Lusiy Anney Seneka (m.av.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini
tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo‘lishni taklif
etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.
Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o‘tish kuchaydi. Ana shunday
bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik
vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda berilgan. Oddiy xo'jalik faoliyati
(mehnat) zarur va ulug‘ ish deb qaraladi. Dastlab qullar haq-huquqini
himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo‘li yuqoridan, xudodan
deb bilgan. 0 ‘sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afealligi shu bo'ldiki,
xalqlar o'rtasidagi etnik va ijtimoiy tafovutlar inkor etildi, din oldida
hamma barobar deb e’lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar
orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo‘lib,
ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda, sadaqa hisobiga kun ko‘rilgan.
Birinchi xristianlar ta’qib ostiga olingan, ammo 325-yili Nikey Soborida
xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomini berildi, oqibatda
u quldorlik va bo'lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g‘oyalari Avreliy
Do'stlaringiz bilan baham: |