Qadimgi davr siyosiy qarashlari
Download 108.14 Kb.
|
Siyosiy nazariyalar
Antik davr demokratiyasi g‘oyalaridan ruhlanib, inson tafakkuriga ishonchni qayta tiklagan Uyg‘onish davri va uning g‘oyalari insoniyat tarixidagi tub burilish davridir. Inson qadr-qimmati, uning huquqlarini himoya qilish, inson uchun munosib hayot yaratish g‘oyalari aynan G‘arb mamlakatlarida ularning davlatchilik va siyosat sohasidagi amaliy izlanishlari davomida vaqt sinovidan o‘tib, real voqelikka aylandi. Uyg‘onish va Yangi davr siyosiy-huquqiy qarashlarida davlatning paydo bo‘lishi va qaror topishi muammosini o‘rganish kuchayganligi ko‘zga tashlanadi. Davlat, jamiyat va shaxs to‘g‘risidagi qarashlar tizimida individ-fuqaroga alohida e’tibor berish boshlandi. Shuning uchun bu davrning siyosiy qarashlari «fuqarolik to‘g‘risidagi qarashlar» deb ham ataladi.Yangi davr siyosiy fanining asoschisi deya tan olingan buyuk italyan gumanisti N. Makiavelli (1469–1527) diniy aqidalardan xoli bo‘lgan Uyg‘onish davri siyosiy falsafasini yaratdi. U «Hukmdor»1 , «Florensiya tarixi» asarlarida siyosatni birinchi bo‘lib fan sifatida asoslab berdi va jamiyatning ilohiy emas, balki tabiiy qonunlar asosida rivojlanishini ta’kidladi.Leonardo da Vinchining zamondoshi, Mikelandjeloning do‘sti, 27 yoshida Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi va shoir, bir qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan N.Leonardo da Vinchining zamondoshi, Mikelandjeloning do‘sti, 27 yoshida Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi va shoir, bir qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan N.Makiavelli XV asr oxiri va XVI asr boshlarida uzluksiz urushlardan jabr ko‘rgan, markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi edi. Shu nuqtai nazardan uning siyosiy nazariyasi o‘z davri talablarini ilgari surganligini unutmaslik lozim. «Makiavelli va uning ta’limoti tarafdori bo‘lgan boshqa mualliflar, – deydi F. Bekon, – u yoki bu vaziyatda odamlar qanday qadam qo‘yishlari lozimligini emas, balki odatda, amalda qanday qadam qo‘yishlarini ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilganliklari uchun ham hurmatga loyiqdirlar» . Siyosat dunyosini o‘rganishda N. Makiavelli tadqiqotning yangi usullaridan foydalandi. Me’yoriy-qadriyatli nazariyaga asoslangan falsafiy yondashuvdan tashqari, bu mutafakkir real siyosiy munosabatlarni kuzatishda empirik usuldan foydalandi. Tarixiy jarayonlarni o‘rganish asosida u birinchi bo‘lib siyosatni fan sifatida asoslab berdi, siyosiy faoliyatda cherkov axloqi emas, balki foyda va kuch mezon bo‘lganligini qayd etdi. Makiavellining fikricha, xristianlikning axloqiy qadriyatlarini amalda hayotga tatbiq etish mumkin emas, chunki oliy saodatni itoatda, dunyoviylikka nafrat bilan qarashda, hayotdan yuz o‘girishda deb bilgan cherkov axloqi odamlarni kuchsiz va zabun qilib, ablahlar qurboniga aylantiradi. Dinni davlatga ma’qul axloqni hayotga joriy etuvchi siyosiy vosita deb biladi.Download 108.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling