☝
Misr maliklari – Nefertiti, Kleopatra hisoblanadi.
Nazariy bilimlarning dunyoga kelishi.
Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi misrliklarning
kundalik hayoti
bilan
bog'liq bo'lgan.
Ziroatchilar qachon urug'likni
yerga qadash, qay mahalda hosilni yig'ishtirib olishni
bilishi zarur edi.
Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa,
astronomiya, ya'ni
yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib
misrliklar
yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgiladilar, birinchi bo'lib
taqvim
tuzdilar, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimladilar, ortib
qolgan 5 kunni bayram
kunlari sanab, hisobga kiritishmadi.
Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon hajmini
o'lchash
zarur edi, shu tariqa
geometriya fani - yer yuzasini o'lchash ilmi dunyoga keldi.
Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa
1
kasrlar,
2
maxrajlar va
3
murakkab
hisob-kitoblarni ham bilishgan.
Matematika fani ana shu asosda taraqqiy etdi.
Astronomiya, Geometriya fanlari Misrda dunyoga kelgan. Matematika esa taraqqiy etgan.
Bobil va Shumerliklar Astronomik bilimlarga ega bo’lishgan.
Taqvim va
Suv soat – misrliklar tomonidan ixtiro qilingan.
Misrda asosiy o'lchov birligi «
tirsak» bo'lib, u tirsakdan barmoqlar
uchigacha bo'lgan uzunlikka teng edi. Qo'llar uzunligi turlicha bo'lgani
sababli
«podsho tirsagi» degan yagona o'lchov
joriy etilgan, u
52,5
santimetrga teng bo'lgan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o'lchashda
kaft
yoki
barmoqlardan foydalanilgan.
Misrda vaqt
24 ta bo'lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat bo'lgan
suv soatlari yordamida o'lchangan. Bir bo'lmadan ikkinchisiga oqib
o'tadigan
suvning hajmi bir soat deb hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: