Qadimgi davr siyosiy qarashlari


Download 108.14 Kb.
bet4/10
Sana30.10.2023
Hajmi108.14 Kb.
#1734363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Siyosiy nazariyalar

Biroq, adolat yuzasidan shuni qayd etish lozimki, antik g‘arb madaniyatidagi inson hurfikrliligi va ijtimoiy turmushdagi demokratik tartib kelib chiqishi ilohiy deya qaralgan davlat manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Davlatga ilohiy xususiyat bag‘ishlab, uni shaxs va jamoa manfaatlaridan ustun qo‘yish an’anasi aynan o‘sha davrlarda kelib chiqqan. Shu bilan birga, Qadimgi Gretsiya va Rim mutafakkirlaridan Platon, Aristotel, Sitseron va boshqalarning kishilik ijtimoiy hayotini tashkil etishda davlatga eng zarur ijtimoiy institut sifatida qarashlari bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligini qayd etishimiz zarur.

2. O‘rta asrlar va yangi davrdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar

«O‘rta asrlar» antik dunyo va Yangi davr oralig‘idagi tarixiy bosqich bo‘lib, dastlab XV asrdagi italyan gumanistlari tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan atamadir. An’anaga ko‘ra V asr boshlarida (410-yil) qirol Alarix boshchiligidagi got qabilalarining Rim shahrini vayron qilishi va G‘arbiy Rim imperiyasining qulashidan boshlanuvchi O‘rta asrlar XIV asrgacha davom etgan. Uyg‘onish va Reformatsiya davrini qamrab oluvchi XV asrdan XVII asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni so‘nggi O‘rta asrlar yoki Yangi davr boshlariga kiritish fikri keng tarqalgan. O‘rta asr siyosiy-huquqiy g‘oyalarining negizida xristian ilohiyotshunosligi yotadi. Xristianlik I asrda Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida vujudga keldi va XIII asrga kelib g‘oyaviy jihatdan tugal diniy mafkuraga aylandi.

Avreliy Avgustin. O‘rta asr siyosiy-huquqiy fikri tarixida diniy an’analarning eng klassik (mumtoz) ko‘rinishi katolik cherkovi asoschilari va da’vatchilaridan biri Avreliy Avgustin (345–430) ning siyosiy nazariyasida o‘z ifodasini topdi. Afrika shimolida tavallud topib, Karfagen notiqlik maktabida tahsil olgan A. Avgustin Rimning varvarlar tomonidan istilo etilishidan ta’sirlanib yozgan «Iloh shahri» hamda «Iqrornoma» («Ispoved») asarlarida dunyoviy davlat hokimiyatini inkor etib, katolik cherkovi diniy hokimiyatining yer yuzida hukmronlik qilishi lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi.


Download 108.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling