muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan.
☝
Misr iyerogliglari va shummer mixxat yozuvlari – RASM ko’rinishida bo’lgan.
☝
Misrliklar va Xitoyliklar – iyerogliflarini yaratishgan.
Qadimgi yunonlar bu yozuvlarni «
iyerogliflar» deyishgan («toshga
chekilgan muqaddas bitiklar» ma'nosini anglatadi). Yozuvlar
1
maqbaralarning devorlariga va
2
xudolar haykallariga o'yib yozilgan.
Yozuv uchun tosh va sopoldan ham foydalanilgan.
Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo'lgan. Har bir so'z o'zida
bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o'rganish
ancha qiyin ish bo'lib, savod chiqarish ko'pchilikka ham nasib
etavermagan. Iyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya'ni
papirus poyasidan ishlangan qog'ozga yozishgan. Turli rangdagi
mineral bo'yoqlar siyoh vazifasini o'tagan. Ta'lim olayotganda
1
sopol
buyumlar parchasiga yoki
2
ohaktoshga yozishgan.
Husnixat san'atini egallagan kishilar(xattotlar) yuksak saviyadagi
ma'lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega
bo'lib, izzat-hurmatda bo'lganlar.
Iyerogliflar sirining kashf etilishi. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon
1822-yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: u birinchi bo'lib Misr matnlarini
o'qishga erishdi. Bu kashfiyotga
Qohira shahridan uncha uzoq bo'lmagan Rozett shahri
yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi Misr va qadimgi yunon tillarida
g i b ir xi l ma'nodagi
bitik sabab bo'ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmadi, matnlarni taqqoslab
ko'rib, har bir iyeroglif anglatgan ma'noni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu
kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko'plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar
devorlaridagi bitiklar ko'p asrlik jimjitlikdan so'ng «tilga kirdi».
☝
Do'stlaringiz bilan baham: |