Qadimgi dunyo, feodal jamiyati уа ilk kapitalizmning iqtisodiy ta’limotlari
Download 373.12 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza. Qadimgi dunyo iqtisodiy rivoji
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nikomaxov ahloqi» va «Siyosat»
Aristotel (Arastu). Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlaming eng
yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqamaytmng taibiyachisi va o'qituvchisi ekanligini alohida ta’kidlab o'tmoqchimiz. Awal Makedoniyada yashagan olim, keyin Afmaga ko‘chib o‘tgan. Olimning iqtisodiy g'oyalari «Nikomaxov ahloqi» va «Siyosat» kitoblarida mavjud. U: «Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk», - degan edi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo'linishi - tabiiy va qonuniy holat bo‘lib, odamlaming tabiatan turli-tumanligidandir. U «haqiqiy boylik» (tabiiy) ni tan olgan, uni iste’mol qiymatlarining yig‘indisi deb bilgan va bu bilan bog'liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan. Quldorlik xo‘jaligini mustahkamlash uchun o‘rtacha ta’minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan odil almashinuvni ta’minlash zarur. Olim masalani ahloqiy tomondan hal etishga urinsa- da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlaming almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib yetdi. K.Marksning formulalarini qo‘llaydigan bo‘lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi va 5 ta «loja» 1 uyga yoki ma’lum miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab etdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi va qiymatni to‘la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-biri bilan solishtirilishi mumkin degan xato xulosalarga keldi. Natural xo'jalik tarafdori bo‘lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni qondirishga mo‘ljallangan holat), savdo va sudxo'rlik tabiatga zid bo'lib, bulami pul qilish san’atiga xos narsa deb bilgan va uni xrematistikaga tegishli degan. Aristotel uchun ideal (bekam-u ko‘st) xo‘jalik - bu uncha katta bo‘l- magan dehqonchilik xo'jaligi (unda, albatta, qullar ishlagan) bo‘lib, u deyarli keraldi barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo‘jalik) bo'lishi shart edi. Ayrim yetishmagan narsalami esa qo'shnilardan «odil almashuv» asosida olish kerak. Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan bo‘lib iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma’lum darajada ular o‘rtasidagi o‘zaro bog'lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan ASmitning «Xalqlar boyligi» asaridagi fikrlar hamohangligini ko‘rish, qiymat qonunining hosil bo'lishi mexanizmini tushunish mumkin.
uni talqin etishda ikki yo'nalish bor. Birinchi yo'nalishda tovar qiymati obyektiv bo‘lib, uning manbayi shu tovami ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi subyektiv narsa bo‘lib, odamlar tomonidan tovaming foydaliligi boshqa biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi. Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo'nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. «Nikomaxov ahloqi» asarida u shunday fikr yuritadi: «Jamiyat ikki vrachdan tashkil boHmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman, bir xil va teng bo4maganlardart tashkil topadi. Ana shunday odamlami bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalami tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan o4chanishi kerak. Etikdoiz mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo4gan to'gri munosabati, to'gri tenglamasi topilishi kerak». Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u o‘z fikrini shunday davom ettiradi: «biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak», degan oddiy qisqacha xulosalaiga keladi. Tovarlaming tengligi pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o‘lchanishi kerak. Bu, awalo, ehtiyoj, u barcha narsani bog‘lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo bo‘ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g‘oyalari yotadi, ya’ni tovarlaming foydaliligi asosiy o‘ringa chiqadi. Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama- qarshi qo‘yishi xarakterUdir. U o‘ylab topgan «xrematistika» matni «xrema» so‘zidan olingan bo‘lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo‘lgan mah- sulotlar (iste’mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy xo‘jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o‘z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlami qondirish chegarasidan chiqmasligi кегак. Bu faoUyat chegaralari ham tabiiy soha bo‘lib, insonning ongli shaxsiy iste’moli doirasida bo‘lishi кегак. «Ekonomiya» so‘zi dastlab uy xo'jaligini yuritish san’ati sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyingi davrda u ko‘proq va asosan «ekonomika» ma’nosida qo‘llaniladi va xarajatlami qisqartirish, ma’lum resurslami sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu atama ko'proq quyidagilami anglatadi: 1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo‘ja- ligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar). 2. Xalq xo‘jaligining, to‘la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, ta’lim va boshqa lar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha. 3. Ma’lum iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taq- simot, almashuv, iste’mol jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o‘rta- sidagi ma’lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi. Download 373.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling