6-§. Nil vodiysi va uning aholisi
Nil daryosi Afrikaning shimoli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin
yaratgan.
Nil
daryosi O'rtayer dengiziga quyiladi. (O’rtayer dengizi ba’za O’rta deb ham ataladi)
Nil daryosi quyilish joyini yunonlar
delta deb atashgan.
Chunki dengizga quyiluvchi
shoxobchalarning to'la-to'kis manzarasi uchburchaksimon, ya'ni
yunoncha «delta»
harfiga o'xshash bo'lgan.
Nil
daryosi uzunligi 6 ming kilometr. Daryoning kengligi
3 km dan 22 kilometrgacha.
Vodiyliklar yurtga -
1
«Qora tuproq» yoki
2
«Nil in'omi» deb nom berishgan.
Mil. avv. 4 ming yillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg'oqlaridagi
yerlarni
o'zlashtirishga bel bog'ladilar. (
Eneolit davrida)
☝
Mil.avv. 4 ming yillikda O’rta Osiyo
janubida sun’iy sug’orishga
asoslangan
dehqonchilik vujudga keldi.
Misr dehqonlari:
Iyul-sentabr oylarida ular
dam olishar va urug'likni ekishga hozirlashardi. Negaki, bu
mahalda barcha dalalarni suv bosardi.
Kuzda dalalarga
urug' ekilgan.
Qishda esa hosil
yig'im-terimi boshlangan. Boshoqlarni
mis o'roqlar bilan o'rib olib,
so'ngra maxsus joyga tashib, bug'doy yoki arpa bog'lamlari ustidan hayvonlarni haydab
o'tib, hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan chiqqan don
sopol xumlarda saqlangan.
Bu tadbir donni son-sanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon saqlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: