Qadimgi dunyo tarixida kashfiyot, ixtiro va topilmalar Ilk Paleolit 1mln-100 ming y


Download 2.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/30
Sana04.11.2023
Hajmi2.66 Mb.
#1746060
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
6-sinf Oson qo\'llanma

hosilni yig'ishtirib olish muddatini aniq 
bilishgan.  
5. Tibbiy bilimga ega bo’lgan kohinlar jasadlarni mo’miyo qilishardi. 



Barcha «nom»larda ibodatxonalar bo'lgan, fir'avnlar ularga katta-katta boylik va yerlar 
hadya etishardi. 
9-§. Piramidalar va daxmalar 
Hamma narsa vaqtdan qo'rqadi, vaqt esa piramidalardan!

Fir'avn - Misr hukmdori; «ulug' xonadon» ma'nosini anglatadi. 
 
Piramidalarning qurulishi 
1 Qadimgi , O’rta podsholik 
piramidalar, (fir'avnlar dafn etiladigan joy) - maqbaralar
qurilgan 
2 Yangi podsholik 
Piramidalar qurilmay qo’ydi, Fir'avnlarni tog'larga 
o'yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo'lishdi. 
☝ 
Ilk, yangi, so’nggi podsholiklar davrida piramida qurilmay qo’ydi. 
 
O'tgan ming yilliklar davomida ko'pdan ko'p shaharlar va davlatlar 
yo'q bo'lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi. Faqat 
piramidalar vaqtdan qo'rqmaydi. Faqat piramidalargina 4 ming 
yildan oshiq vaqt davomida o'zgarmasdan turibdi. 
 
Eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida uch fir'avn -
 Xufu, 
Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti 
mo'jizasidan biri bo'lib, ular hozirga qadar saqlanib qolgan birdan-bir 
inshootlardir.
 
Eng katta piramida Xufu uchun (yunonlar uni Xeops deb atashgan) 
mil. avv. 2600-yil atrofida qurilgan. Uning balandligi 147 metr bo'lgan. 
Piramidalar qurilishi uchun toshlar Nil daryosining o'ng sohilidagi 
yassi tog'lardan olib kelingan. 
 
Piramida har biri 2 tonnadan og'irroq bo'lgan 2,5 million dona tosh 
bo'laklaridan tashkil topgan. 
 
Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalardan 
iborat bo'lgan. Ulardan birida fir'avnning mumiyolangan jasadi solingan
 
toshtobut- sarkofag joylashgan. 
Daxmalar ichi devorlari esa munojotlar va qarg'ishlardan iborat 
bitiklar bilan qoplangan. Ular fir'avnni himoya qilishi va o'zga hayotga 
o'tayotganida unga yordam berishi nazarda tutilgan. 


 
Piramidalarni
 sfinks - tanasi sherniki va boshi odamniki bo'lgan ulkan 
haykal qo'riqlaydi. «Sahro shohi» - sfinks haykali toshdan ishlangan 
bo'lib, uning balandligi 20 metrga teng. 
 
Yangi podsholik davriga kelib ehrom qurmay qo'yishdi. Fir'avnlarni 
tog'larga o'yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo'lishdi. Eng 
mashhur maqbara fir'avn
Tutanxamonga tegishli bo'lgan. Maqbara 
ichidagi tasavvurga sig'maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan. 

Download 2.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling