda Amudaryo xazinasi topilgan.
1877-yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan bu yo’lga «lpak yo'li» degan nom berilgan.

Mil. avv. IX-VIII asrlar - O'rta Osiyodan eng qadimgi temirdan yasalgan qurollar topilgan.


Mil. avv. IX-VIII asrlarda «Avesto»ning ilk qismi paydo bo'lgan
Mil. avv. VIII-VII asrlarda Afrosiyob shahriga asos solingan.
Mil. avv. VII asrda Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topgan.
Mil. avv. VII asr Xorazmda shaharsozlikning rivojlanishi boshlangan.
Mil. avv. VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida sog’diyiar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar.
Mil. avv. VII-VI asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida O’rta Osiyo hududida qadimgi shaharlar rivojlangan.
Mil. avv. V-IV asrlarda O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan.
Mil. avv. III asrda «Avesto» 21 ta kitobga jamlangan.
Mil. avv. III asrda saklar Qang’ davlatiga asos solgan.
Mil. avv. III asrda Dovon davlatiga asos solingan.
Mil. avv. II asrda «Buyuk meridianal yo'l» (Ipak yo’li) vujudga kelgan.
Mil. avv. II asr oxirida Qang' qudratli davlat birlashmasiga aylangan.
Mil. avv. II-I asrlarda Dovon yuksak taraqqiy etgan davlat bo'lgan.
Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.
Milodiy I asrda Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan.
Milodiy II-III asrlarda Tuproqqal'a shahri qurilgan.
Milodiy III asrda Qang’ davlati barham topgan.
Milodiy III asrda Dovon davlati barham topgan.
Milodiy III asrda to'xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutdi va parchalanib ketdi.
Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling