Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Reja Dinlarning qadimiy shakllari 2


Dualizm yorqin namoyon bo‘lgan mavzulardan yana biri - Borlliq yaratilishida egizaklar roli haqidagi qadimiy tasavvurlardir


Download 26.68 Kb.
bet3/4
Sana16.04.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1361515
1   2   3   4
Bog'liq
QADIMGI DIN

Dualizm yorqin namoyon bo‘lgan mavzulardan yana biri - Borlliq yaratilishida egizaklar roli haqidagi qadimiy tasavvurlardir. Umuman, dunyoning ikki egizak aka-ukasi orasidagi kurash asnosida paydo bo‘dishi haqidagi rivoyatlar ko‘p ibtidoiy elatlarda mavjud bo‘lib, dunyoning narigi burchagida joylashgan Amerikadagi irokez qabilalari bilan zardushtiylikda bir xil asosda namoyon bo‘lishini B. Taylor aytib o‘tgan.
Bu borada, Qashqadaryoning Yerqo‘rg‘on ibodatxonasida topilgan xum dastasida ikki qanotida ikkita jo‘jasi o‘tirgan qush haykalchasi egizaklar mavzuiga bog‘lanadi. Sayan-Oltoy turkiy qabilalarida ham dunyo yaratilishi haqida saqlanib kelayotgan eng qadimgi asotirlardan biriga binoan jahon okeanida suzuvchi ikkita egizak o‘rdak Yer va tog‘larni yaratadi. Ulardan biri Yuqori dunyo, ikkinchisi esa, Quyi dunyo hukmroni bo‘lib, Ak ene (Oq Ona) amriga binoan, olamni yaratadi. Zardushtiylikda xam Xudo va odamlar orasida vositachilikni Karshiptar degan suv qushi o‘tagan. Suvda suzuvchi qush tasviri o‘lkamizda ko‘plab ashyolarda o‘z aksini topgani aynan shu mavzuga bog‘liq bo‘lib, Surxondaryoda islom kelganidan keyinchalik ham, XII asrgacha saqlanib kelgani ayon.
O‘lkamizda bir boshli va ikki tanali dev tasvirlari qadimdan ma’lum bo‘lib, namunasi Samarqand muzeyida saqlanuvchi bronza taglamasida aks etgan hamda yana bir misol - Termizshohlar saroyining ganchkori peshtoqidagi tasvir.
Bu mavjudotlarning egizaklar mavzuiga ham aloqasi bo‘lishi mumkin: bosh-lari va tanalari o‘zaro birikib ketgan Siam egizaklarini eslash kifoya. O‘lkamizda afsunkor Anqo qushining ham ikkita boshi bo‘lgan. Xorazmning Uygarak obidasida ikki boshli ot haykalchasi topilib, bu mavzu o‘zbeklar folklorida ikki boshli ot va ikki boshli qushlarda ham namoyon bo‘ladi. Bu siymo qadimiy mifologiyada, turkiy qabilalarning shajaraviy nishona-gerbi va tamg‘alarida muhrlanadi.
Ona bo‘ri boqib, katta qilgan va Rimga asos solgan egizaklar Romul va Rem qo‘yidagi rivoyat Ohangarondan topilgan tilla buyumda tasvirlanishi, olimlarning fikricha, qadim o‘lkamizning Vizantiya bilan aloqalari asosida vujudga kelgan.
Bo‘ri bilan bog‘liq mazkur mavzuning o‘lkamizdagi shuhratini olimlar turkiy qabilalarning totemi (afsonaviy ilk ajdod) bo‘ri bo‘lganligi bilan bog‘lashadi. Xitoyning qadimgi solnomalarida ham bo‘ri turkiy xalqlarning totemi bo‘lib, qabila undan kelib chiqqani bilan bog‘liq afsonalar keltirilgan. Shulardan birida qabila qirilganidan keyin yolg‘iz qolgan o‘n yashar bola bo‘rilar orasida o‘sgani va qadim turkiylar ana shu ona bo‘ridan tarqalgani rivoyat qilinadi. Bo‘ri uni topib olib, g‘orda go‘sht bilan boqib katta qiladi va undan o‘nta o‘g‘il ko‘radi. Ulardan har biri o‘ziga xos turkiy qabilaga asos solib, bittasining turida bo‘ri boshi tasvirlanadi. Qadim turkiy xoqonlar huzuriga kelgan elchilar esa, bo‘ri tugiga ta’zim qilganidan keyingina qabul qilingan ekan.
1928-1930 yillarda L. Potapov O‘zbekistonning turli mintaqqalarida etnografik material to‘plab, bo‘ri e’tiqodi bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltiradi. Uning xulosasi bo‘yicha, o‘zbeklar orasida tadqiqot paytiga kelib ham islomdan oldingi diniy e’tiqod urf-odatlari va tasavvurlari saqlanib qolgan ekan. Aslida, bo‘riga e’tiqod ko‘p qadim xalqlarda ham mavjud bo‘lib, dualizmga xos qarama-qarshiliklar kurashi hamda yaxshilikni asrovchi kuch ekanligini ifodalagan. Rim asoschilari Romul va Remdan tashqari, rimliklarning umumiy ilohiy ajdodi Mars xam bo‘ri sifatida tasvirlangan. Gerodot yiliga bir marta bo‘riga aylanish qobiliyatiga ega bo‘lgan xalqni tavsiflaydi. Qadim germanlarda bo‘ri ilohlarga atalgan. Slavyan va Kavkaz xalqlarida ham bo‘ri bilan bog‘liq ko‘plab urf-odatlar bor. Shimoliy elatlar va Amerika hindulari ham unga e’tiqod qilgan. Ammo boshqa xalqlarga nisbatan bo‘riga e’tiqod turkiy xalqlarda va mo‘g‘ullarda kuchli bo‘lib, u odamlarni kasallik va ofatlardan saqlovchi xomiy sifatida ko‘rilgan. Darhatsmsat, turkiy qabilalarda bo‘ri sexr-jodu timsoli bo‘lib, uning terisi yordamida turli kasalliklardan saqlanilgan. Qoni to‘kilsa, to‘kilgan joyning ustini qishda -qor bilan, yozda esa - tuproq bilan yopishgan, chunki u - "ilohiy kuchuk" bo‘lib, yomon havo chaqirishiga ishonishgan. L. Potapov yozib qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbeklarda bo‘ri chaqaloqni saqlab qolishi xislati bilan bog‘liq bo‘lgan, chunki bo‘ri ularning ajdodi hisoblangan. Tug‘ruq qiyin ko‘chganida, ayolning boshi ostiga bo‘ri payini qo‘yishgan. Xorazmliklar chaqaloqning birinchi ko‘ylagini “bo‘ri ko‘ylak" deyishgan. Chaqaloq yashab ketsin, deb bo‘ri jag‘ini ustidan o‘girib, ismini Bo‘riboy qo‘yishgan. Chaqaloq jasadini yomon kuchlar xujumidan asrashi uchun uni bo‘ri terisiga o‘rab ko‘mishgan. bola beshigi ustiga bo‘rining turli tana a’zolarini tumor sifatida osib qo‘yishgan va kiyimiga ham tikishgan. Erkaklar xam bo‘ri tishi va oshig‘ini tumor sifatida taqib yurishgan. Bo‘ri faqat insonlarning emas, balki dala, hosil, mol-mulk h omiysi sifatida e’zozlangan. Samarqandda hosilni asrash uchun bo‘rining bosh chanog‘ini dalada xodaga osishgan.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling