Qadimgi dunyo tarixida kashfiyot, ixtiro va topilmalar Ilk Paleolit 1mln-100 ming y


Download 2.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/30
Sana04.11.2023
Hajmi2.66 Mb.
#1746060
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
6-sinf Oson qo\'llanma

 
Mil. avv. 4-ming yillikda shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro 
qilishgan.
 
Mil. avv. 4-ming yillikda Qadimgi Sharqda ilk davlatlar paydo bo’ldi. 
 
Mil. avv. 4-ming yillikda Nil daryosi sohilini aholi o’zlashtira boshladi. 
 
 
Shumerlar uchi o'tkirlangan tayoqchalar bilan loy taxtachalarga yozishgan.
 
Shumerlar bilimdon, tajribali quruvchilar va hunarmandlar bo'lishgan. 
Mesopotamiyadagi shaharlar: 
1. Uruk 
2. Umma
3. Lagash 
4. Ur
5. Kish
6. Sippar 
7. Shummer 
8. Akkad 



Uruk, Umma, Lagash, Ur - 
shahar-davlatlar edi. Har bir shaharning hukmdori oliy xudo 
– shahar homiysi hisoblangan. 

Xudo nomidan kohinlar hukmronlik qilgan. 

Xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi bo'lgan. Mesopotamiyaning 
qadimiy ibodatxonalari
zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan muhtasham 
zinapoyali inshoot bo'lgan. 
Mesopotamiya xudolari 

Shamash 
quyosh xudosi.
 
alohida ehtiromga sazovor bo'lgan iloh, oliy hakam 
hisoblanib, yovuz ishlari uchun odamlarni sud qilgan. 

Osiris va Shamash sud qilgan ilohlardir 

Sina 
oy xudosi 

Ea 
suv xudosi 

Ishtar 
1
hosildorlik va 
2
sevgi, 
3
urush va 
4
g'alaba ilohasi 
 
 
Mesopotamiyaning katta yer-mulklari hukmdorlar va kohinlar qo'l ostida bo'lgan.
 
Dalalarga 
1
qullar va 
2
erkin yollanma ishchilar ishlov berishgan.
 
Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga ega bo'lgan.
 
O'z oilasini boqish uchun kambag'allar podsho va ibodatxona mulklarida ishlaganlar. 
Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o'rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan 
boshlangan ko'chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga olib borgan. Qurilish 
tosh, xom va pishgan g'isht bilan amalga oshirilgan. Ibodatxonalar xudolar haykallari bilan 
hashamatli bezatilgan edi. 
Urush paytida shahar aholisi sardorni saylagan. Bora-bora ularning nufuzi ortib, sardorlar 
muntazam hukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar-davlatni 
1
aslzodalar, 
2
kohinlar va 
3
harbiy qo'shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora 
qilgan. 
Gilgamish haqida rivoyat. 
Mesopotamiya rivoyatlarining eng sevimli 
haqidagi rivoyat qahramoni
Gilgamish 
Uruk 
shahri podshosi bo'lgan. Uning hayoti keyinchalik ko'plab afsonalarga aylangan. 
Afsonada aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelgandan keyin, mamlakat hukmdori bo'lmish bobosi 
nevarasi undan taxtni tortib olishidan vahimaga tushib, Gilgamishni jarga tashlab yuborishga 
farmoyish beradi. 
Jarga uloqtirilgan Gilgamishni uchib ketayotgan burgut tutib olib, ko'tarib ketadi va uni bir 
bog'bonga eltib beradi. Bog'bon Gilgamishni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog'atga 
yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi va o'zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. 
Gilgamish Enkidu degan pahlavon bilan do'st tutinadi. Ikkalasi bir bo'lib yovuz maxluqotlarga 
qarshi kurashadilar, shu sababli ma'budlar Enkiduni jazolaydilar va u halok bo'ladi. 

Download 2.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling