Sitseron Mark Tulliy (m.av. Юб-43-уШаг) taniqli davlat arbobi va
mashhur notiq bo‘lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan
bo‘lib, savdo-sotiq ancha o‘sdi, sudxo'rlik boyish manbayiga aylandi.
U qishloq xo‘jaligini qo‘llagan holda (chunki bu soha bozor uchun
ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va sudxrlikni boyish manbayi
deb hisobladi. Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar
bilan birga savdogar va sudxo‘rlaming manfaatini ham himoya qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o‘sdi, qullar
qo‘zg‘oloni ro‘y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.av. 73-71-
yy.) qullar qo‘zg‘oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan
bo‘lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo‘ldi. Lusiy Sergey KataUna
(m.av. 63-62-yy.) kambag‘al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi,
qulchilikni yo‘q qilmoqchi va boyimoqchi bo‘ldi, ammo uning harakatlari
ham zoye ketdi.
Eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri
bo'ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon
bo‘lib qoldi, kolonat o‘sdi. Aristotel g'oyalarida qulchilik tabiiy zarurat
deyilgan bo‘lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan
fikrlar yuzaga chiqa boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |