Qadimgi dunyo tarixida kashfiyot, ixtiro va topilmalar Ilk Paleolit 1mln-100 ming y
Download 2.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf Oson qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinay yarim oroli
- YANGI podsholik davridagi Misrni boshqargan hukmdorlar. Qadimgi, O’rta, Yangi
- Saljuqiylar ” davlati – OLD OSIYO
- Mil. avv. XVIII asr oxirida
- O‘rta podsholik
Ilk, Qadimgi, O'rta, Yangi va So'nggi podsholik davrlariga ajratishgan.(Ketma-ket)
7-§. Misr va qo’shni xalqlar Misr janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo‘ylab 1 oltin, 2 qatron, 3 fil suyagi, 4 nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun borganlar. Misr g‘arbida, Liviya cho‘lida shu nomdagi mamlakat joylashgan edi. Sahro aholisi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan. Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarim oroliga olib borgan, bu yerda esa mis qazib olingan. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan. ☝ Misrliklar Falastin va Suriyadan hunarmandlar yasagan 1 nodir buyumlar va 2 qimmatbaho toshlarni olib kelishgan. Eslab qoling! 1 Nubiya, 2 Falastin, 3 Liviya va 4 Suriya mamlakatlari qadimgi misrliklarga qo‘shni bo‘lgan. Fir’avnlarning istilolari: 1 Qadimgi podsholik Sinay yarimoroli bosib olinadi. Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni taladilar 2 O’rta podsholik Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimoli Misrga qo‘shib olindi. 3 Yangi podsholik Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga yurish boshlandi. Tutmos II davrida- Falastin, Finikiya, Suriya (FFS) ni istilo qilishni boshladi. Tutmos III davrida- Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o’rnatildi. 1 Yaxmos, 2 Tutmos II, 3 Tutmos III – YANGI podsholik davridagi Misrni boshqargan hukmdorlar. Qadimgi, O’rta, Yangi podsholiklar davrida Misr fir’avnlari – NUBIYAga istilochilik harakatlarini amalga oshirdilar. O’rta va Yangi podsholik davrida Misr fir’avnlari FALASTINga istilochilik harakatlarini amalga oshirdilar. Qadimgi dunyo tarixida “Yangi Misr podsholigi”, Ilk o’rta asrlarda “Saljuqiylar” davlati – OLD OSIYOga yurish qilgan davlatlardir. Tutmos II va Kir II – tarixda Falastin va Finikiyaga istilochilik urushini amalga oshirgan hukmdorlar. 1 So’nggi Misr podsholigi, 2 Yangi Bobil podsholigi, 3 Midiya, 4 Armaniston, 5 Lidiya, 6 Falastin, 7 Finikiya – fors davlati bosib olishi natijasida tugatilgan. 1 Kambiz II, 2 Navuxodonosor II, 3 Aleksandr Makedonskiy, 4 Oktavian Avgust – turli davlarda Misrni o’z davlati tarkibiga qo’shib olgan hukmdorlar. Mil. avv. XVIII asr oxirida ko‘chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklarning piyoda qo‘shinlaridan farqli o‘laroq giksoslarning asosiy kuchi otlar qo‘shilgan jangovar aravalari bo‘lgan. Bir askar otlarni boshqarib turgan, ikkinchisi esa kamondan dushmanlarni nishonga olib o‘q uzgan. Quyi Misrni bosib olgan giksoslar misrliklarning shahar va qishloqlariga hujum qildi, ularni ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka haydab ketdi. Bu vaqtda O‘rta podsholik ko‘plab mayda «nom»larga bo‘linib ketgandi, ular giksoslarga soliq to‘lardi. Faqat Fiva shahri hukmdorlarigina giksoslarga itoat qilmadilar. Bosqinchilar zulmidan xalos bo‘lish taraddudiga tushib qolgan «nom»lar hukmdorlari Fiva shahri atrofi ga birlasha boshladilar. Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling